Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 6-sinf Adabiyot » 6-sinf Adabiyot 12-mavzu 6-sinf Adabiyot 6-sinf Adabiyot 12-mavzu InfoMaster Mart 18, 2022 192 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Adabiyot 12-mavzu yuzasida testlar 12 – MAVZU: MUSA JALIL 1 / 31 Shum bolaning Sariboyga to’qigan yolg’onlari qaysi qatorda tartibi bilan to’g’ri ko’rsatilgan ? 1 Dondon sopli pichog’ingiz sinib qo’ldi. 2. Tozi it o’ldi 3.to’riqashqa ot harom o’ldi 4.Og’ilxona, qo’rg’onga o’t ketdi. 5. Bo’riboyvachcha o’ldi. 6.Adol apa tug’di. A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,5,4,6 C) 2,1,3,4,5,6 D) 1,4,3,2,5,6 2 / 31 Baxshillaning onasini mehmon kelayotganidan ogohlantirgan va ko'zga ilinadigan narsalarni ichkariroqqa berkitishni tayinlagan kim edi? A) dadasi B) Fayzi dasturxonchi C) akasi D) mahalla oqsoqoli 3 / 31 «Sariq devni minib» asarida Hoshimjonni Mirzacho'ldagi 6- sovxozga kimning tavsiyasi bilan agronom qilib ishga olishadi? A) Suvchi Polvon tog'aning maslahati bilan. B) Sovxoz direktori Akbar Nosi- rovning tavsiyasi bilan. C) Brigadir Murodxon akaning maslahati bilan. D) Bo'lim boshlig'i O'rmon akaning tavsiyasi bilan. 4 / 31 “Hurishni biladigan kuchuklar faqat o’g’rilarga qo’l keladi ,cho’chitib o’g’rini qochirib yuboradi “ Ushbu parcha ertakning nechanchi tugash qismidan olingan ? A) Ertakning ikkinchi tugashi B) Ertakning kirish qismida C) Ertakning uchinchi tugashi D) Ertakning birinchi tugashi 5 / 31 Muqimiy merosining taxminan umumiy hajmi qancha? A) 5 ming misra B) 20 ming misra C) 10 ming misra D) 15 ming misra 6 / 31 A.Qahhor ilk kitobi nima deb nomlangan? A) ”Otmishdan ertaklar” B) Bemor C) ”Qishloq hukm ostida” D) Sarob 7 / 31 Shoro zamonida o'z otasini dushman sanab, qizil askarlarga tutib bergan qaysi bola qahramonga aylantirilib, barcha maktab o'quvchilariga ibrat qilib ko'rsatilardi? A) Morozov B) Engeles C) Petrov D) komsomol 8 / 31 E.Vohidovning urushning kishilar qalbida qoldirgan og'ir jarohatlari haqida yozgan asari qaysi javobda ko'rsatilgan? A) "O'ch" B) "Palatkada yozilgan doston" C) "Nido" D) "Istambul fojiasi" 9 / 31 0‘tkir Hoshimovning dramatik asarlari qaysi qatorda berilgan? A) «Dunyoning ishlari», «Tushda kechgan umrlar». B) «Ikki lcarra ikki besh», «Nur borki. .soya bor». C) «Shamol esaveradi», «Odamlar nima derkin». D) «Inson sadoqati». «To‘ylar muborak». 10 / 31 'To'ylar muborak","Inson sadoqati “, “Qatag’on “ kabi pesalarning muallifi kim? A) O'.Umarbekov B) A.Qahhor C) O'.Hoshimov D) Shuhrat 11 / 31 Said Ahmadning qissalarini toping. A) «Farg'ona hikoyalari», «Qadrdon dalalar» B) «Muhabbat», «Hukm» C) «Jimjitlik», «Xandon pista» D) «Qadrdon dalalar», «Hukm» 12 / 31 . «...asirlikda va tutqunlikda yozgan 115 she’ri bor. U shular uchun qayg‘uradi. Shuning uchun 115 she’rning 60 tasini bo‘lsa hamki, ko‘chirib qoldirishga ulguradi». Ushbu ma’lumot Musa Jalilning qaysi to‘plami haqida? A) «Moabit daftari» B) «Oltinsoch» C) «Okopdan xatlar» D) «Ordenli millionerlar» 13 / 31 Musa Jalilning qaysi asarida Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro ‘zaning sof muhabbati, samimiy insoniy kechinmalari aks ettirilgan? A) «Moabit daftari» B) «Okopdan xatlar» C) «Xat tashuvchi» D) «Oltin soch» 14 / 31 Musa Jalil asirlikda va tutqunlikda yozgan 115 she'rdan nechtasini ko'chirib qoldirgan? A) 80tasini B) 69tasini C) 60tasini D) 96tasini 15 / 31 Muso Jalilning ilk she’riy to’plami ? A) “Ko’klam”1929y B) “Biz boramiz “1925y C) “O’rtoqqa “1929y D) “She’rlar”1925y 16 / 31 Musa Jalilning “Ishonma” she’rida lirik qahramonni nima olg‘a borishga undaydi? A) dushmanga bo’lgan cheksiz nafrati B) bayrog‘iga qon bilan yozilgan onti C) yigitlik g’ururi D) vataniga bo‘lgan sadoqat 17 / 31 Quyidagi qaysi ma’lumot Musa Jalil hayoti va ijodiga oid? A) Uning asirlikda va tutqunlikda yozgan she’rlaridan iborat «Moabit daftari» to‘plami mavjud. B) Oq podshoh sharafiga she’r yozishdan bosh tortganligi sababli intizomiy batalyonga jo‘natilgan. C) Derjavin uning she’rlarini eshitib buyuk shoir bo‘lajagini bashorat qiladi. D) Jukovskiy unga «G‘olib shogirdga mag‘lub ustozdan», - degan yozuv bilan o‘z portretini sovg‘a qiladi. 18 / 31 Musa Jalil urushda og'ir yaralanib, asir tushgach qayerga keltiriladi? A) Berlindagi Moabit turmasiga B) Dyusseldorfdagi Drakon turmasiga C) Hettingendagi Moabit turmasiga D) Bonndagi Drakon turmasiga 19 / 31 Qaysi javobdagi ma’lumot Musa Jalil haqida emas? A) Uning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan «Oltin soch» operasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. B) U huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan bitirib, diplom olgan bo‘lsa-da, bu sohada biror kun ham ishlamagan. C) U sof muhabbat, samimiy insoniy kechinmalar aks ettirilgan «Xat tashuvchi» poemasining muallifidir. D) Uning «Okopdan xatlar» nomli kitobiga jamlangan she’rlarida urushning butun dahshati ro‘yirost tasvirlangan. 20 / 31 Musa Jalil “Ishonma “ she’rida “ Bu so’zni do’stlar aytmas meni sevsalar “ jumlalari necha marta takrorlangan ? A) 20 B) 4 C) 2 D) 3 21 / 31 Muso jalilning “Moabit daftari “ to’plamini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan ? A) Mamarasul Boboyev B) Amir Fayzulla C) Asqar Mahkam D) Xolida Ahrorova 22 / 31 . Musa Jalilning «Ishonma» she'ri shoir o'limidan necha oy oldin yozilgan? A) uch oy B) ikki oy C) bir oy D) to'rt oy 23 / 31 M.Jalilning ilk she’ri qachon qaysi gazetada chop etildi? A) 1919-yil “Tatar yozuvchilari” B) 1920-yil “Qizil yulduz” C) 1919-yil “Qizil yulduz” D) 1920-yil “Qizil O’zbekiston” 24 / 31 Musa Jalil qalamiga mansub «Oltinsoch» asarining janri? A) Drama B) Doston C) She'riy to'plam D) Opera 25 / 31 Najmiddin Kubro, Bobur Mirzo, Yulius Fuchik, Muso Jalil nomlarini qaysi insoniy fazilat birlashtiradi? A) Matonat B) Odob C) Zakovat D) Vijdon 26 / 31 Musa Jalil 1925-yilgacha yozgan she’rlarini to’plab……. nomli ostida she’rlar va dostonlar to’plamini chiqardi.Nuqtalar o’rnini to’ldiring? A) Bizning avlod B) A,C C) Biz boramiz D) Okopdan xatlar 27 / 31 Musa Jalilning 1940-yilda yaratilgan "Xat tashuvchi" poemasida kimlarning sof muhabbati, samimiy insoniy kechinmalari yorqin she'riy bo'yoqlarda aks ettirilgan? A) Yosh o’qituvchilar Abutolib va Zarifa B) Jamila bilan Doniyor C) Xat tashuvchi yigit Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro'zaning D) Jamila va G’ofur ismlik yoshlar 28 / 31 Musa Jalilning “Qushcha” she’rida lirik qahramon qushchadan nimani iltimos qiladi? A) u bilan har kuni suhbatlashishni B) tanasini tilka-pora qilishni C) she’rlarini ona yurtiga olib borishni D) uni ham birga olib ketishni 29 / 31 Musa Jalilning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan, butun mamlakatda katta dovrug' qozongan, davlat mukofoti bilan taqdirlangan operasini belgilang. A) "Oltin soch" B) “Xat tashuvchi “ C) “O’rtoqqa “ D) “Malika ayyor “ 30 / 31 Qaysi qatorda M. Jalilning poemasi berilgan? A) "Ordenli millionerlar" B) "O'rtoqlar" C) "Xat tashuvchi" D) "Biz boramiz" 31 / 31 Urushdan keyin Musa Jalilning o'limi oldidan yozib qoldirgan vasiyati hamda she'rlarini Brussel (Belgiya)dagi konsulxonaga keltirib topshirgan kim edi? A) Ibrohim Jiganov B) Andre Timmer-mans C) Abay Qo’nonboyev D) Yulius Fuchik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz