Fizika attestatsiya №2 Yanvar 11, 2022Yanvar 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Fizika attestatsiya №2 ga 2 fikr bildirilgan 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog‘lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig‘ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan? A) 0-3 B) 0-1 C) 1-2 D) 2-3 2 / 40 20m balandlikdan gorizontal otilgan jismning umumiy ko‘chishi 25 m bo‘lishi uchun uning boshlang'ich tezligi qanday bo‘lishi kerak? A) 5 m/s B) 7,5 m/s C) 7m/s D) 10 m/s 3 / 40 Ideal gaz molekulalarining konsentratsiyasi òzgarmagan holda molekulalar issiqlik harakatining òrtacha kvadratik tezligi 4 marta kamaygan. Bunda gazning bosimi qanday òzgargan? A) 16 marta kamaygan B) 4 marta ortadi C) 16 marta ortadi D) 4 marta kamaygan 4 / 40 Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism o‘z tezligini 120 sekund ichida 3 marta oshirdi va 480 m masofaga ko‘chdi. Jismning boshlang‘ich tezligini toping(m/s). A) 6 B) 12 C) 4 D) 2 5 / 40 G'altakdan 0,1 A tok òtganida magnit oqim 0,02 Vb bòlgan. Ğaltakda tòplangan energiyani aniqlang. A) 2mJ B) 1mJ C) 0,5mJ D) 1J 6 / 40 Suyuqlik zichligi 2 marta , chuqurligi 5 marta orrtirilsa, suyuqlik bosimi necha marta ortgan bòladi? A) 2 marta B) 10 marta C) 5 marta D) 7 marta 7 / 40 Ikkita mashina chorrahadan o’zaro tik yo’nalishda harakatlana boshladi. V1 =6 m/s, V2 =8 m/s bo’lsa, qancha vaqtdan keyin ularning orasidagi masofa 140 m bo’ladi (s). A) 10 B) 24 C) 70 D) 14 8 / 40 Qanday mexanik energiyalar mavjud? A) Kinetik, potensial, yoruglik B) Potensial va elekr C) Potensial va kinetik D) Elektr, yoruģlik, potensial, kinetic 9 / 40 Rasmdagi sistema pastga a tezlanish bilan tushayotgan bo’lsa, ipdagi taranglik kuchi qancha (N)? g=10 m/s2. A) 2 B) 4 C) 6 D) 8 10 / 40 OX o’qi bo’ylab jism tebranishi x=8sin(3t+π/3) tenglama bilan ifodalanadi. t=4 s paytdagi tebranish fazasi aniqlansin? A) 12+ π/3 B) π/3 C) 3t+π/3 D) A)12 11 / 40 7 kg massali 3 ta jism o’zaro ip bilan mahkamlangan va ular F=42N kuch bilan tortib ketilmoqda. Ikkinchi va uchinchi jismlarni bog’lab turgan ipning taranglik kuchini toping. A) 7N B) 42N C) 28N D) 20N 12 / 40 FIK i 80% va motorining quvvati 1,5 kW bo’lgan kran 0,1 m/s o’zgarmas tezlik bilan qancha (t) massali yukni ko’tara oladi? g=10 m/s². A) 0,6 B) 2,4 C) 3,6 D) 1,2 13 / 40 Mexanika bo’limidagi SI sistemaga kirgan asosiy birliklarni ko’rsating. A) m/s 2 ; N; Z B) m; s; kg C) kg; m; N D) m; s; m/s 14 / 40 Jism koordinatalari (6;5) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (12;13) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish moduli qanday (m)? A) 14 B) 6 C) 8 D) 10 15 / 40 Jism bir yo’nalishda o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanib, ketma-ket keladigan davomiyligi 2 s dan bo’lgan vaqtda 16 m va 18 m yo’l bosdi. Harakatning birinchi bosqichi boshidagi tezligini toping (m/s). A) 8 B) 7.5 C) 9 D) 8.5 16 / 40 Jismning bir nuqtasiga 2 N va 8 N kuch birbiriga nisbatan 0° burchak ostida qoʻyiigan. Jismga taʻsir qiluvchi natijaviy kuchni toping (N). A) 2 B) 10 C) 6 D) 8 17 / 40 Magnitafon o’ragichi 6m/s tezlik bilan 60s da tasmani o’rab bo’ladi. agar o’ragichning boshlang’ich radiusi 2sm, oxirgi radiusi 10 sm bo’lsa. Tasmaning qalinligi qanday (mm)? ?= 3 deb oling. A) 0,5 B) 0,08 C) 0,24 D) 0,09 18 / 40 Massasi m bo`lgan jism ichi bo`sh konus ichida rasmdagidek joylashtirilgan. Konus o`z o`qi atrofida qanday burchak tezlik (rad/s) bilan aylansa jism tinch kolatini saqlaydi. Jism konus o`qidan 0.6 m masofada joylashgan. Ishqalanishni hisobga olmang. A) (10/3)√2 B) 2√5 C) 4 D) 6 19 / 40 Agar jismning tezlik va tezlanish vektori istalgan paytda o’zaro to’g’ri burchak hosil qilsa, jism qanday harakatda bo’ladi? A) tinch turadi B) to’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan C) aylana bo’ylab tekis D) to’g’ri chiziqli tekis 20 / 40 an = 0, ar ≠ 0 qanday harakat? A) To‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat B) To‘g‘ri chiziqli tekis harakat C) Egri chiziqli tekis harakat D) To‘g‘ri