Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Adabiyot mavzulashtirilgan » 5-sinf Adabiyot » 5-sinf Adabiyot 9-mavzu 5-sinf Adabiyot 5-sinf Adabiyot 9-mavzu InfoMaster Mart 16, 2022 105 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Vaqtingiz tugadi! Tomonidan yaratilgan InfoMaster 5-sinf Adabiyot 9-mavzu yuzasida testlar 9 – MAVZU: OYBEK 1 / 25 Ezopning qaysi masalida o’ziga ortiqcha baho berishning oqibati yoritilgan? A) “Burgut, zag’cha va cho’pon” B) “Eshak bilan baqalar” C) “Kiyik bilan tokzor” D) “Bo’ri bilan laylak” 2 / 25 Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o'tadi? A) To'ng'ich botir ajdarhoni, O'rtancha botir sherni o'ldiradi, Kenja botir vazirni tunamoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. B) To'ng'ich botir sherni, O'rtancha botir ajdarhoni o'ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. C) To'ng'ich botir sherni, O'rtancha botir xoinlarni o'ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o'ldiradi. D) To'ng'ich botir ajdarhoni, O'rtancha botir sherni o'ldiradi, Kenja botir xazinaga tushmoqchi bo'lgan xoinlarni qirib tashlaydi. 3 / 25 Qaysi javobda «Oygul bilan Baxtiyor» dostoni qahramoni Tarlon haqida ma’lumot berilgan? A) U daryo bo‘yiga o‘tin tergani kelganida daryoda oqib kelayotgan sandiqni ko‘rib qoladi va uni suvdan olib chiqadi. B) U Oygulning ko‘z o'ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi, bu esa xalqning g‘azabini yanada oshiradi. C) U Oygulning otasi edi, isyonchilarga boshchilik qilar edi. D) U saroyda xizmat qilardi, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan keksa qul edi. 4 / 25 «Botir tikuvchi» ertagida tikuvchi nimani tosh deb ko'rsatib, mushtumida siqadi va go'yo toshdan suv chiqqandek ko'rinadi? A) sariyog'ni B) tuxumni C) pishloqni D) olxo'rini 5 / 25 “Zulmat ichra nur” qissasida yashirinib kitob ko‘rayotgan kichkina Alisherga qarab “Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, kitobni ilkidan ayirmay о ‘zi bilan asrab yurg‘ay” deb kim xayolidan o'tkazadi? A) Maktabdagi ustozi B) Mirsaid C) G'iyosiddin Kichkina D) Sharafiddin Ali Yazdiy 6 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasida qaysi baqqolning do'konida hamma narsa topilar edi-yu, lekin qimmat bo'lar edi? A) Musa baqqolning B) Said baqqolning C) Mo'min baqqolning D) Sobir baqqolning 7 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasida keltirilgan «shashpar» -uchiga yumaloq, g'adir-budur temir o'rnatilgan uzun dastali... A) tesha B) gurzi, cho'qmor C) bolta D) bolg'a 8 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasi qaysi kasb egalarining mashaqqatli hayoti tasviri bilan boshlanadi? A) novvoylarning B) baqqollarning C) bo'zchilarning D) bog'bonlarning 9 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasidagi quyidagi fikrlar kimga tegishli? «Ana shu oqpadarga qamti kelib qolsam bo'ladimi! U otda, men yayov. Qo'limda shashpar... O'ziyam devday baquvvat, zug'umli yigit edi-da...» A) Mirahmad otaga B) Musa baqqolga C) Dadaqo'zi otaga D) Mo'min baqqolga 10 / 25 Oybekning ijodiy merosi necha jildni tashkil etadi ? A) 10 tom B) 12 tom C) 15 tom D) 20 tom 11 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasi Oybekning qaysi asari tarkibida uchraydi? A) «Bolalik» B) «Qutlug' qon» C) «Quyosh qoraymas» D) «Dilbar - davr qizi» 12 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasida muloyim, shirinso'z, sersoqol keksa baqqol kim? A) Mo'min baqqol B) Sobir baqqol C) Dadaqo'zi baqqol D) Musa baqqol 13 / 25 Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida bolalar ichida eng ko'p