Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Biologiya mavzulashtirilgan » 7-sinf Biologiya » 7-sinf Biologiya №4 7-sinf Biologiya 7-sinf Biologiya №4 InfoMaster May 1, 2024 1778 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 5 0% 0 Savollar 123456789101112131415 OMAD YOR BO'LSIN! 7-sinf Biologiya №4 I- BOB 4-mavzu: O‘simliklarning xilmaxilligi. Sporali o‘simliklar 1 / 15 Poyasini uchki qismini (a), poyasining yer ustki qismini(b) sovuq urub ketadigan hayotiy shakl qaysi? A) Buta, yarimbuta B) O’t, yarimbuta C) Yarimbuta,o’t D) Yarimbuta, buta 2 / 15 _____________ ignabargli o‘simliklar bo‘limi va magnoliyatoifaga bo’linadi. A) Ochiq urug’li o‘simliklar B) Urug’li o’simliklar C) O’simlillar dunyosi D) Yopiq urug’li o‘simliklar 3 / 15 Hayotiy shakl nima A) O‘simliklarning tashqi muhitga moslashgan tashqi va ichki ko‘rinishi hayotiy shakl deyiladi. B) O‘simliklarning tashqi muhitga moslashgan tashqi ko‘rinishi hayotiy shakl deyiladi. C) O‘simliklarning tashqi muhitga moslashgan ichki ko‘rinishi hayotiy shakl deyiladi. D) O‘simliklarning atrof muhitga moslashgan ichki ko‘rinishi hayotiy shakl deyiladi. 4 / 15 Qaysi organizmlarning poyasidan tayyorlangan qaynatma va damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi A) Riniofitlar B) Qirqquloqsimonlar C) Qirqbo‘g‘imlar D) Plaunlar 5 / 15 O‘simliklar fotosintez qilish xususiyatiga ega_________, _____hujayrali ________organizmlar hisoblanadi. A) Geterotrof, ko‘p, eukariot B) Avtotrof, ko‘p, eukariot C) Avtotrof, bir, prokariot D) Geterotrof, ko‘p, prokariot 6 / 15 Qadimgi urug‘li o‘simliklar qaysi o’simliklardan kelib chiqqan A) Plaunlar B) Qadimgi qirqquloqlar C) Qirqbo‘g‘imlar D) Riniofitlar 7 / 15 Yo’sinlar haqidagi noto’g’ri yozilgan jumlani belgilang A) Ko‘pchilik yo‘sinlarda poya va barglar rivojlangan bo‘lib, ular poya-bargli yo‘sinlar deyiladi. B) Yo‘sinlar o‘simliklar dunyosining eng qadimiy vakillari bo‘lib, hayotiy shakliga ko‘ra bir va ko‘p yillik o‘tlardir. C) Yo‘sinlar tuproqqa rizoidlari orqali birikadi. Ularda ildiz sistemasi va o‘tkazuvchi to‘qima rivojlangan. D) Poya-bargli yo‘sinlar tabiatda juda keng tarqalgan, ularga O‘rta Osiyo tekisliklarida o‘sadigan funariya yo‘sini kiradi. 8 / 15 Riniofitlarqaysi suv o’tlardan kelib chiqqan? A) Dengiz laminariyasidan B) Yashil C) Qo’ng’ir D) Qizil 9 / 15 Funariya yo‘sini 1–3 cm keladigan ___ uyli o‘simlik. Funariyaning barglari ___qavat hujayralardan tashkil topgan. A) ikki,ko’p B) Bir,bir C) Ikki,bir D) Bir,ikki 10 / 15 Qirqquloq istematik jihatdan qaysi sistemaga kiradi. A) Tur B) OIla C) Turkum D) Bo’lim 11 / 15 Ko’p yillik o’simliklar berilgan javobn belgilang. A) D.yantoq,izen,teresken,jag’-jag’ tok B) qoqio‘t, sebarga,o’rik,limon,lola,tog’olcha C) Sebarga,o’rik,limon makkajo‘xori, bug‘doy D) Olma, nok,terak,arpa,sholi,tok 12 / 15 Yarim butaga ta’rif bering. A) Yarim buta– yashil yer usti novdasi har yili sovuqda nobud bo‘ladigan o‘simlik B) Yarim buta – bo‘yi 2–3 m, bir nechta yog‘ochlashgan poya hosil qiladigan ko‘p yillik o‘simlik. C) Yarim buta – baland bo‘yli, bitta yog‘ochlashgan yo‘g‘on tanali, ko‘p yillik o‘simlik. D) Yarimbuta --poyasi ning pastki qismi yog‘ochlashgan, yashil yuqori qismi sovuqda nobud bo‘ladigan ko‘p yillik o‘simlik. 13 / 15 Qirqquloqlar haqidagi to’g’ri yozilgan jumlani belgilang A) Qirqquloqlar plaunlardan farq qilib, ildiz sistemasi va o‘tkazuvchi to‘qimaga ega B) Zuhrasoch qirqqulog‘i – ildizpoyali, yirik barglarga ega yashil poya-bargli o‘simlik C) Dala qirqbo‘g‘imi ildizpoyali ko‘p yillik o‘t bo‘lib, sernam yerlarda o‘sadi. D) Poya-bargli yo‘sinlar tabiatda juda keng tarqalgan, ularga O‘rta Osiyo tekisliklarida o‘sadigan funariya yo‘sini kiradi. 14 / 15 ____va ____yillik o‘tlarning qishlab qolgan kurtaklaridan bahorda yangi novdalar o‘sib chiqadi. A) Ikki va ko‘p B) Ikki va bir C) Bir va ko’p D) Ko’p va bir 15 / 15 Riniofitlardan kelib chiqqan dunyo vakillari qaysilar? A) Yo‘sinlar Qadimgi urug‘li o‘simliklar Qadimgi qirqquloqlar B) Qadimgi urug‘li o‘simliklar, Qirqbo‘g‘imlar Qadimgi qirqquloqlar C) Plaunlar Qirqbo‘g‘imlar Qadimgi qirqquloqlar D) Yo‘sinlar Plaunlar Hozirgi ochiq urug‘li o‘simliklar 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz