Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 14-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 14-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 133 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 14-mavzu yuzasida testlar 14 – MAVZU: MUHAMMAD YUSUF 1 / 33 "Kuntug'mish" dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko'radilar? A) Olim Sayyodning uyida B) Xo'lmo'min yasavulboshinikida C) Buvraxon podshonikida D) Kampiming uyida 2 / 33 XV asming birinchi yarmida yaratilgan qaysi doston sho'rolar davrida uzoq yillar Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib kelingan? A) «Gul va Daf» B) «Funun ul-balog'a» C) «Muhabbatnoma» D) «Gul va Navro'z» 3 / 33 Alisher Navoiyning quyidagi qaysi ruboiysida yurtparvarlik g'oyasi ilgari suriladi? A) «Bo'lmas emish» radifli ruboiysida B) «Ahbob, yigitlikni g'animat tutunguz...» ruboiysida C) «Ey umri aziz» radifli ruboiysida D) «Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi...» ruboiysida 4 / 33 Nodiradan nechta devon qolgan? A) ikkita B) uchta C) bitta D) beshta 5 / 33 G'afur G'ulomning quyidagi qaysi she'rida «AI-jabr val-muqobala» - algebra faniga asos solgan buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy tilga olinadi? A) «Vaqt» she'rida B) «Sog'inish» she'rida C) «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» she'rida D) «Kuzatish» she'rida 6 / 33 Oybekning qaysi she'ri erksizlik, tutqunlikka bo'ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go'zallikning so'nmas timsoli bo'lib qoldi? A) «Qoraxat» B) «0'zbekiston» C) «Kuz yomg'iri...» D) «Na'matak» 7 / 33 Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy o'zining qaysi asarida Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyatini mufassal yozib qoldirgan? A) «Gulshani davlat» B) «Shohidi iqbol» C) «Tarixi Jaloliya» D) «Ravzat us-safo» 8 / 33 Usmon Nosirning «Nil va Rim» she'ri qaysi misra bilan yakunlanadi? A) «Ki, tun qancha qora bo'lsa, oy shuncha yorug'!» B) «Rim - o'yindan o'lim kutgan jinni teatr!» C) «Misr bo'ylab Nil oqadur - qullar to'kkan qon!» D) «0'sha jonman, o'sha qonman va o'sha shonman!!!» 9 / 33 Said Ahmad qaysi ijodkorning psixologik tasvir mahoratini o'zida mujassamlashtira olgan adib hisoblanadi? A) Usmon Nosirning B) Abdulla Qahhorning C) G'afur G'ulomning D) Oybekning 10 / 33 Asqad Muxtorning “Chinor “ romani qahramonlari qaysi javobda berilgan ? A) Azimjon , Bektemir ,Ochil buva ,To’lanboy B) A’zamjon , To’lanboy , Bektemir , Akbarali C) Ochil buva , Azimjon , Akbarali,Bektemir D) Bektemir , A’zamjon , Ochil buva ,Akbarali 11 / 33 Ozod Sharafiddinov mashhur rus yozuvchisining qaysi asarini tarjima qilgan ? A) “Tug’ilish” B) “Anna Karenina “ C) «Iqrornoma» D) “Urush va tinchlik “ 12 / 33 To`ra Sulaymon qayerda tavallud topgan? A) Jizzax viloyatining Bahmal tumanida. B) Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida C) Samarqand viloyatining Bulurg`ul tomonida D) Toshkent shahrida 13 / 33 «Otning egasi» hikoyasida bir qadar xo'mraygan, og'irkarvon va allanechuk odamovi, hamma hurmat qiladigan yigit kim edi? A) Rahmon B) Hamdam C) Bo'riboy D) Inod 14 / 33 Muhammad Yusuf qaysi she'rida Vataniga: «Qurboning bo'layin, ey onajonim», - deya murojaat qiladi? A) «lnshoolloh» B) «Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor» C) «O'zbekmomo» D) «Dunyo» 15 / 33 Muhammad Yusufning «Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor» she'rida «Qayinbarglar yopib qaro ko'zini» deya ta'riflangan; «Qora ko'zlarinb tug'ilmay qolgan farzandlari emas, balki olis Sibir o'rmonlaridagi «qayinbarglar уордап» shaxs kirn? A) Usmon Nosir B) Fitrat C) Cho'lpon D) Furqat 16 / 33 Muhammad Yusufning «Vatanim» she'rida Balxda dorga osilgan qaysi tarixiy shaxs nomi tilga olinadi? A) Muqanna B) Mashrab C) Ulug'bek D) Temur Malik 17 / 33 Muhammad Yusufning «Vatanim» she'rida kimning nomi Kurdiston bilan birga tilga olinadi? A) Jaloliddin Manguberdining B) Temur Malikning C) Abdulla Qodiriyning D) Usmon Nosirning 18 / 33 Muhammad Yusufning «Vatanim» she'rida: «Kim Qashqami qildi makon», - deyilganda chor hukumati tomonidan yurtidan chiqib ketishga majbur qilingan, umrbod ortga qaytolmay, Qashqar tuprog'ida xoki qolgan qaysi ijodkor nazarda tutiladi? A) Furqat B) Usmon Nosir C) Fitrat D) Abdulla Qodiriy 19 / 33 Muhammad Yusufning qaysi she'rida o'zbeklarning to'qson olti urug'dan iborat ekanligi ta'kidlanad? A) «Xalq bo'l, elim» she'rida B) «lqror» she'rida C) «Vatanim» she'rida D) «Tilak» she'rida 20 / 33 Muhammad Yusufning «Mehr qolur» she'rida nimaning «dunyoni tor aylagan»ligi ta'kidlanadi? A) armonning B) mehr-muhabbatning C) orzu-umidning D) yomonlikning 21 / 33 «Qorachig'da porlagan o'sha, Iqboliga chorlagan o'sha» misralarida Muhammad Yusuf nimani nazarda tutgan? A) umidni B) so'zni C) mehr va muhabbatni D) baxtni 22 / 33 «0'tar qancha yillar to'zoni, Yulduzlar - ko'zyoshi samoni» misralari Muhammad Yusufning qaysi she'ridan olingan? A) «Mehr qolur» B) «0'zbek qizlariga» C) «Biz baxtli bo'lamiz» D) «Madina» 23 / 33 Muhammad Yusufning qaysi she'rida har band oxirida Vatanga beriladigan sifat kamida yuz yillik hodisalar natijasini, quvonch-u alamini ifoda etib keladi? A) «0'zbekmomo» she'rida B) «Vatanim» she'rida C) «Xalq bo'l, elim» she'rida D) «Dunyo» she'rida 24 / 33 Muhammad Yusufning qaysi she'rida «0'tmishingni o'ylab og'riydi jonim» misrasini uchratamiz? A) «Vatanim» B) «Biz baxtli bo'lamiz» C) «Xalq bo'l, elim» D) «Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor» 25 / 33 Muhammad Yusufning dostonlarini toping. A) «Osmonning oxiri», «lshq kemasi» B) «Osmonimga olib ketaman», «Yolg'onchi yor» C) «Osmonimga olib ketaman», «Qora quyosh» D) «Osmonning oxiri», «Qora quyosh» 26 / 33 Muhammad Yusufning qaysi she'rida lirik qahramon uchun Ulug'bek, Navoiy, Bobur yoxud Mashrab bir inson ismi emas, balki xalq, millat fazilati, xalq va millatning mujassam ismi sifatida keladi? A) «Xalq bo'l, elim» B) «Vatanim» C) «0'zbekmomo» D) «Dunyo» 27 / 33 Muhammad Yusufning «Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor» she'rida lirik qahramon kimlarning qismatini «bahor ayyomlar» va «oy botgan yoqlarga termilib shomlar» o'ylaydi? A) Akmal Ikromov va Abdulla Qodiriylarning B) Abdulla Qodiriy va Usmon Nosirlarning C) Usmon Nosir va Fayzulla Xo'jayevlarning D) Akmal Ikromov va Fayzulla Xo'jayevlarning 28 / 33 Muhammad Yusuf qaysi she'rida yurtining «yulduzni yig'latgan dostonlari»ni ta'kidlab o'tadi? A) «Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor» B) «Vatanim» C) «Mehr qolur» D) «Xalq bo'i, elim» 29 / 33 Muhammad Yusuf qaysi she'rida: «Biz hali hammadan o'tamiz, qizim», - deya o'z orzusini bitadi? A) «Madina» B) «Yulduz» C) «0'zbek qizlariga» D) «Zebijon» 30 / 33 «Nekbin tuyg'ular» iborasining ma'nosini toping. A) toza, рок, samimiy tuyg'ular B) orzu-umidga yo'g'rilgan tuyg'ular C) armonli, alamli tuyg'ular D) insonni larzaga soladigan, achchiq iztirobli tuyg'ular 31 / 33 Muhammad Yusufning «Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor» she'rida «aybin bilmay ketgan» «mardi maydonlar» kimlar? A) Akmal Ikromov va Fayzulla Boboyev B) Usmon Nosir va Akmal Ikromov C) Akmal Ikromov va Fayzulla Xo'jayev D) Usmon Nosir va Fayzulla Xo'jayev 32 / 33 Muhammad Yusuf 1978-yilda qaysi oliy dargohni tamomlaydi? A) Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutini B) O'zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ni C) Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Pedagogika universiteti)ni D) O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ni 33 / 33 Muhammad Yusufning «Vatanim» she'rida xalq og'zaki ijodidagi qaysi ot tilga olinadi? A) Boychjbor B) Saman ot C) G'irot D) Qora tulpor 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz