Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 13-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 13-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 172 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 13-mavzu yuzasida testlar 13 – MAVZU: SHUKUR XOLMIRZAYEV 1 / 32 “Kuntug’mish “ dostonida qaysi daryo nomi keltiriladi ? A) Mug’ol B) Sirdaryo C) Amudaryo D) Tajang 2 / 32 Lutfiyning «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» g'azalida qo'llanilgan «gisu» nima? A) ko'ylak B) soch C) gul D) yaproq 3 / 32 Ahbob so`zining ma’nosi nima? A) yor B) sevimli C) do`stlar D) go`zal qiz 4 / 32 Nodiraning qaysi g'azalida «sarvi ozodim», «sarvi nozim», «parizodim», «tab'i noshodim» undalmalari bir yo'la ikki obyektga qaratilgan holda qo'llangan? A) «Eshit» radifli g'azalida B) «Etib ket» radifli g'azalida C) «Ehtiyoj» radifli g'azalida D) «Oqibat» radifli g'azalida 5 / 32 G'. G'ulomning ijodiy tafakkuriga xos faylasufona mulohazakorlik, kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay olish iste'dodi qaysi she'rida yaqqol o'z ifodasini topgan? A) "Sog'inish" B) "Men - yahudiy" C) "Kuzatish" D) "Vaqt" 6 / 32 «Na'matak» she'rida Oybek qaysi obraz haqida: «Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil», - deydi? A) shabada haqida B) na'matak haqida C) shalola haqida D) lola haqida 7 / 32 «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Sultonbegimning qaysi yaqin insoni sotqin bo'lib chiqadi? A) akasi B) turmush o'rtog'i C) o'g'li D) ukasi 8 / 32 Usmon Nosirning shoir bo'lib shakllanishiga qaysi ustozi kuchli ta'sir ko'rsatgan? A) Cho'lpon B) Abdulla Qodiriy C) Fitrat D) Furqat 9 / 32 «Qochoq» hikoyasida Nizomjon Jannat xolaning o'limi haqidagi xabarni Tog'aga yetkazish maqsadida qayerga ot choptirib ketadi? A) Mingbuloq qishlog'iga B) Zirillama qishlog'iga C) Bildirsoy qishlog'iga D) Kapsan qishlog'iga 10 / 32 «Chinor» romanida Akbaralining hikoyasini tinglagan Ochil boboning hamrohi kim edi? A) nevarasi Azimjon B) qo'shnisi Hadya C) do'sti Bektemir D) o'g'li Abdusamad 11 / 32 Ozod Sharafiddinovning 1962-yilda chop etilgan ilk kitobi qanday nomlangan edi? A) "Zamon. Qalb. Poeziya" B) "Birinchi mo'jiza" C) "Iste'dodjilolari" D) "Adabiyot — hayot darsligi" 12 / 32 To'ra Sulaymonning “Iltijo” she'rida nima vatangado kimsalarning ifodasi o'laroq gavdalanadi? A) bahor B) sahro C) tog‘-u toshlar D) qalb 13 / 32 «Otning egasi» hikoyasida chorbog' qorovuli kim edi? A) Eshmat B) Inod C) Egamberdi D) Bo'riboy 14 / 32 Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub pyesani toping. A) «Qora катаг» B) «To'lqinlar» C) «So'nggi bekat» D) «Yo'lovchi» 15 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omon ayrim jonivorlarni sira otmas, aksincha, uzoq-uzoq tomosha qilishni yaxshi ko'rardi, ularning tundek unlariga singishib o'tirishni istardi, inson ruhiyatidagi bu aynish holati G'arb psixologiya fanida qanday talqin etiladi? A) «optimizm» — «nekbinlik» B) «pesimizm» — «tushkunlik» C) «tragediya» — «fojia» D) «nekrofiliya» — «o'limsevariik» 16 / 32 «Otning egasi» hikoyasida bir qadar xo'mraygan, og'irkarvon va allanechuk odamovi, hamma hurmat qiladigan yigit kim edi? A) Bo'riboy B) Hamdam C) Inod D) Rahmon 17 / 32 Shukur Xolmirzayevning qaysi qissalari Abdulla Qahhordek ustozlar e'tiborini qozongan? A) «To'lqinlar», «Qil ko'prik» B) «Yo'lovchi», «Olabo'ji» C) «To'lqinlar», «0'n sakkizga kirmagan kirn bor» D) «So'nggi bekat», «0'n sakkizga kirmagan kirn bor» 18 / 32 «Otning egasi» hikoyasida Qorabayirga qarab faqat «zo'r» tulporni ko'rayotgan, qanday qilib bo'lsa ham uni o'ziniki qilmoqchi bo'lgan obraz qaysi? A) Eshmat podachi B) Egamberdi Xudoyberdiyev C) Inod D) Bo'riboy 19 / 32 «Otning egasi» hikoyasida Inodning oti kimdan yodgorlik edi? A) o'g'lidan B) akasidan C) bobosidan D) otasidan 20 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida Omonning ikki oyog'ining to'pig'i shishib ketib, yon-verida jigarrang dog'lar paydo bo'lgach, Omon ko'chadan yurishni xohlamagani sabab qayerdan borib, kasalxonaning etagidan chiqishadi? A) Enasoydan B) Quriqsoy C) Ichaksoydan D) Bildirsoydan 21 / 32 «Otning egasi» hikoyasida qat'iyatli, qaysar, cho'rtkesar obraz qaysi? A) Egamberdi B) inod C) Eshmat D) Bo'riboy 22 / 32 «Otning egasi» hikoyasida 'qishloq o'rtasidagi tepada o'rnashgan ikki xonali, tog'ning olis-olis burchaklaridan otli, eshakli bo'lib o'quvchilar qatnaydigan maktabning yagona muallimi kim edi? A) Hamdam B) Inod C) Bo'riboy D) Eshmat 23 / 32 «Otning egasi» hikoyasida qaysi qahramon o'z otini o'z qo'li bilan nobud qiladi, o'zining ko'ngil boyligini boshqalar ixtiyoriga, dargumon taqdirga topshirishdan ko'ra, uni, jonsiz holda bo'lsa-da, yonida qolishini istaydi? A) Egamberdi B) Inod C) Bo'riboy D) Eshmat 24 / 32 «Otning egasi» hikoyasida garchi tog' qishloqlarining katta-kichik bolalariga muallimlik qilsa-da, tabiatan sodda va ishonuvchan, chiroyli gaplardan, kitobiy so'zlardan nihoyatda yiroq obraz qaysi? A) Egamberdi B) Inod C) Bo'riboy D) Eshmat 25 / 32 «Otning egasi» hikoyasida partiya komitetining nima sababdan shaxsiy ot saqlashni man qilganligi aytiladi? A) qimiz ishlab chiqarish uchun B) otlarni urushga safarbar etish uchun C) otlardan konserva maxsulotlari tayyorlash uchun D) otlaming o'rniga mashinalardan foydalanish uchun 26 / 32 Shukur Xolmirzayevning xotin-qizlarimizning sho'ro davridagi fojiali hayotini ro'yirost yoritgan, 1990-yilda sahnalashtirilgan asarini toping. A) «Хитог» B) «Ziyofat» C) «0'zbekning soddasi» D) «Ora yo'l» 27 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi obrazga nafaqat tabiat va uning jonzotlariga, balki odam bolalariga nisbatan shafqat ham butkul begona? A) Hamdamga B) Ultonga C) Rahmonga D) Omonga 28 / 32 Shukur Xoimirzayev sho'ro davrida faqat qoralanib kelgan «bosmachilik harakati»ga yangicha yondashishga urindi va 1987-yilda yaratgan qaysi asarida mazkur hodisani butun murakkabligi bilan chuqur badiiy talqin etdi? A) «Yo'lovchi» B) «Qora kamar» C) «Olabo'ji» D) «So'nggi bekat» 29 / 32 «Omon ovchining o'limi» hikoyasida qaysi qushlarning urush yillari tog'da yolg'iz qolgan odamlarni ham yeb ketishganligi, bo'riga tashlansayam oldin ko'zini o'yib olishi ta'kidlanadi? A) g'ajirlarning B) inaklarning C) juvanalarning D) churpalarning 30 / 32 Shukur Xolmirzayevning qaysi romanida o'tgan asming yigirmanchi yillaridagi birodarkushlik urushining halokatli hodisalari tasvirlangan? A) «Qil ko'prik» romanida B) «So'nggi bekat» romanida C) «Olabo'ji» romanida D) «Yo'lovchi» romanida 31 / 32 «Otning egasi» hikoyasida Inod otini bermaslik uchun kichik leytenantga nima(lar) beradi? A) ikkita ho'kiz B) bir sog'in echki C) bir sog'in sigir D) o'nta qo'y 32 / 32 «Otning egasi» hikoyasida otasidan juda erta, xotini va farzandlaridan fojiali tarzda ayrilgan qahramonni toping. A) Eshmat B) Egamberdi C) Inod D) Bo'riboy 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz