Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 8-sinf Adabiyot » 8-sinf Adabiyot 2-mavzu 8-sinf Adabiyot 8-sinf Adabiyot 2-mavzu InfoMaster Mart 23, 2022 185 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Adabiyot 2-mavzu yuzasida testlar 2-MAVZU : LUTFIY 1 / 21 "Kuntug'mish" dostonida Kuntug'mish polvon necha yoshgacha ilmu hunar kasb-kamolot hosil qiladi? A) 14 yoshgacha B) _Aniq aytilmagan C) 7 yoshgacha D) 10 yoshgacha 2 / 21 Lutfiyning qaysi g'azalida to'g'ridan to'g'ri «ko'zing - hindi» deyilmasdan, ko'z tasviri bilan maqolda «hindi» so'zining kelishi zimdan shu fikrni yuzaga chiqaradi? A) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» B) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» C) «Xoh inon, xoh inonma» D) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» 3 / 21 Qaysi janrda o'quvchi aynan bir xil shakldagi so'zlar yoxud so'zlar turkumidagi ma'nolarni ajratib ola bilmasa, asar o'z vazifasini o'tamagan, muallifning maqsadi amalga oshmay qolgan bo'lib chiqadi? A) g'azalda B) tuyuqda C) ruboiyda D) mustazodda 4 / 21 Lutfiy merosining necha foizini g'azal janri namunalari tashkil etadi? A) 50 foizini B) 80 foizini C) 75 foizini D) 40 foizini 5 / 21 Lutfiyning «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» g'azalida qo'llanilgan «gisu» nima? A) yaproq B) ko'ylak C) soch D) gul 6 / 21 «Mavlono Lutfiy o'z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo'q erdi... va turkcha devoni ham mashhurdur» misralari qaysi manbadan olingan? A) «Nasoyim ul-muhabbat» B) «Muzakkir ul-ahbob» C) «Tazkirat ush-shuaro» D) «Majolis un-nafois» 7 / 21 Lutfiyning qaysi g'azalida maqollar amalda g'azaldagi asosiy ma'no yo'nalishini boshqarib turadi? A) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» B) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» C) «Xoh inon, xoh inonma» D) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» 8 / 21 XV asming birinchi yarmida yaratilgan qaysi doston sho'rolar davrida uzoq yillar Lutfiyning asari sifatida xato taxmin etib kelingan? A) «Gul va Navro'z» B) «Funun ul-balog'a» C) «Muhabbatnoma» D) «Gul va Daf» 9 / 21 Lutfiy qalamiga mansub qaysi g'azalning vazni ikki xil bo'lib, g'azaldagi oltinchi baytning birinchi misrasi «mudom» so'zi bilan tugaydi va aruz vaznida «-dom» o'ta cho'ziq hijo hisoblangani uchun «foilun»ga emas, aynan «foilon»ga tushadi? A) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» B) «Xoh inon, xoh inonma» C) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» D) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» 10 / 21 Lutfiyning qaysi g'azali radifining o'zida tazod bor? A) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» B) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» C) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» D) «Xoh inon, xoh inonma» 11 / 21 Lutfiy haqida bitilgan quyidagi misralar qaysi manbadan olingan? «...To'qson to'qqiz yoshida olamdin o'tdi. Qabri Dehikanordadur, o'z maskani erdi». A) «Majolis un-nafois» B) «Muzakkir ul-ahbob» C) «Tazkirat ush-shuaro» D) «Nasoyim ul-muhabbat» 12 / 21 Lutfiyning «Xoh inon, xoh inonma» radifli g'azaliga tazmin (nazira) bitgan ijodkomi toping. A) Uvaysiy B) Ogahiy C) Boborahim Mashrab D) Nodira 13 / 21 Lutfiyning qaysi g'azali radifidagi barcha so'zlar turkiy so'zlar hisoblanadi? A) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» B) «Xoh inon, xoh inonma» C) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» D) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» 14 / 21 Lutfiyning qaysi g'azalida maqol lirik qahramonning «tuturmen ko'z» degan fikriga mantiqiy asos sifatida keltirilgan? A) «Xoh inon, xoh inonma» B) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» C) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» D) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» 15 / 21 Lutfiy qaysi g'azalida maqol keltirish orqali yorni zimdan tik turgan shamga o'xshatadi va o'quvchiga uning shamdek oppoqligi-yu yuzining yonib turgan shamdek yorug'ligini tasawur qildiradi, yorning sochini esa qorong'ulikka o'xshatadi? A) «Xoh inon, xoh inonma» B) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» C) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» D) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» 16 / 21 Lutfiy g'azaldan tashqari qaysi janrlarda ham ijod qilgan? A) qit'a, muxammas, muashshar va mustazod B) muashshar, ruboiy, mustazod, tuyuq va fard C) qit'a, ruboiy, tuyuq va fard D) mustazod, fard, tuyuq va ruboiy 17 / 21 Lutfiy qalamiga mansub «Dog'i bor» tajnisli tuyuqning tajnisli qofiyasi qaysi so'z(lar)dan tashkil topgan? A) «dog'i» B) «bor» C) «dog'i», «bor» D) «dard», «dog'i», «bor» 18 / 21 Bizgacha Lutfiyning turkiy (o'zbekcha) devonining XVI-XX asrlar mobaynida ko'chirilgan jami nechta nusxasi yetib kelgan? A) 31 B) 33 C) 36 D) 39 19 / 21 Lutfiyning qaysi g'azali irsoli masal san'ati asosiga qurilgan? A) «Xoh inon, xoh inonma» B) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» C) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» D) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» 20 / 21 Nodira Lutfiyning qaysi g'azaliga o'xshatma yozgan? A) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» B) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» C) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» D) «Xoh inon, xoh inonma» 21 / 21 Lutfiy qaysi g'azalida besh so'zdan iborat radif qo'llagan? A) «Xoh inon, xoh inonma» B) «Haq ul kunkim jamoling bor etibdur» C) «Qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul» D) «Ayoqingg'a tushar har lahza gisu...» 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz