Fizika attestatsiya №5

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №5

Test muallifi: Navoiy viloyati Xatirchi tuman 54-maktabning fizika fani o'qituvchsi Toshev Anvar

1 / 40

0,5 m radiusli g‘ildirak gorizontal sirt bo‘yicha sirpanishsiz 2 m/s tezlik bilan g‘ildiramoqda. G‘ildirak gardishidagi g‘ildirak markazi bilan bir sathda joylashgan nuqtaning yerga nisbatan tezligi moduli qanday (m/s)?

2 / 40

Suyuqlik zichligi 2 marta , chuqurligi 5 marta orrtirilsa, suyuqlik bosimi necha marta ortgan bòladi?

3 / 40

Jism R radiusili aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Aylananing 1/3 qismini o’tganda, yo’l va ko’chish moduli nimaga teng bo’ladi?

4 / 40

Jism tezlanishining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Jismning dastlabki tezligi V0= 20 m/s bo’lsa, t = 3s paytdagi tezligi nimaga teng (m/s)?

5 / 40

Izobarik kengayishda bir atomli ideal gazning ichki energiyasi qanday o`zgaradi?

6 / 40

Bir g’ishtni ikkinchisining ustiga qo‘yib, yuqoriga otishdi. Yuqoridagi g’ishtning pastdagi g’ishtga bosim kuchi qachon nolga teng bo`ladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.

7 / 40

m1=2,5 kg massali yuk S=3,6 m pastga tushgan vaqtda qanday tezlikka erishadi(m/s). m2=2 kg, bloklar vaznsiz, ishqalanishlar yo’q, ip cho’zilmas.

8 / 40

Ko‘ldagi 100 kg massali qayiqning ustidagi 60 kg massali odam qayiqning u boshidan bu boshiga yurib o‘tdi. Agar qayiqning uzunligi 10 m bo‘lsa, yurib o‘tgandan keyin odam qirg‘oqqa nisbatan qancha masofaga siljiydi (m)?

9 / 40

Birinchi idishga 4 litr suv quyildi va sathining balandligi 8 sm bo’ldi. Ikkinchi idishga 0,5 litr suv quyildi va uning sathining balandligi 12 sm bo‘ldi. Idishlarning tublaridagi gidrostatik bosimlarini taqqoslang?

10 / 40

Yassi brusok devordan pastga sirpanib ketmasligi uchun uni gorizontal yo’nalgan qanday minimal kuch (N) bilan devorga siqish kerak? Brusokning massasi 2 kg, devor bilan brusok o’rtasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,8 ga teng.

11 / 40

Psixrometrning quruq termometri ko’rsatishi o’zgarmasdan nam termometr ko’rsatishi pasaysa, nisbiy namlik qanday o’zgaradi?

12 / 40

O’z inersiyasi bilan harakatlanayotgan jismga ishqalanish kuchlari ta’sir eta boshlagach tekis sekinlanuvchan harakatlana boshladi. Shu vaqtdan boshlab toki to’xtaguncha bo’lgan yo’lning birinchi yarmida tezligi qanday o’zgaradi?

13 / 40

Mutlaq silliq stolda M=10kg massali taxta, taxtada esa m=4kg massali taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti µ=0,2. Taxtachaga F=10N gorizontal kuch qo’yilgan. Taxta qanday a tezlanish (m/s²) bilan harakatlanishini aniqlang.

14 / 40

Qo’zg’almas blokka o’tkazilgan vaznsiz ip ikki uchiga massalari 8kg va 2kg bo’lgan ikki yuk osilgan. Yuklarning nisbiy tezlanishi qanday (m/s²)?

15 / 40

Radiusi 10cm bo’lgan suv tomchisi 10ta bir xil tomchiga ajratildi. Bunda sirt energiyasi qanday o’zgaradi? σsuv=73mN/m

16 / 40

Ko’ndalang kesimi o’zgaruvchan bo’lgan quvurning birinchi qismida suyuqlik tezligi v₁=12 m/s, ikkinchi qismida v₂=16m/s ga teng. Shu qismlardagi gidrostatik bosimlarni taqqoslang.

17 / 40

O’zgarmas bosimda vodorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ish, kislorodni 50K ga isitish uchun bajarilgan ishlarni taqqoslang. (mH₂=m₀₂ MH₂=2g/mol M₀₂=32g/mol )

18 / 40

Massasi 5kg bo’lgan jismga 20 N kuch 0,02s davomida ta’sir etib turdi. Jism impulsi o’zgarishini aniqlang (kg·m/s).

19 / 40

Havoning qarshiligi bo’lmagan joyda boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism harakatning oxirgi uch sekundida 180m masofani bosib o’tdi. Jism tushgan balandlikni aniqlang (m). g=10 m/s²

20 / 40

505 m/s tezlik bilan uchayotgan 200kg massali snaryad relslarga parallel yo’nalishda uchib massasi 20 t bo’lgan tinch turgan qumli platformaga urildi va qumga tiqilib qoldi. Platforma qanday tezlik bilan harakatlanadi (m/s)?

21 / 40

Yig’uvchi linzaning bosh optic o’qiga nisbatan 30° burchak ostida yorug’lik tushmoqda. Agar nur linzadan o’tgach bosh optic o’qdan 20cm masofada unga parallel tarqalsa, linzaning focus masofasini aniqlang (m).

22 / 40

Uzunligi l₁ bo’lgan birinchi mayatnik 5s davr bilan, uzunligi l₂ bo’lgan ikkinchi mayatnik 3s davr bilan tebranmoqda. Uzunligi l=(l₁-l₂)/2 bo’lgan mayatnik tebranish davrini aniqlang.

23 / 40

Prujinaga m massali yuk osildi. Agar prujinaning 1/6 qismi kesib tashlanib yana shu yuk osilsa, nisbiy uzayish qanday o’zgaradi?

24 / 40

Moddiy nuqta A (-1;4) nuqtadan B (2;8) nuqtaga 5s da, so’ngra C (-5;1) nuqtaga 3s da o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezlikni aniqlang (m/s).

25 / 40

Ideal issiqlik mashinasi isitgich harorati ortib, sovutgich harorati kamaysa, FIKi qanday o’zgaradi?

26 / 40

Jism biror balandlikdan erkin tashlanganda oxirgi ikki sekundda 160m yo’l yurdi. Jism tashlangan balandlikni toping (m).

27 / 40

Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektori…

28 / 40

A amplitude bilan garmonik tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidagi kinetik energiyasi 21 J. Muvozanat vaziyatdan A/3 nuqtada kinetik energiyasini aniqlang (J).

29 / 40

Jism yo’lning 1/3 qismini 20m/s, qolgan qismini 30m/s tezlikda bosib o’tdi. Butun harakat davomidagi o’rtacha tezligini aniqlang (m/s).

30 / 40

dishda suv va suv bug’I bor. Harorat pasayganda suv bug’I molekulalarining konsentratsiyasi qanday o’zgaradi?

31 / 40

3q, 2q va 3q nuqtaviy zaryadlar bir to’g’ri chiziqda o’zaro a masofada ketma-ket mahkamlangan. Agar zaryadi 3q, massasi m bo’lgan zaryad bo’shatilsa, qanday maksimal tezlikka erishadi?

32 / 40

Jismning harakat tenglamasi x= 5+6t+3t² ko’rinishda berilgan. Jismning dastlabki 2s da bosib o’tgan yo’lini toping (m)/

33 / 40

Tezliklari 10 m/s va 15 m/s bo’lgan jismlarning nisbiy tezliklari qaysi oraliqda bo’ladi?

34 / 40

Yer sirtidan qanday balandlikda erkin tushish tezlanishi yer sirtidagi qiymatiga nisbatan 49 marta kichik bo’ladi? Yerning radiusi R.

35 / 40

Disk gardishidagi nuqtaning tezligi 8 m/s, undan sm markazga yaqin nuqtaning chiziqli tezligi 6 m/s ga teng. Disk radiusini aniqlang (cm).

36 / 40

Jismning bir nuqtasiga bir vaqtning o’zida modullari 50N va 30N ga teng bo’lgan ikki kuch ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning natijaviysi quyidagilarning qaysi biriga teng bo’lishi mumkin (N)?

37 / 40

Avtomobil YPX postiga 72km/s tezlikda tekis harakatlana boshladi. Avtomobil postga kirib kelishi bilan YPX xodimi ushbu avtomobilni tekis tezlanuvchan harakat qilib quva boshladi. Quvib yetish oldidan GAI avtomobili tezligi qanday bo’lgan (m/s)?

38 / 40

Radianga o’tkazing: 15°

39 / 40

Suvning temperaturasi 8°C dan 1°C gacha pasaydi. Bunda suv ichidagi jismga ta’sir etuvchi Arximed kuchi qanday o’zgaradi? Jism o’lchami o’zgarishini hisobga olmang.

40 / 40

Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vector kattalik emas?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0