Biologiya attestatsiya №5

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №5

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi.
Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

Nima natijasida tur xilma-xilligi ortadi?

2 / 40

Qaysi darajaning elementar birlogi biogeotsenoz hisoblanadi?

3 / 40

Makkajoʻxori hujayrasida nechta jinsiy xromosomalar mavjud

4 / 40

Odamda jarlikning ikki turi mavjud boʻlib, ulardan birinchisi dominant, ikkinchisi esa retsessiv genlar bilan irsiylanadi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida naslda 5 ta kar:3 ta sogʻlom nisbatda ajralish kuzatiladi

5 / 40

Tishlari ixtisoslashgan sinfga masub bo`lgan tishlari ixtisoslashmagan hayvonni aniqlang.

6 / 40

DNK ma'lum bir fragmentining tarkibida A nukleotidlari umumiy yig'indisi G nukleotidlari bilan teng miqdordaligi ma'lum bo'lsa hamda undan sintezlangan oqsilning massasi 14400 Da kelsa, DNK dagi T va S nukleotidlarining yig'indisi nechta bo'ladi?

7 / 40

Fotosintezda kuzatiladigan jarayon va uning ahamiyatini aniqlang. a-yorug`lik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi; b-karbonat angidrid bilan suvdan organik birikma hosil bo`lishi; c-sintezlangan anorganik birikmalar energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; d-atmosfera erkin kislorod bilan boyishi; e-sintezlangan organik birikmalar organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo`lib xizmat qilishi; f-quyosh energiyasi mexanik energiyaga aylanishi; j-karbonat angidrid bilan kisloroddan organik birikma hosil bo`lishi

8 / 40

Ilvirs (a), qashqaldoq (b), chiyabo‘ri (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi?

9 / 40

Chittaklar turlarining xususiyatlariga qarab ekologik alohidalanish (a), morfologik mezon (b) larni ko’rsating. 1.diafragmaga ega emas 2.moskovka chittagi va katta chittaklar boshi qoramtir tusda 3.lazorevka chittagi mayda hashorotlar bilan oziqlanadi 4.katta chittak va lazorevka chittaklari pat rangi bir biriga o’xshaydi. 5.kokilchali chittak o’simlik urug’lari bilan oziqlanadi 6.tojdor chittakning boshida bir tutam toji bor 7.chittaklarning erkagi yirik va rangli bo’ladi 8.moskovka chittagi hashorotlarning tuxumlari va qurtlari bilan oziqlanadi. 9.o’pkasi murakkab tuzilgan nafas olishda havo pufakchalari ishtirok etadi.

10 / 40

O’simliklar ontogonezining ko’payish (a) va yoshlik (b) davri kuzatiladigan jarayonlar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. 1.o’simlik quriydi; 2.gul hosil bo’ladi; 3.urug’ hosil bo’ladi; 4.urug’ unib chiqadi; 5.ildiz shakllanadi; 6.gul kurtagi hosil bo’ladi. 7.barg shakllanadi; 8. meva hosil bo’ladi; 9.ontonogenez yakunlanadi; 10.poya shakllanadi.

11 / 40

Martishkaga xos bo’lgan belgilar qaysi javobdato’g’ri keltrilgan ? 1)sutemizuvchilarning issiq qonli vakili; 2) uzundumli, keng burunli maymun; 3) o’mrov suyagi ayri shaklda; 4) ko’zlari boshining ikki yonida joylashgan; 5) primatlarning tor burunli maymunlar guruhigakiradi; 6) barmoqlari yungsiz, tirnoqlari yassi; 7) klaokaga ega, tuxum qo’yib ko’payadi 8) sutemizuvchilar sinfining xaltalilar kenja sinfigamansub;

12 / 40

Hidni yaxshi sezuvchi, o‘ljasini ta'qib qilib tutiboluvchi hayvonni aniqlang.

13 / 40

Pomidor o’simligida poyaning baland, mevaning sharsimon bo’lishini boshqaruvchi genlar bir xromosomada va poyaning past bo’yli, meaning noksimon bo’lishini boshqaruvchi genlar esa boshqa xromosomada bo’ladi. Baland bo’yli, sharsimon mevali pomidor past bo’yli, noksimon mevali pomidor bilan chatishtirildi. Birinchi bo’g’in duragaylari baland bo’yli, sharsimon mevali bo’ldi. Olingan duragaylar past bo’yli, noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, duragaylarning 80 foizi boshlang’ich shakllariga o’xshash bo’ladi. Krossingover foizini aniqlang.

14 / 40

Fosforlanish reaksiyasi haqida to`g`ri fikrni toping.

15 / 40

Bo’yining o’rtacha uzunligi 30 sm (a) va 30 metr bo’lgan (b) o’simliklar insonga qanday foyda beradi ?

16 / 40

Quyidagi rasmda keltirilgan organizmni biologiyaning qaysi sohasi o’rganadi ?

17 / 40

Qachon qonda kalsiy miqdori kamayib, nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligi ortadi,

18 / 40

Yuqori molekulali kolloid birikma(a), quyi molekulali organic karbon kislotalarning (b) hosilasini belgilang

19 / 40

Tetraduragay chatishtirishda F2 da genotiplarning mumkin bo’ladigan kombinatsiyalar soni nechta bo’ladi?

20 / 40

Paleartik biogeografik viloyatida tarqalgan to`rt kamerali(a) va bir kamerali(b) oshqozonga ega bo`lgan organizmlarni aniqlang. 1.chittak 2.ot 3.los 4.tog` echkisi 5.tustovuq 6.tulki

21 / 40

So‘lak tarkibidagi (a) , oshqozon shirasi tarkibidagi (b) va jigar ishlab chiqaradigan (c) ko‘pchilik mikroorganizmlami yo‘q qiladi.

22 / 40

Oq planariya qaysi tip (a), nereida qaysi sinf (b) vapodalariy qaysi turkum (c) vakili hisoblanadi?

23 / 40

……. qavatda joylashgan muskul hujayralari soch piyozchasiga tutashgan. Muskullar qisqarganida terida bo'rtiqlar paydo bo‘ladi.

24 / 40

Qirqquloqlarga xos belgilarni ko’rsating 1)arxegoniy va anteridiyga ega 2) jinsiy bo’g’in ustunlikqiladi 3)jinsiy vs jinssiz bo’g’in gallanadi 4) spermatozoidi 2 xivchinli 5) spermatozoidi ko’p xivchinli 6) sporalari boshoqda hosil bo’ladi 7) sporalari ko’sakda yetiladi 8)spora sorusda rivojlanadi 9) tropik va subtropikmintaqalarda daraxtsimon vakillari uchraydi 10) erkak va urg’ochi o’simta farqlanadi 11) bahorgi va yozgi poya hosil qiladi 12) yuraksimon o’simtaga ega 13) ildiz va o’tkazuvchi sistemasi yo’q 14) ildizpoyali ko’p yillik o’t

25 / 40

Ushbu tajribani amalga oshirgan olimni aniqlang

26 / 40

Nazariy jihatdan dala qirqbo’g’imining 1 tasporangiysida 5 ta spora yetilsa, 1 ta spora beruvchi boshog’idan taxminan nechta spora yetilishi mumkin?

27 / 40

Pomidor mevasining qizil rangli (A), yumaloq shaklli (B) formasi bilan sariq rangli (a), noksimon shaklli (b) formasi chatishtirilganda, F1 da 25 % yumaloq, qizil; 25 % qizil, noksimon; 25 % sariq yumaloq; 25 % sariq, noksimon formalar hosil bo’ladi. Ota-onaning va F1 duragaylarning genotipini toping. 1) Aabb x aaBb; 2) AaBb x AaBb; 3) Aabb x aabb; 4) AaBb x aabb; 5) AABB, aabb, AaBb, aaBb; 6) AaBb, aabb, aaBb, Aabb; 7) AaBb, Aabb, aaBb, aabb; 8) aabb, AaBB, AaBB, aaBB.

