Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №5 Tarix olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 237 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №5 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Misr sultoni Barquq huzuriga quyidagi qaysi mamlakatlardan aynan bir yilda elchilar tashrif buyurgan? 1) Amir Temur davlati; 2) Turkiya; 3) Oltin O‘rda; 4) Xitoy; 5) Iroq; 6) Sivas. A) 2,3,6 B) 1,4,6 C) 1,2,3,6 D) 2,3,5 2 / 30 2. Dehli sultoni Qutbiddin Oyboq qo`shinining asosini kimlar tashkil qilgan ? A) turkiy qabilalaridan tuzilgan suvoriylar B) hindlardan tuzilgan piyoda qo`shinlar C) afg`on qabilalaridan tuzilgan suvoriylar D) piyodalar va to`pchilar 3 / 30 3. Franklar davlatida qirolning qaysi ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi? A) sud B) iqtisodiyot C) soliq D) moliya 4 / 30 4. Angliyada inqilob yuz berishining asosiy sababini aniqlang. A) Qirol parlament va puritanlarga qarshi kurash boshlagani B) Savdogarlar uchun patentning narxi ko‘tarilgani uchun C) Fransiya bilan urushda kelishuvchilik siyosati olib borgani uchun D) Qirolning asosiy raqibi Ispaniya bilan murosasozlik olib borayotgani 5 / 30 5. Yunon-shahar davlatlar qo’shinlarining asosini kimlar tashkil etgan? A) goplitlar B) senturiylar C) legionlar D) otliqlar 6 / 30 6. Qo’qon xonligida qaysi lavozim nafaqat Bosh qo’mondon va ayni paytda Bosh vazir vazifasini ham bajargan? A) devonbegi B) mirzaboshi C) mingboshi D) parvonachi 7 / 30 7. Yevropada uchinchi salib yurishlarining tashkil qilinishiga sabab bo’lgan voqeani toping A) Misr sultoni Salohiddin Ayubiyning 1187-yilda salibchilardan Quddusni tortib olgani uchun B) Rim papasi Urban II xohlagani uchun C) Fransiya qirolining taklifiga ko’ra D) musulmon hukmdorlarining salibchilar ustidan g’alaba qilayotgani uchun 8 / 30 8. Xiva xonligida “afanak puli” kimning foydasi uchun yig’ilgan? A) qo’shin boshlig’ining B) arizalarni ko’rib chiquvchi amaldorlarning C) xon farmonlarini e’lon qiluvchi jarchining D) soliq yig’uvchilarning 9 / 30 9. Rossiyadan kimlar boshchiligidagi Xiva xonligiga yuborilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan? A) I.Volf, V.Perovskiy B) M.Murkford, A.Byorns C) P.Lessar, M.Murkford D) A.Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy 10 / 30 10. Makedoniyalik Aleksandr vafot etganidan so’ng, u barpo etgan davlat qaysi qismlarga bo’linib ketadi? A) Misr, Xitoy, Hindiston B) Makedoniya, Misr, Suriya C) Bobil, Parfiya, Eron D) Makedoniya, Eron, Hindiston 11 / 30 11. XIX asrning 70-yillarida ajnabiylar Xitoyning nechta bandargohiga bemalol kirardilar va o’zlarini xo’jayinlardek tutardilar? A) 17 B) 26 C) 22 D) 10 12 / 30 12. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo’lishi uchun kim “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirdi? A) Muhammad Rahimxon I B) Muhammad Rahimxon II C) Eltuzarxon D) Olloqulixon 13 / 30 13. Tarixda “Vabo isyoni” deb nom olgan qo’zg’olon qachon yuz bergan? A) 1878-yil B) 1882-yil C) 1892-yil D) 1885-yil 14 / 30 14. Qaysi davr boshlanishi bilan muzlik davri o’z poyoniga yetdi? A) neolit B) eneolit C) bronza D) mezolit 15 / 30 15. Qaysi hududlar Sharqiy Turk hoqonligi tasarrufida bo’lgan? A) Janubiy Sibir, Urxun havzasi, Shimoliy Xitoy B) Xitoy, Mo’g’uliston, Hindiston C) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tutashgan hududlar D) Xitoy, Eron, Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tutashgan hududlar 16 / 30 16. 800-yilda Rim papasi Lev III qaysi hukmdorga imperatorlik tojini kiygizadi? A) Buyuk Karl B) Buyuk Alfred C) Otton III D) Xlodvig 17 / 30 17. Toshkentda qachon “Shahar nizomi” joriy etilgan va unga muvofiq Shahar boshqaruvi Dumaga o’tgan edi? A) 1877-yil B) 1868-yil C) 1867-yil D) 1892-yil 18 / 30 18. Avstriya-Vengriya imperiyasining Vengriya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlarini toping 1.Chexiya 2.Xorvatiya 3.Galitsiya 4.Bukovina 5. Transilvaniya 6. Slovakiya 7. Moraviya A) 4,6,7 B) 2,5,6 C) 3,4,5 D) 1,2,7 19 / 30 19. Nechanchi asrdan boshlab arab va fors manbalarida “Dashti Qipchoq” deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi? A) XI asrdan B) XV asrdan C) XII asrdan D) X asrdan 20 / 30 20. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan? A) 1870-1887-yillarda B) 1847-1885-yillarda C) 1868-1880-yillarda D) 1845-1890-yillarda 21 / 30 21. VI asr oxirlarida qanday xavf Xitoyning birlashuviga sabab bo’ldi? A) aholining kamayib ketish xavfi B) Turk hoqonligining hujumi xavfi C) mamlakatdagi qo’zg’olon xavfi D) iqtisodiy inqiroz xavfi 22 / 30 22. G’azna hukmdorlaridan kim Hindistonning shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlarini uyushtirgan? A) Mahmud G’aznaviy B) Alptegin C) Sobuqtegin D) Ma’sud G’aznaviy 23 / 30 23. Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo’zg’oloni yuz bergan vaqtda bo’lgan voqeani toping A) Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlandi B) Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi C) Braziliyada Pedru II taxtdan voz kechdi D) Yaponiya konstitutsiyasi qabul qilindi 24 / 30 24. Qaysi davlat sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo’yicha XX asr boshlarida AQSHdan keyingi ikkinchi o’ringa chiqib oldi? A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) Germaniya D) Italiya 25 / 30 25. Usmonli davlati tarixida kimning davri “zulm davri” nomini olgan? A) Anvarbey B) Abdulaziz C) Murod V D) Abdulhamid II 26 / 30 26. Quyidagi javoblardan qaysi biri “Anneksiya” atamasiga mos keladi? A) siyosiy hokimiyat birgina hukmdor shaxs yoki bir guruh shaxslarning irodasi, markazlashgan hokimiyatiga asoslangan davlat boshqaruv usuli B) biror narsaning muayyan joyda to’planishi C) bir davlat hududining butunlay yoki qisman boshqa davlatga qo’shib olinishi D) bir yoki bir nechta davlatlarning boshqa davlat ichki ishlariga zo’ravonlik bilan aralashuvi 27 / 30 27. Turkistonning qaysi viloyatlari paxta yetishtirish uchun eng muhim markazlar bo’lgan? A) Toshkent, Jizzax, Buxoro B) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand C) Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent D) Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo 28 / 30 28. Eftallar yozuvi nechta harfdan iborat bo’lgan? A) 28 B) 25 C) 32 D) 22 29 / 30 29. 1898-yilda ikkinchi jadid maktabi kim tomonidan va qaysi shaharda ochilgan? A) Mannon qori, Toshkentda B) Shamsiddin domla, Andijonda C) Abdurauf Fitrat, Buxoroda D) Salohiddin domla, Qo’qonda 30 / 30 30. Buxoro amirligida aholi bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida qanday yig’im to’lashgan? A) kafsan B) solg’ut C) tanobona D) cho’p puli 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6