chiziqli notekis harakat 21 / 40 Velosiped tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilganda, yer bilan bog’langan sanoq sistemasida velosiped g’ildiragi to’g’ri nuqtasining harakat trayektoriyasi qanday bo’ladi? A) sikloida B) to’g’ri chiziq C) nuqta D) aylana 22 / 40 Uzunligi 20 sm, bikirligi 300 N/m bo’lgan prujina uzunliklari 15 sm va 5 sm bo’lgan qismlarga ajratiladi. Kichkina prujinaning bikirligini toping. A) 1200 N/m B) 1600 N/m C) 400 N/m D) 300 N/m 23 / 40 Jism tezlanishining vaqtga bog`lanish grafigi berilgan. Jismning dastlabki tezligi V0= 20 m/s bo’lsa, t = 3s paytdagi tezligi nimaga teng (m/s)? A) 50 B) 55 C) 45 D) 20 24 / 40 Agar ikki avtomobilning harakat tenglamalari x1 =t2 +10t va x2 =t² +14t-6 bo’lsa, ularning uchrashgan momentidagi nisbiy tezligi topilsin (m/s)? A) 24 B) 14 C) 10 D) 4 25 / 40 Jism A(−1; −1,5; −3) nuqtadan B(0; 0; 0) nuqtaga 3 s da bordi. Keyin C(1; 1,5; 3) nuqtaga 4 s da bordi. Jismning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (m/s). A) 2,3 B) 1,6 C) 0,6 D) 1 26 / 40 Javohir o’z tezligini 14 m/s dan 10 m/s gacha tekis kamaytirib bordi va jami 192 m masofa bosib o’tdi. Buninguchun qancha vaqt sarflangan (s)? A) 90 B) 24 C) 8 D) 16 27 / 40 Jism egri chiziqli harakat qilayotganida to‘la tezlanishi va chiziqli tezligi o‘zaro 60° burchak tashkil etdi. ??/?? nisbatning son qiymatini toping. A) 1/√3 B) ½ C) √3 D) 1 28 / 40 Avtomobil egrilik radiusi 40 m bo’lgan botiq ko’prikdan qanday tezlikda o’tsa, uning yuklanishi 3 ga teng bo’ladi? (m/s) A) 22.6 B) 28.3 C) 5.2 D) 20 29 / 40 Havo shari biror balandlikka vertikal ko’tarilgach, shamol uni gorizontal yo’nalishda 300m masofaga uchirib ketdi. Agar havo sharining ko’chishi 500m bo’lsa, uning o’tgan yo’li qanday (m)? A) 1200 B) 300 C) 700 D) 500 30 / 40 OX o‘qi bo‘ylab harakatlanayotgan jism kordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi berilgan (t)=10-10t+t² ([x]=m, [t]=s) Tezlik proeksiyasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qaysi rasmga mos keladi? A) 3 B) 1 C) 4 D) 2 31 / 40 Silliq qiya tekislikda jism sirpanib tushmoqda. Qiyalik burchagi 60 0 bo’lsa jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s²)? Ishqalanish hisobga olinmasin. g=10m/s² . A) 5 B) 5√3 C) 10/√5 D) 5√3/2 32 / 40 Radiusi 25 sm bo’lgan disk 12,56 m/s tezlik bilan harakatlanyapti. 0,04 sekund ichida qanday burchakka buriladi (rad ? =3,14) A) 16?/9 B) 16?/25 C) 9?/16 D) 25?/16 33 / 40 Tik yuqoriga 10 m/s tezlik bilan otilgan jism ma’lum vaqtdan so’ng, yerga qaytib tushdi. Uning yo’li va ko’chishini toping. (m) A) 5; 15 B) 10; 0 C) 5; 0 D) 0; 20 34 / 40 Jism gorizontal holatda boshlang‘ich ?1 tezlik bilan otilganida K nuqtaga, ?2 boshlang‘ich tezlik bilan otilganida esa L nuqtaga borib tushadi (ras.q). Berilganlarga ko‘ra ?1/?2 nisbatni toping. (g=10 m/s² , havoning qarshiligini hisobga olmang) A) 4/3 B) 3/4 C) 3/2 D) 2/3 35 / 40 Poyezd yo’lning 1/3 qismini 15 m/s tezlik bilan, qolgan qismini 30/ms tezlik bilan o’tsa, uning shu yo’ldagi o’rtacha tezligi qanday (m/s)? A) 17.5 B) 45 C) 30 D) 22.5 36 / 40 Agar diametri 0,3 m bo‘lgan velosiped g‘ildiragining aylanish chastotasi 120 ayl/min bo`lsa, velosiped tezligi qanday (m/s)? A) 0.3 B) 0,6 π C) 1,2π D) 3,6π 37 / 40 Massasi 1 t bo’lgan avtomobil dvigatelining 500 N tortish kuchi tasirida joyidan qo’zg’alib, 30 s da qanday (m) yo’l o’tadi? Qarshilik kuchini hisobga olmang. A) 225 B) 600 C) 125 D) 450 38 / 40 “Neksiya” avtomobili 10 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s² ). A) 15 B) 3 C) 10,8 D) 3,6 39 / 40 Jism R radiusili aylana bo’ylab harakatlanmoqda. Aylananing 1/3 qismini o’tganda, yo’l va ko’chish moduli nimaga teng bo’ladi? A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 40 / 40 Uch yer radyusiga teng balandlikda erkin tushish tezlanishi.Yer sirtidagiga nisbatan qanday bo’ladi? A) 4marta kichik B) 4marta katta C) 16marta katta D) 16 marta kichik 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring tomonidan Wordpress Quiz plugin Fizika attestatsiya