Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №6 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №6 InfoMaster Iyun 12, 2023 253 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf Jahon tarixi №6 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 3-variant 1 / 30 1. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr nima deb ataladi? A) Industrial svilizatsiya B) Kapitalistik jamiyat C) Postindustrial svilizatsiya D) An'anaviy jamiyat 2 / 30 2. Yangi davrga kelib nima sababdan Italiya shaharlari o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan? A) katolik cherkovining katta ta‘sirga ega bo‘lishi B) o‘rta asr feodal sarqitlarining saqlanib qolganligi C) siyosiy tarqoqlik D) yangi savdo yo‘llaridan chetda qolishi 3 / 30 3. Quyidagilardan qaysi biri Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug’i bo’lgan. A) zamonaviy banklarning paydo bo’lishi; B) aksionerlik jamiyatlari tashkil topishi; C) doimiy bozorlarni paydo bo’lishi; D) savdo monopoliyalari vujudga kelishi; 4 / 30 4. Rossiyada ... boshlab bir qator maktablar ochilishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. A) XVI asrdan B) XVIII asrdan C) XIX asrdan D) XVII asrdan 5 / 30 5. XVI - XVII asrlarda Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy ro’lini nima belgilab berar edi? A) S) po’lat ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi B) qalay ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi C) mis ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi D) oltin ishlab chiqarishda dunyoda birinchi o’rinni egallab kelishi 6 / 30 6. 1775-yili ish boshlagan Ikkinchi Qit’a Kongressi qatnashchilari... A) mustamlaka shtatlarni Angliya hukumati bilan kelishtirishga, tinch yo’l bilan mustaqillikni qo’lga kiritishga harakat qildilar B) “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni parlamentga topshirdilar va prezidentlik lavozimiga ovoz berdilar C) urush boshlashga ovoz berdilar va Amerika Qurolli Kuchlarining bosh qo’mondonini tayinladilar D) urushni to’xtatishga ovoz berdilar va “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qizg’in muhokama qildilar 7 / 30 7. Quyidagi rasmlarda tasvirlangan «ma’rifatparvarlar» ga oid ma’lumotlar to’gri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. a)dahshatli kasallik oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay qolgan; b)uning hayoti qisqa, qashshoqlik, xo‘rlik va yolg‘izlikka to‘la bo‘lsa ham, unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish ustun edi; c)uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy tuyulardi, cherkov esa Xudodan qo‘rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning musiqalarini yoqtirmas edi; d)uning og‘ir holatda ham insoniylikni saqlab qolishga da’vati bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c 8 / 30 8. Rusda qachon qachon oprichnina joriy etilgan? A) 1565-yil B) 1612-yil C) 1598-yil D) 1547-yil 9 / 30 9. Eron shohi Nodirshoh Buxoro va Xivani o’ziga tobe qilgan vaqtda Prusiya qiroli bo’lgan shaxsni aniqlang. A) Otton III B) Genrix III C) Genrix II D) Fridrix II 10 / 30 10. 4.1688-yilgi “Sharafli inqilob” natijasida taxtdan ag’darilgan Angliya qirolini aniqlang. A) Karl I B) Yakov II C) Karl II D) Yakov I 11 / 30 11. Ma'rifat asrining mashxur namoyondalari qaysi javonda to'g'ri berilgan? A) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro, Robert Ouen B) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro, Adam Smit C) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro, Tomas Mor D) Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Sharl Furye , Adam Smit 12 / 30 12. 1776-yil 4-iyulda AQSH Kongressi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Deklaratsiyada qanday bayonot qabul qilindi? A) AQSh va Angliyaning o’zaro kelishuvi to’g’risida B) sobiq mustamlakalarning to’la bo’lmagan mustaqilligi to’g’risida C) AQSHdan Angliyaga negr qullarni tashish to’g’risida D) yangi davlatning qaror topganligini va butun dunyoda harakatchan kuchga aylangan inson ozodligi haqidagi dunyoqarashni 13 / 30 13. AQSHda konstitutisiyasini qabul qilgan organni aniqlang. A) Shtatlar konfederatsiyasi B) «Kontinental uyushma» C) Amerika Shtatlar yig’ilishi D) Federal Konvent 14 / 30 14. Buxoro xonligida Abdullaxon II hukmronlik qilgan yillarda Angliya qiroli bo‘lgan shaxsni aniqlang. A) Yelizaveta I B) Karl II C) Genrix VIII Tyudor D) Yakov I 15 / 30 15. Qaysi asar markazida bo’ysunmas, isyonkor, taqdirning hech qanday zarbasi ham sindira olmaydigan jasur, qo’rqmas inson obrazi turadi? A) ” Matto bayon etgan buyuk musibat” B) ”Qahramannoma” C) ” Rekviyem” D) ” Fantaziya yo‘lida sonata” 16 / 30 16. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida xususiy mulkning daxlsiz dastlab qaysi qonunda o’z ifodasini topgan edi? A) 1795-yilgi konstitutsiya B) 1793-yilgi konstitutsiya C) 1791-yilgi konstitutsiya D) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” 17 / 30 17. Rossiya XVIII asrning birinchi yarmida qaysi davlat ustidan qozongan g’alabasi evaziga Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bo’ldi? A) Turkiya B) Daniya C) Shvetsiya D) Polsha 18 / 30 18. Quyidagi qaysi shaxs hukmronligi davrida Angliyada reformatsiya o‘z nihoyasiga yetgan ? A) Yelizaveta I B) Yakov I C) Karl I D) Genrix VIII 19 / 30 19. Ma’rifatparvarlarning oliyjanob g‘oyalari odamlarni o‘zgartirmaganligini, burjua jamiyati ham feodal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq ekanligi quyidagi qaysi asarda ochib berilgan ? A) «Robinzon Kruzoning hayoti va g‘aroyib sarguzashtlari» B) «Gulliverning sayohatlari» C) «Faust» D) «Qahramonnoma» 20 / 30 20. Quyidagi Ma'rifat asri yozuvchilaridan qaysi biri dastlab qishloq ruhoniysi bo'lgan? A) Sh.Monteskye B) D.Defo C) J.Svift D) I.Gyote 21 / 30 21. Quyidagi qaysi yozuvchining maqsadi inson tabiatini beparvo kuzatish emas, odamlarga sidqidildan achinish, ularga insoniylikni saqlab qolishda ko‘maklashish, yovvoyilashib ketishdan ogohlantirish edi? A) I.Gyote B) T.Mor C) D.Defo D) J.Svift 22 / 30 22. Ma’rifat asri vakili Fransua Bushega oid ma’lumotlar tog’ri berilgan javobni toping. 1)uning real hayotdan cheksiz yiroqda bo‘lgan suratlari aristokratlar saroylariga ajoyib bezak bo‘la olardi; 2)u chizgan suratlar eng nozik his-tuyg‘ularni, qahramonlarning ko‘z ilg‘amas kayfiyatlarini ifodalaydi; 3)qirolning birinchi tasvirchisi», afsonaviy sahnalarning ajoyib ustasi; 4)u chizgan «Qiyin taklif», «Beparvo» kabi asarlar juda mashhur edi; A) 2, 3 B) 1, 3 C) 3, 4 D) 1, 4 23 / 30 23. Qaysi asr Yevropa tarixiga «Ma’rifat asri» nomi bilan kirgan? A) XVII asr B) XV asr C) XIX asr D) XVIII asr 24 / 30 24. Lyudvig Betxovenning "Qahramonona" simfoniyasi dastlab kimga bag'ishlangan edi? A) Juzeppi Garibaldiga B) Napaleon Bonapartga C) Fransiya qiroli Lyudovik XVI ga D) Fransiya qiroli Lyudovik XVIII ga 25 / 30 25. Quyidagilardan bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1)Ivan IV ga podsholik tojini kiydirish marosimi bo’lib o’tdi; 2)Mirzo Ulug’bek Samarqand taxtiga o’tirdi; 3)Rossiyada Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi; 4)Rus podshosi Fyodor Ivanovich vafot etdi; 5)Uilyam Shekispir vafot etdi; 6)Abdullaxon II vafot etdi; A) 3, 4, 6 B) 1, 3, 6 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 4 26 / 30 26. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida kimlar g’alaba qozondi? A) Parlament B) Katta yer-mulk egalari C) Hech kim g’alaba qozonmadi D) Qirol hokimiyati 27 / 30 27. Muqaddas Rim imperiyasi tugatilgan yili O’rta Osiyoda … A) Amir Haydarga qarshi Dinnosir boshchiligida Marvda qo’zg’olon ko’tarildi B) Xiva xonligi taxtiga Eltuzarxon o’tirdi C) Qo’qon xoni Olimxon o’ziga “xon” rutbasini oldi D) Eltuzar Amudaryo bo’yida Buxoro qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchradi 28 / 30 28. Yuz yillik urush boshlangan yildan 300 yil keyin bo’lgan voqeani belgilang. A) Koreya Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabatlaridan voz kech B) Koreya qiroli o‘zini manjurlarning vassali deb tan oldi C) Shunchji imperator deb e’lon qildi D) Guanchjoudan boshqa barcha portlar Yevropa kemalari uchun yopib qo’yildi 29 / 30 29. XVIII asr oxirida Yevropada maydoni jihatidan uchunchi, qo’shin soni jihatidan to’rtinchi o’rinni egallagan davlatni belgilang. A) Germaniya B) Fransiya C) Angliya D) Prussiya 30 / 30 30. Quyida berilganlardan 21 yil davom etgan urushni belgilang. A) Rossiya va Shvetsiya urushi B) Ispaniya taxti uchun Angliya va Fransiya o’rtasidagi urush C) ”Oq va qizil gullar urushi” D) Bobek boshchiligidagi “Qizil ko’ylaklilar” qo’zg’oloni Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz