Uy » Abituriyent » Biologiya abituriyent » Biologiya abituriyent testi №1 Biologiya abituriyent Biologiya abituriyent testi №1 InfoMaster Aprel 5, 2022 730 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Biologiya abituriyentlar uchun №1 1 / 30 Uglerodning tirik organizmlardan atmosferaga qaytarilishi jarayonlarini ko’rsating. 1) denitrifikatsiya jarayonida; 2) nafas olish jarayonida; 3) nitrifikatsiya jarayonida; 4) minerallashishning oxirgi maxsulotidan; 5) avtomobillarda yoqilgining yonishidan; 6) ishlab chiqarish korxonasi chiqindilaridan A) 2,4,5,6 B) 1,5,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,4 2 / 30 Quyidagi organizmlar orasidan konsumentlarni ajrating. 1) chetan; 2) nitrifikatorlar; 3) kallima; 4) repishka; 5) arixo’r; 6) kalina; 7) qizilquyruq; 8) termit A) 1, 2, 5, 7 B) 3, 6 C) 5, 7 D) 3, 5, 7, 8 3 / 30 Quyidagi qaysi ta'rifda simbioz gipotezasiga mos dalil keltirilgan? A) biomolekulalar yadro va sitoplazmada turlicha bo'lishi B) xloroplast, mitoxondriya, yadro qo’sh membranali ekanligi C) mitoxondriya va xloroplastlarda DNK va RNK mavjudligi D) yadro va sitoplazmaning plastik jarayonlari o'xshashligi 4 / 30 O'simliklarnihg qaysi oila vakillarida hayoliy shakli daraxt bo'lgan o'simliklar uchramaydi? A) piyozdoshlar, tokdoshlar B) sho'radoshlar, gulxayridoshlar C) qoqio'tdoshlar, burchoqdoshlar D) loladoshlar, ituzumdoshlar 5 / 30 Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayol daltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug’ilgan qiz bolalardan necha foizi II qon guruhli hamda daltonizm va albinizm bo'yicha kasal bo'lish ehtimolini toping A) 55 B) 25 C) 50 D) 0 6 / 30 DNK molekulasida 396 ta A, 386 ta G bor. i-RNK DNK ning 2-ipidan sintezlandi va uning tarkibida 200 ta U borligi aniqlandi. DNK ning 1-ipida nechta A joylashgan A) 196 B) 380 C) 198 D) 200 7 / 30 Odamlarda kichik jag’ tishlarining bo'Imasligi dominant belgi sifatida nasldan-naslga o’tadi Ona shu belgi bo'yicha sog’lom, ota esa geterozigotali bo’Igan oilada farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ona organizmiga o’xshash bo'ladi? A) 75 B) 100 C) 50 D) 25 8 / 30 Kiyiko’t o’simligiga tegishli ma’lumotlar keltirilgan javobni aniqlang. A) guli to’g’ri, dorivor, bargi novdada qarama-qarshi joylashgan B) manzarali, mevasi iste’mol qilinadi, guli to'g'ri C) guli qiyshiq, dorivor, bargi novdada qarama-qarshi joylashgan D) guli qiyshiq, bargi novdada ketma-ket joylashgan 9 / 30 Odamlarda sariq va tekis soch retsessiv belgi hisoblanadi Sochi sariq va to'lqinsimon bo'lgan ayol sochi qora va to'lqinsimon bo'lgan erkakka turmushga chiqqan Bu oilada tug’ilish ehtimoli bo'lgan farzandlarning necha foizi birinchi belgi bo'yicha geterozigotali bo'lishini aniqlang. A) 37,5 B) 50 C) 75 D) 12,5 10 / 30 Jigar bezi rivojlanmagan organizmlami aniqlang. A) lansetnik, jigar qurti, gambuziya B) jigar qurti, tasmasimon chuvalchang C) suv shillig'i, treska, askarida, planariya D) lansetnik, suv shillig'i, cho'rtan 11 / 30 Tikandum qaysi turkumga mansub? A) tog’aylilar B) skat C) suyaklilar D) bakra 12 / 30 Ayirish sistemasi organlari quyidagi hayvonlar tanasining qaysi qismida joylashganligini aniqlang. a) lansetnik; b) qisqichbaqa; c) it; d) yashil bronza qo'ng’izi; 1) halqum bo'ylab; 2) bel umurtqasining ikki yonida; 3) boshko’krak qismida; 4) qorin bo'shlig'ida. A) a-1; b-3; c-4; d-2 B) a-1; b-2; c-3; d-4 C) a-2; b-3; c-2; d-4 D) a-1; b-3; c-2; d-4 13 / 30 Odamlarda qoshning sertuk bo’lishi, yuqori qovoqning osilgan bo’lishi, burunning katta bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk, qovog’i normada, burni katta, genotip bo'yicha gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog'i osilgan va burni kichik gomozigotali ayolga uylansa, ularning farzandlari orasida uchchala belgi bo’yicha geterozigotali farzand tug’ilish ehtimoli necha foiz? A) 75 % B) 0 % C) 100 % D) 25 % 14 / 30 6 ta xromosomali organizm(lar)ni aniqlang? A) xrizantema B) bug'doy iloq C) skerda D) tamaki 15 / 30 UUAGSSGAU ushbu RNK dan teskari transkriptaza vositasida sintezlangan DNK da nechta H bog’lar bor A) 44 B) 12 C) 1012 D) 22 16 / 30 Go'shti uchun ovlanadigan qisqichbaqasimonlar (I) va molluskalarni (II) belgilang. 1) dafniya; 2) siklop; 3) dreysena; 4) taroqcha; 5) midiya; 6) omar; 7) perlovitsa; 8) krevetka; 9) ustritsa; 10) langust. A) I-1,3,5,7; II-2,4,6,8,10 B) I-6,8,10,11; II-4,5,9 C) I-4,5,9; II-3,6,8,10 D) I-6,9,10; II-4,5,8 17 / 30 Odamlarda terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlaming terisi qora, aabb genotipli odamlarniki oq bo'ladi. Genotipda uchta dominant gen bo'Isa qoramtir, 2 ta bo'lsa oraliq, 1 ta bo’Isa oqish bo’ladi. Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkak turmushidan tug’ilishi mumkin bo'lgan terisi oraliq rangli farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ota-onaga o'xshash bo'ladi? A) 66,7 B) 25 C) 37,5 D) 6,25 18 / 30 Lansetnikka xos bo'lmagan belgilarni aniqlang. 1) nerv naychasi ektodermaning orqa tomonidan hosil bo'ladi; 2) nerv naychasi ektodermaning yon tomonidan hosil bo'ladi; 3) ayirish sistemasi a'zolari mezodermadan hosil bo'ladi; 4) limfa sistemasi a'zolari mezodermadan hosil boladi; 5) gaz almashinuvi jabralarda amalga oshadi; 6) bosh miyasi sodda tuzilgan. A) 1,3,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,5,6 D) 2,6 19 / 30 Yashil bronza qo'ng'izining jinsiy sistemasini aniqlang A) urg'ochisida ko'p tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar B) germofrodit, ko'p sonli tuxumdon va urug'donlar C) urg'ochi va erkagida bir juftdan tuxumdonlar va urug'donlar D) urg'ochisida 1 ta tuxumdon, erkagiga ko'p urug'donlar 20 / 30 Odamlarda sariq va tekis soch retsessiv belgi hisoblanadi. Sochi sariq va to'lqinsimon bo'lgan ayol sochi qora va to'lqinsimon bo'lgan erkakka turmushga chiqqan. Bu oila farzandlarining necha foizi qora va jingalak sochli bo'lishi ehtimolini aniqlang A) 12,5 B) 12,5 C) 75 D) 50 21 / 30 DNK molekulasida 396 ta A, 386 ta G bor. i-RNK DNK ning 1-ipidan sintezlandi va uning tarkibida 190 ta S borligi aniqlandi. DNK ning 2-ipida nechta G joylashgan? A) 196 B) 198 C) 380 D) 200 22 / 30 Albinizm kasalligi retsessiv autosoma kasalligi, daltonizm retsessiv jinsga birikkan holda irsiylanadi. I qon guruhi I0 I0 va II qon guruhi IA IA, IA I0 holda ifodalanadi. I qon guruhli daltonizm va albinizm bo'yicha sog'lom gomozigotali ayol daltonik bo'Imagan va qolgan ikki belgi bo'yicha geterozigotali II qon guruhli yigitga turmushga chiqdi. Ushbu oilada tug'ilgan farzandlar necha foizining qon guruhi I va II bo'lishi ehtimolini mos ravishda toping A) 50, 50 B) 25, 50 C) 0, 100 D) 50, 25 23 / 30 1 ta aminokislotani 3 ta nukleotid kodlaydi. Har bir nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga tengdir. Uzunligi 316,2 nm bo’lgan gen asosida hosil bo’lgan oqsil tarkibida nechta aminokislota va genda nechta nukleotid bo’ladi? A) 930; 310 B) 465; 930 C) 310; 465 D) 310; 930 24 / 30 Lansetnik embrionidagi blastomerlar 256 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak? A) 4 va 2 B) 2 va 1 C) 5 va 3 D) 4 va 3 25 / 30 Nafas olish sistemasi a’zosi teshigi qorin bo'limida joylashgan organizmlarni aniqlang 1) suv shillig'i, 2) qisqichbaqa; 3) butli o'rgimchak; 4) baliq; 5) lansetnik; 6) yashil bronza qo'ng'izi; 7) oq kapalak; 8) mita A) 1,2,4,5 B) 1,3,5 C) 2,3,4,8 D) 3,6,7,8 26 / 30 Qaysi javobda odam organizmidagi gemoglobin oqsilining α zanjiri sintezida qatnashuvchi i-RNKdagi nukleotidlar soni va β zanjiri sinteziga javobgar DNK qo‘sh zanjiridagi nukleotidlar soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 846; 870 B) 47; 48 C) 423; 870 D) 423; 435 27 / 30 Nechta aminokislotaning genetik kodi faqat bitta? A) 18 ta B) 2 ta C) 12 ta D) 20 ta 28 / 30 Quyida berilgan o simliklarni nav (a) va tur (b) larga ajrating. 1) Pskom piyozi; 2) sariq xandalak; 3) olga sorbariyasi; 4) meksika g o'zasi; 5) qizil olma; 6) anjir shaftoli; 7) oq olma; 8) qirqog’ayni A) a-3,5,6; b-1,2,4 B) a-4,7,8; b-1,2,3 C) a-1,5,8; b-2,7,8 D) a-2,5,7; b-1,3,4 29 / 30 Noto'g'ri fikrni aniqlang. A) Umrboqi, aravakash, bargi, buvaki, daroyi qovun navlaridir B) Biosintetik reaksiyalar har bir individga xos xususiyat asosida farqlanadi. C) Bankiv - tovuqning yovvoyi turi. D) Tovus kaptar shamolga qarshi ucha olmaydi. 30 / 30 Yalqovga tegishli ma’lumotlami aniqlang. 1) hasharotxo'rlar turkumiga mansub; 2) oz tishlilar turkumi vakili; 3) suvda ham, quruqlikda ham uchraydi; 4) sutemizuvchi hayvon; 5) Paleoarktik viloyatda ko'proq uchraydi; 6) Neotropik viloyatda tarqalgan. A) 2,4,6 B) 2,3,4,6 C) 1,3,4 D) 2,3,4,5 Sizning ballingiz 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni To'g'ri javob uchun 3,1 ball. Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz