Fizika attestatsiya №3

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №3

1 / 40

Qanday mexanik energiyalar mavjud?

2 / 40

Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi.

3 / 40

Harakat tenglamalari X1 =20t va X2 =90-10t bo‘lgan ikkita jism qancha vaqtdan keyin uchrashadilar?

4 / 40

”Havo yoki gazga kuchli zaryadlar oqimi hosil bo`lishiga... deyiladi”. Gapni davom ettiring.

5 / 40

To`g`ri chiziq tekis harakat uchun quyidagi formulalardan qaysi biri to`g`ri?

6 / 40

Gorizontal tekislikdagi uchburchakli pona ?1 = √3 m/stezlik bilan gorizontal ravishda tekis siljitilmoqda (rasmga qarang). Bunda vertikal turgan AB sterjen qanday v2 tezlik bilan ishqalanishsiz ko'tariladi (m/s)? a=30°

7 / 40

Jism koordinatasi (1;2) bo`lgan A nuqtadan koordinatasi (4;-1) bo`lgan B nuqtaga ko`chib o`tdi. Bunda jism ko`chish ektorining Ox o`qining musbat yo`nalishi bilan tashkil etgan burchagini toping.

8 / 40

O`tkazgich uchlariga 10V kuchlanish qo`yilganda 5J ish bajaradi.O`tkazgichdan oqib o`tgan zaryad miqdori nimaga teng?

9 / 40

Radiusi 4 m bo’lgan aylana trayektoriya bo'ylab tekis harakatlanayotgan jismning chiziqli tezligi 4 m/s ga teng. Jismning markazga intilma tezlanishini (m/s2 ) toping.

10 / 40

Tosh tik yuqoriga V0 =30 m/s tezlik bilan otildi. Qanday h (m) balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyasining 4/5 qismiga teng bo’ladi?

11 / 40

Jism koordinatalari (6;5) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (12;13) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish moduli qanday (m)?

12 / 40

Uch yer radyusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi.Yer sirtidagiga nisbatan qanday bo’ladi?

13 / 40

Poyezd yo’lning 1/3 qismini 15 m/s tezlik bilan, qolgan qismini 30/ms tezlik bilan o’tsa, uning shu yo’ldagi o’rtacha tezligi qanday (m/s)?

14 / 40

Jism tezlanishining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Jismning dastlabki tezligi V0= 20 m/s bo’lsa, t = 3s paytdagi tezligi nimaga teng (m/s)?

15 / 40

Jism bir yo’nalishda o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanib, ketma-ket keladigan davomiyligi 2 s dan bo’lgan vaqtda 16 m va 18 m yo’l bosdi. Harakatning birinchi bosqichi boshidagi tezligini toping (m/s).

16 / 40

Agar jismning tezlik va tezlanish vektori istalgan paytda o’zaro to’g’ri burchak hosil qilsa, jism qanday harakatda bo’ladi?

17 / 40

Velosiped tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilganda, yer bilan bog’langan sanoq sistemasida velosiped g’ildiragi to’g’ri nuqtasining harakat trayektoriyasi qanday bo’ladi?

18 / 40

Radiusi 25 sm bo’lgan disk 12,56 m/s tezlik bilan harakatlanyapti. 0,04 sekund ichida qanday burchakka buriladi (rad ? =3,14)

19 / 40

OX o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan jism kordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi berilgan (t)=10-10t+t²   ([x]=m, [t]=s) Tezlik proeksiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qaysi rasmga mos keladi?

20 / 40

Massasi 1 t bo’lgan avtomobil dvigatelining 500 N tortish kuchi tasirida joyidan qo’zg’alib, 30 s da qanday (m) yo’l o’tadi? Qarshilik kuchini hisobga olmang.

21 / 40

Jism 36 m balandlikdan gorizontal otildi. Agar jismning uchish uzoqligi otilish balandligiga teng bo’lsa, jism yerga qanday tezlik bilan uriladi (m/s) ?

22 / 40

Suvga nisbatan 15 m/s tezlik bilan suzayotgan aviatashuvchi kema palubasi bo‘ylab kema tezligi vektoriga30° burchak ostida10 m/s tezlik bilan avtomobil harakatlanmoqda. Avtomobilning okean suviga nisbatan tezligi modulini aniqlang (m/s).

23 / 40

Qachon jismning ko`chishi uning trayektoriyasi bilan mos tushadi

24 / 40

Gorizontal yo`nalishda harakatlanib ketayotgan samolyotdan snaryad erkin tushib ketdi. Uning samolyotga nisbatan harakat trayektoriyasi qanday shaklda bo`ladi?

25 / 40

Izobarik kengayishda bir atomli ideal gazning ichki energiyasi qanday o`zgaradi?

26 / 40

Jismga bir vaqtning o`zida 3 N va 8 N kuchlar ta’sir qilishi mumkin. Quyidagidagi qaysi kuch yuqoridagi vektorlarning teng ta’sir etuvchisi bo`la oladi?

27 / 40

Rasmda miqdorlari ma’lum bo`lgan 3 ta vektor ko`rsatilgan. Natijaviy vektorining miqdorini toping. 

28 / 40

3 m/s tezlik bilan kelayotgan 30 t massali temiryo‘l vagoni tinch turgan vagonga tirkaldi. Tirkalgan vagonlar 1 m/s tezlik bilan harakatlana boshladi. Ikkinchi vagonning massasini toping (kg).

29 / 40

Jism qachon to`g`ri chiziqli tekis harakat qilgan hisoblanadi?

30 / 40

To‘g‘ri shosse bo`ylab bronemashina OX o ‘q yo‘nalishida 20 m/s tezlik bilanharakatlanmoqda. Vaqt boshidan 10 s o‘tgan paytda u koordinatasi 100 m bo‘lgan nuqtadan o‘tadi. Vaqt boshidan 10 s avval u koordinatasi qanday bo‘lgan (m) nuqtada edi?

31 / 40

Kater yo‘lning 1/4 qismini ϑ  tezlik bilan, qolgan qismini esa 2ϑ  tezlik bilan o‘tgan bo‘lsa, uning shu yo‘l­dagi o‘rtacha tezligi qanday?

32 / 40

Jism 40 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Jismning yerga urilish paytidagi tezligi 50 m/s ga teng. Jism qanday balandlikdan otilgan (m) ?

33 / 40

0,4 m/s² tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning ma’lum vaqtdagi tezligi 9 m/s ga teng. Jismning shu vaqtdan 10 s oldingi paytdagi tezligi qancha bo‘lgan (m/s)?

34 / 40

A mashinaning tezligi 20 m/s, B mashinaning tezligi 30 m/s va ular to`g`ri yo`lda bir xil yo`nalishda harakatlanib ketishmoqda. A mashinaning B mashinaga nisbatan tezligini toping.

35 / 40

Quyidagi fizik kattaliklardan qaysi biri vektor kattalik?

36 / 40

25,2 km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan 600 kg massali avtomobil motor o‘chirilgach yana 50 m yo‘l yurib to‘xtadi. Avtomobil harakatiga qarshilik kuchi F qanday (N)?

37 / 40

Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

38 / 40

Agar ideal gazning bosimi 2 marta oshirilib, temperaturasi 2 marta pasaytirilsa, hajmi qanday o‘zgaradi?

39 / 40

Nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofani 12 sm ga qis­qartirganda, ularning ta’sir kuchi 16 mar­ta ortsa, ular orasidagi dastlabki masofani toping (sm).

40 / 40

45 m balandlikdan14 km/soattezlik bilan gorizontal otilgan jism qanday(m) uzoqlikka borib tushadi? g=10 m/s².

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

 

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

2 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0