28 / 40

Terak (I) va tol (II) o'simligiga tegishlima’lumotlarni juftlang. a) yog'ochligi yumshoq; b)yog'ochligi qattiq; c) kurtaklari nisbatan mayda; d)kurtaklari nisbatan yirik; e) hujayra qobig'ikletchatkadan iborat; f) hujayra qobig'i xitindan iborat; g) hayotiy shakli daraxt; h) hayotiy shakli buta.

29 / 40

Qaysi organizmlarda ko`p bo`laklarga bo`linish kuzatiladi 1-xlorella; 2- gidra; 3- bezgak plazmodiyasi; 4- ayrim zamburug`lar; 5- yashil o`simliklar; 6-yashil evglena; 7-xlomidomonada

30 / 40

Tugunaklari (a) orqali; qalamchalari orqali (b); ildiz bachkisi orqali (c); ildizpoyasi orqali (d) ko`payadigan o`simliklarni ko`rsating 1-binafsha; 2-batat; 3-olma; 4-yantoq; 5-shoyigul; 6-shirinmiya; 7-terak; 8-iloq; 9-qoraqat; 10-ajriq; 11-tol; 12- qulupnay; 13-olcha; 14-kartoshkagul; 15-begoniya 

31 / 40

Abiotik omilarni belgilang a- g`oza barglariningfotosintez qilishi b- raffleziyaning daraxtlar tanasida parazitlik qilishi c- o`simliklarning hasharotlar yordamida changlanishi d- chirindili tuproqda hosildorlikni oshishi e- yetarli namlikda o`simlikning gurkirab rivojlanishi

32 / 40

Cho`ziq shaklli hujayralar (1), yadrosizhujayralar (2), yirik yadroli hujayralar (3), yumaloq hujayralar (4), loviyasimon shaklli hujayralar (5) qaysi to`qimalarda uchraydi?

33 / 40

Qaysi ko’p hujayrali suvo’ti yashil (I), antotsian pigmentli (II), och yashil (III) va qo’ng’ir rangli (IV) bo’ladi ? a.laminariya, b.ulotriks, s.porfira, d.spirogira, e.xlorella, h.xlamidamonada

34 / 40

Oqsillarning elementar tarkibini belgilang. 1)C; 2)H2; 3)O2; 4)N; 5)S; a)50-54%; b)16%; v)6,5-7,3%; g)21-23%; d)0,5%

35 / 40

Funariya (a) va riniya (b) ga xos xususiyatlarni ajrating. 1) poya bargli; 2) dastlabki quruqlik o'simligi; 3) bargi yo'q; 4) poyasi rivojlangan; 5) sporalari bilan ko'payadi; 6) ildizi yo'q; 7) poyasi rivojlanmagan; 8) ildizi rivojlangan

36 / 40

Quyidagi o'simliklarni qaysi oilaga tegishli ekanligini aniqlang. a) donasho'r; b) qashqarbeda; c) soya; d) yapon saforasi; o'sma; f) bo'znoch 1)gulxayridoshlar; 2) loladoshlar; 3)karamdoshlar; 4) murakkabguldoshlar; 5) burchoqdoshlar; 6) sho'radoshlar

37 / 40

Hujayralaroralig’i moddasining holatiga ko‘ra g’ovak tolali biriktiruvchi to’qima hujayralarini belgilang.

38 / 40

Faqat asosiy xo`jayinli (a) faqat oraliq xo`jayinli (b)ham asosiy,ham oraliq xo`jayinli (c) hayvonlarni ko`rsating? 1)askarida; 2) exinakok; 3) jigar qurti; 4) baqachanoq; 5)gijja; 6) qoramol solityori.

39 / 40

Quyidagi berilgan hasharotlar qanotining tuzilishibilan mos ravishda juftlab ko’rsailgan javobni toping. 1) kapalak; 2) qandala; 3) chigirtka; 4) ninachi a)qanotlari taxlanmasdan ikki yoniga yoyilib turadi; b)oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari yelpig’ichga o’xahab oldingi qanotlari ostiga taxlanib turadi; c) birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keying qismi yupqa va shaffof; d) qanotlari mayda tangachalar bilan qoplangan

40 / 40

Agar ulotriksning jinsiy ko`payishinatijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0