10-sinf Fizika olimpiada №1

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Fizika olimpiada №1

2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar

Ismi familiyangizni kriting!

1 / 25

Bir-biri tomon harakatlanayotgan sharchalar absolut noelastik to`qnashsa ularning birgalikdagi kinetik energiyasi necha marta kamayadi.

2 / 25

Izoxorik jarayonda gazning bosimi 20 % ga oshdi. Gazning harorati 40 K ga ortgan bo’lsa, uning oxirgi haroratini (℃ da) ni toping.

3 / 25

Jism radiusi 1 m ga teng bo’lgan aylana bo’ylab w=1+3t+t^{2}  qonuniyat bo’yicha harakatlanmoqda. Jismning t = 2 s vaqt momentidagi tangensial tezlanishini (m/s^{2}) aniqlang.

4 / 25

5. 300 K temperatura va 414 kPa bosimda 5\cdot 10^{24} ta molekulasi bor gaz qanday hajm (litr) egallaydi? Bolsman doimiysi 1,38\cdot 10^{-23} J/K

5 / 25

A punktidan o’zaro perpendikulyar yo’llar orqali bir vaqtning o’zida ikki avtomobil : birinchisi 80 km/h va ikkinchisi 60 km/h tezliklar bilan jo’nab ketishdi. Ular qanday tezlik (km/h) bilan bir-biridan uzoqlashmoqdalar?

6 / 25

Nuqtaviy zaryaddan 6 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi 50 kV/m ga teng bo’lsa, huddi shu zaryaddan 3 sm masofada joylashgan nuqtaning elektr maydon kuchlanganligi necha kV/m ekanligini toping.

7 / 25

Chizmada ko’rsatilgan sxemaning A va B nuqtalar orasidagi umumiy qarshilikni toping.

8 / 25

Silindrik idishda porshen ostida joylashgan gaz doimiy 500 MPa bosim ostida kengayib, 200 kJ ish bajardi. Bunda gazning hajmi necha litrga kengaydi?

9 / 25

Tomonlari 6, 8 va 24 sm bo’lgan bir jinsli parallelopipedning massasi m = 10 kg ga teng. Shu parallelopiped. Yerga tayangan holda erishishi mumkin bo’lgan eng katta va eng kichik potensial energiyalari farqini toping (J).

10 / 25

Gaz -200 J ish bajardi. Bunda tashqi kuchlar gaz ustida qanday ish (J) bajaradilar?

11 / 25

Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg ga teng. Suvning solishtirma muzlash issiqligining qiymati (kJ/kg) nimaga teng?

12 / 25

Uchta bir xil qarshilik o’zgarmas kuchlanish manbaiga ketma – ket ulangan. Birinchi qarshilikning qiymatini o’zgartirmasdan, ikkinchi qarshilikning qiymati 3 marta, uchinchisiniki esa – 2 marta orttirilsa, birinchi qarshilikning kuchlanishi necha marta kamayadi?

13 / 25

Tosh chizmada ko’rsatilgandek gorizontal uloqtirilganidan so’ng, yerga tushdi. Agar havoning qarshilik kuchi mavjud bo’lsa, toshning to’liq mexanik energiyasi trayektoriyaning qaysi nuqtasida eng katta bo’ladi?

14 / 25

EYuK bir gal 6 Om tashqi qarshilikka, ikkinchi gal 24 Om tashqi qarshilikka ulandi. Bunda har ikki holatda ham tashqi zajirdagi quvvat bir xil ekanligi ma’lum bo’ldi. Tashqi qarshilikning qanday qiymatida (Om) undagi quvvat maksimal bo’ladi?

15 / 25

Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakatga kelgan jism tezligini har sekundda 2 m/s ga oshirib bormoqda. Shu jism o’zining 5 – sekundida qanday masofa bosib o’tadi?

16 / 25

Gaz haroratini 17℃ ga oshdi. Gazning absolyut harorati necha kelvinga oshganini toping.

17 / 25

Bikrligi 1 N/m dan bo’lgan 7 ta purjinani har birini 7 ga bo`lib eshib qo`yildi va hosil bo`lgan prujinalar ketma – ket ulandi, hosil bo`lgan prujina bikrligi (N/m) nimaga teng?

18 / 25

?(?) = 10 + 4? qonuniyat bilan harakatlanayotgan jism t = 5 s ichida qanday masofani bosib o’tadi?

19 / 25

Zaryad miqdori xato yozilgan javobni toping.

 

20 / 25

Yer sirtidan turgan o’quvchi yerni katta kuch bilan tortadimi yoki yer o’quvchini katta kuch bilan tortadimi?

21 / 25

Chizmada ko’rsatilgan qaysi nuqtaning magnit induksiya vektori kattaroq qiymatga ega?

22 / 25

Og’irligi  11/20 N bo`lgan jism qiyaligi 30° bo`lgan qiya tekislikdan tekis sirpanib tushmoqda jism va sirt orasidagi ishqalanish kuchini (N) toping.

23 / 25

Jismga o’zaro 60˚ burchak ostida yo’nalgan 6ta kuch ta’sir etmoqda. Ularning 5tasi bir xil 50 N qiymatga ega. 6-si esa 30 N qiymatga ega. Jismning massasi m = 20 kg bo’lsa, u shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi ta’sirda qanday tezlanish (?⁄?^2) bilan harakatlanadi?

24 / 25

Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan r masofada har birining zaryadi q dan bo'lgan to'rtta mahkamlangan zaryad izma ketin joylashgan. Agar ikki qo’shni zaryadning o’zaro ta’sir potensial energiyasi W = 600 J ga teng bo’lsa, sistemaning to’la potensial energiyasi (J) nimaga teng?

25 / 25

Odam yerda 220 N og`rilikdagi yukni ko`tara oldi, u qandaydir bir “alfa” sayyorada xuddi shu yukdan yana nechtasini ko`tara oladi? “Alfa” sayyora uchun erkin tushish tezlanishi yerdagidan 10 marta kichik.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

3 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0