Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 InfoMaster May 2, 2024 431 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 1 Savollar 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Xato yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) hukm, internet B) tafsif, okeyan C) qadriyat, marketing D) hamon, konstitutsiya 2 / 10 2. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Anjumanda mashhur shoirning ishtirogi bizga quvonch baxsh etdi. B) To‘pni unga qarata otkan edim, ammo yetib bormadi. C) Bu holat uzoqqa bormaydi, bilib qo‘ying. D) Dadam uyimizda sayroqi qush asrashni yoqdirardi. 3 / 10 3. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) olib//sotar, ko‘pdan//ko‘p B) umum//milliy, binafsha//rang C) bodom//qovoq, ko‘chama//ko‘cha D) suv//ilon, taklif//qil 4 / 10 4. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Odobli va odobsizni o‘rtasidagi farqni ayting. B) O‘rinsiz aytilgan gap-so‘zlar insonning diliga ozor yetkazadi. C) Bobomlar bizning hol-ahvolimizdan xabardor ekanlar. D) Bog‘bonning gaplari barchani o‘ylantirib qo‘ydi. 5 / 10 5. Qaysi gapda ko‘p nuqta o‘rnida “qattiq” so‘zini ham, “astoydil” so‘zini ham qo‘llash mumkin? A) Ilgari . . . qish kunlarida ana shu choponi asqatar edi. B) Sodiqboy juda . . . odam, qishda qor so‘rasang ham, bermaydi. C) Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, qahri . . . ota, bir qarasang, yosh boladek sho‘x yigit. D) Ishga . . . berilib ketgan ekan, eshikni ochganimda cho‘chib tushdi. 6 / 10 6. Hol ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) Tabiatni avaylab-asraylik, avlodlarga omon yetkazaylik. B) Yo‘qotilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. C) Bizga ham shunday kunlar ato etsin, farzandlar kamolini ko‘raylik. D) Bizning yurtimiz boy, tog‘larimizda bebaho ma’danlar ko‘p. 7 / 10 7. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Najot ikki narsa: taqvo bilan niyatda ekanligini biling. B) Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang: qoqilib yiqilishing mumkin. C) Tinchlik eng bebaho ne’mat, u Baraka keltiradi o‘g‘lim. D) Muhammad Yusufning Osmonning oxiri dostonini o‘qiganmisiz? 8 / 10 8. Qaysi gapda ravishning faqat payt ma’no turi qatnashgan? A) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. B) Shu vaqt nima uchundir ichkarida o‘tirganlar sharaqlab kulib yubordi. C) O‘ylab qarasam, avvallari yashash uchun yozgan ekanman, endi esa yozish uchun yashayapman. D) Endi suv ichaman deb engashgan edim, changalzor asta shitirlagandek bo‘ldi. 9 / 10 9. Qaysi gapdagi so‘zlarning barchasi o‘z ma’nosida qo‘llangan? A) Bulut bugun o‘zining ko‘kish ko‘ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg‘ir tinay demasdi. B) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg‘a qildim. C) G‘azal ham bo‘lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? D) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo‘rquv eza boshladi. 10 / 10 10. Qaysi gapdagi ayirmoq so‘zi "turli ko‘z bilan qaramoq" ma’nosida qo‘llangan? A) Ikki do‘stning hazili janjalga aylanib ketdi, Nodirjon ularni zo‘rg‘a ayirib qo‘ydi. B) Bu ikki kasallikni bir-biridan ayira olmasangiz, o‘zingizcha davolanishga harakat qilmang. C) Siz odam ayirmang, biz hammamiz sizning xodimlaringiz sanalamiz. D) Qo‘shnilarning bu gapi Malika opani es-hushidan ayirdi, devorga majolsiz suyanib qoldi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29