qo'rqmaydigan, eng battoli kim edi? A) Ahmad B) Nozim C) Kozim D) Qosim 14 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasidagi voqealar qaysi faslda bo'lib o'tgan? A) yozda B) bahorda C) qishda D) kuzda 15 / 25 Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida kimning darvozasi ustidagi fanor tasvirlangan? A) Tursunqul akaning B) Qosim cho'loqning C) Ahmad akaning D) Fonarchi otaning 16 / 25 Oybekning «Fanorchi ota» hikoyasida tasvirlangan «har kuni bir zararkunandalikni o'ylab topadigan» bola kim? A) Nozim cho'loq B) Qosim cho'loq C) Ahmad cho'loq D) Kozim cho'loq 17 / 25 Oybekning dostonlari berilgan javobni toping. A) «O'ch», «Baxtigul va Sog'indiq» B) «Qizlar», «Navoiy» C) «Navoiy», «O'ch» D) «Hamza», «Bobo» 18 / 25 Qaysi javobda Oybekning dostonlari berilgan? A) «Navoiy», «Qutlug1 qon», «Quyosh qoraymas» B) «Fanorchi ota», «Musicha», «Singan nmid» C) «Bolalik», «Nur qidirib», «Alisherning bolaligi» D) «Dilbar - davr qizi», «Baxtigul va Sog‘indiq», «O‘ch» 19 / 25 Qaysi javobdagi ma’lumot «Fanorchi ota» hikoyasi haqida emas? A) Hikoyada keksa kishining insoniy hislari beboshliklar qilib kekkayib turgan, keksa kishi ustidan «piq-piq» kulib turgan bolalar ko‘ngliga ko‘chishi ustalik bilan tasvirlangan. B) Hikoyadan XX asr boshlaridagi ko‘hna Toshkentning g‘ala-g‘ovur ko‘chalari manzarasi, bo‘zchilarning hayot tarzini ifoda etuvchi parcha ham o‘rin olgan. C) Ushbu hikoyada tasvirlanishicha, mahalla bolalari ichida keksa kishi himoyasiga dadil chiqa oladigan Ahmad singari mard bolalar ham paydo bo‘ladi. D) Ushbu hikoyada har kuni bir zararkunandalikni o‘ylab topadigan battol Qosim cho‘loq ishtirok etadi. 20 / 25 Oybekning quyidagi asarlardan qaysi biri doston janrida yozilgan? 1. “Dilbar-davr qizi” 2. “Baxtigul va Sog’indiq” 3. “Tuyg’ular” 4. “O’ch” 5. “Quyosh qoraymas” 6. “Navoiy” 7. “Qutlug’ qon” A) 1,2,4 B) 1,4,5,7 C) 3,4,5,6,7 D) 2,3,4,6,7 21 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasida bolaning ko'ziga har vaqt quruq ko'rinadigan va unda faqat sabzi, piyoz, un, kerosin sotiladigan do'kon kimniki? A) Mo'min baqqolniki B) Sobir baqqolniki C) Dadaqo'ziniki D) Musa baqqolniki 22 / 25 Oybek tomonidan tarjima qilingan Pushkinning “Yevgeniy Onegin” asari qaysi janrda yozilgan? A) doston B) falsafiy doston C) she’riy roman D) roman 23 / 25 Oybekning qissalari berilgan qatomi toping. A) “Ulug yo’l”, “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas” B) “Qutlug’qon”, “Dilbar davr qizi”, “Nur qidirib” C) “Nur qidirib ’, “Bola Alisher”, “Bolalik” D) “Baxtigul va Sog’indiq”, “O’ch”, “Navoiy” 24 / 25 «Bolaning ko'ngli poshsho» hikoyasida keltirilishicha, qaysi mahallada 3 ta do'kon bor edi? A) «Eshonguzar» mahallasida B) «Oqqo'rg'on» mahallasida C) «Oqmachit» mahallasida D) «Kattaqo'rg'on» mahallasida 25 / 25 Qaysi javobdagi ma’lumot «Fanorchi ota» hikoyasi haqida? A) Bu asarda Qosim cho‘loq, Ahmad ismli bolalar obrazlari orqali bola tabiatiga xos bo‘lgan xarakter xususiyatlari ham ochib berilgan. B) Bu asarda A’zam, Muso ismli bolalar obrazlari orqali bola tabiatiga xos bo‘lgan o‘yinqaroqlik, sabrsizlik, qizg‘anchiqlik kabi xarakter xususiyatlari ham ochib berilgan. C) Bu asarda Turg‘un, Nurxon, Haydar soqov va Shokir mishiqi ismli tengdosh bolalar obrazlari orqali bola tabiatiga xos bo‘lgan xarakter xususiyatlari ham ochib berilgan. D) Bu asarda uyiga o‘g‘ri kirganini bilib, buni aytib do‘stlariga maqtanishi mumkinligidan xursand bo‘lgan yetim bola obrazi orqali bolalargagina xos bo‘lgan xarakter juda ishonlarli tavsirlangan. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz