Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 InfoMaster May 2, 2024 431 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 1 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapdagi so‘zlarning barchasi o‘z ma’nosida qo‘llangan? A) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo‘rquv eza boshladi. B) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg‘a qildim. C) Bulut bugun o‘zining ko‘kish ko‘ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg‘ir tinay demasdi. D) G‘azal ham bo‘lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? 2 / 10 2. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) To‘pni unga qarata otkan edim, ammo yetib bormadi. B) Anjumanda mashhur shoirning ishtirogi bizga quvonch baxsh etdi. C) Bu holat uzoqqa bormaydi, bilib qo‘ying. D) Dadam uyimizda sayroqi qush asrashni yoqdirardi. 3 / 10 3. Xato yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) hukm, internet B) qadriyat, marketing C) tafsif, okeyan D) hamon, konstitutsiya 4 / 10 4. Qaysi gapda ravishning faqat payt ma’no turi qatnashgan? A) O‘ylab qarasam, avvallari yashash uchun yozgan ekanman, endi esa yozish uchun yashayapman. B) Shu vaqt nima uchundir ichkarida o‘tirganlar sharaqlab kulib yubordi. C) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. D) Endi suv ichaman deb engashgan edim, changalzor asta shitirlagandek bo‘ldi. 5 / 10 5. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang: qoqilib yiqilishing mumkin. B) Muhammad Yusufning Osmonning oxiri dostonini o‘qiganmisiz? C) Tinchlik eng bebaho ne’mat, u Baraka keltiradi o‘g‘lim. D) Najot ikki narsa: taqvo bilan niyatda ekanligini biling. 6 / 10 6. Qaysi gapdagi ayirmoq so‘zi "turli ko‘z bilan qaramoq" ma’nosida qo‘llangan? A) Siz odam ayirmang, biz hammamiz sizning xodimlaringiz sanalamiz. B) Qo‘shnilarning bu gapi Malika opani es-hushidan ayirdi, devorga majolsiz suyanib qoldi. C) Bu ikki kasallikni bir-biridan ayira olmasangiz, o‘zingizcha davolanishga harakat qilmang. D) Ikki do‘stning hazili janjalga aylanib ketdi, Nodirjon ularni zo‘rg‘a ayirib qo‘ydi. 7 / 10 7. Qaysi gapda ko‘p nuqta o‘rnida “qattiq” so‘zini ham, “astoydil” so‘zini ham qo‘llash mumkin? A) Ishga . . . berilib ketgan ekan, eshikni ochganimda cho‘chib tushdi. B) Sodiqboy juda . . . odam, qishda qor so‘rasang ham, bermaydi. C) Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, qahri . . . ota, bir qarasang, yosh boladek sho‘x yigit. D) Ilgari . . . qish kunlarida ana shu choponi asqatar edi. 8 / 10 8. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) bodom//qovoq, ko‘chama//ko‘cha B) suv//ilon, taklif//qil C) olib//sotar, ko‘pdan//ko‘p D) umum//milliy, binafsha//rang 9 / 10 9. Hol ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) Tabiatni avaylab-asraylik, avlodlarga omon yetkazaylik. B) Bizning yurtimiz boy, tog‘larimizda bebaho ma’danlar ko‘p. C) Bizga ham shunday kunlar ato etsin, farzandlar kamolini ko‘raylik. D) Yo‘qotilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. 10 / 10 10. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Bobomlar bizning hol-ahvolimizdan xabardor ekanlar. B) Bog‘bonning gaplari barchani o‘ylantirib qo‘ydi. C) Odobli va odobsizni o‘rtasidagi farqni ayting. D) O‘rinsiz aytilgan gap-so‘zlar insonning diliga ozor yetkazadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29