8-sinf O’zbekiston tarixi №1

6
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

8-sinf O'zbekiston tarixi №1

1-4-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Abulxayrxon 1446-yil qaysi hududni egallaydi?

2 / 40

2. Dashti Qipchoq aholisi Vizantiya manbalarida qanday nom bilan uchraydi?

3 / 40

3. Boysung'ur Mirzoga yordamga kelgan Muhammad Shayboniy qasyi holat yuzasidan jangga kirmasdan Yassiga qaytib ketadi?

4 / 40

4. Shayboniylar sulolasining yirik vakillaridan biri hisoblangan Jonibek Sulton qaysi tarixiy shaxsning farzandi edi?

5 / 40

5. Mirzo Ulug‘bek lssiqko‘l yaqindagi jangda mo‘g‘ullar ustidan g'alaba qozongan vaqtda tarixda yana qanday voqea yuz bergan?

6 / 40

6. Ma’lumki, yaxshi ta’lim olgan, mustahkam intizomli yollanma qo'shinni saqlab turish Shayboniyxondan katta mablag’ talab qilar edi, shunday vaziyatda Shayboniyxon qaysi hududlar hukmdorlariga to‘lov evaziga harbiy yordam ko‘rsata boshlagan? 1) Mo‘g‘uliston 2) Xuroson 3) Movarounnahr 4) Rus 5) Eron

7 / 40

7. “O’zbeklar ulusi” mamlakati asoschisi Abulxayrxon kimning farzandi bo'lgan?

8 / 40

8. Movarounnahr hukmdori Boysung'ur Mirzo Boburning qamaliga qarshi yordam so‘ragan (a) va Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marotaba egallagan (b) vaqtda Muhammad Shayboniyxon qayerda bo‘lgan? 1) Bog‘i Dilkusho; 2) Yassi; 3) Konigil; 4) Dashti Qipchoq.

9 / 40

9. “Oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpesha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’atkorlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. O’zi ham go‘zal g‘azallar bitardi ”Ushbu fikrlar qaysi temuriyzoda haqida bormoqda?

10 / 40

10. Janubiy-g'arbiy Sibirning Tura shahri qaysi yillar mobaynida Abulxayrxon davlatining poytaxti vazifasini o'tagan?

11 / 40

11. Qaysi daryo o‘rta asrlarda Yoyiq deb atalgan edi?

12 / 40

12. Quyidagi hududlardan qay biri Oltin O’rdaga o‘lpon to'lab turgan?

13 / 40

13. Temuriy shahzodalardan qay birining davrida saltanat ikki qismga bo'linib ketgan edi va shu tariqa boshqarilgan?

14 / 40

14. O‘rta Osiyodagi turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga qanday imkon berdi?

15 / 40

15. Afg'onistonni zabt etgach Bobur Mirzo qaysi qal’ani o‘ziga qarorgoh qiladi?

16 / 40

16. Bobur Mirzoning yoshlik yillari o‘tgan shaharlar Shayboniyxon tomonidan kimga in’om etilganligini aniqlang.

17 / 40

17. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim qaysi yillarda yashagan?

18 / 40

18. Jo'jixonning vorislari o'rtasidagi mulk taqsimoti jarayonida Oltin O’rdaga tegishli qaysi hudud Shaybonga berilgan edi?

19 / 40

19. Bobur Mirzo Shayboniyxon bilan hal qiluvchi jang oldidan qaysi hududlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar jonatadi? 1) Xuttalon; 2) Toshkent; 3) Balx; 4) Hisor; 5) Hirot; 6) Qunduz; 7) Andijon.

20 / 40

20. Shayboniyxon tomonidan Balx shahrining bosib olingan yilini aniqlang.

21 / 40

21. Boburning otasi Umarshayx Mirzo qaysi yillarda yashagan?

22 / 40

22. Shaybon ulusida markaziy hokimiyat zaiflasha boshlashi nimaning natijasida sodir bo'lgan?

23 / 40

23. Boysung'ur Mirzo Boburga qarshi jangda yordam so‘rab Shayboniyxonga murojaat qilgan vaqtda Shayboniyxon qayerda bo’lgan?

24 / 40

24. Oltin O’rda xonlgiga qachon asos solingan?

25 / 40

25. Bobur Mirzoning Shayboniyxon talabini bajargan holda Samarqandni tark etishi jarayoni haqida “Xudoga tavakkal qilib Badaxshonot va Kobulga yuzlandilar” so‘zlari kimning asaridan olingan?

26 / 40

26. Quyidagi tarixiy shaxslarni ularning vafot etgan davriga qarab xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Abulxayrxon 2) Abu Said 3) Abulqosim Bobur 4) Davlatshayx

27 / 40

27. Temuriyzodalardan qay biri Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish maqsadida barcha temuriy hukmdorlarni maslahat yig'iniga chaqirgan?

28 / 40

28. Xuroson davlatida qo'shhokimiyatchilik vujudga kelishiga nima sabab bo'ldi?

29 / 40

29. Sirdaryoning yuqori oqimi, Tyanshandan Dnepr daryosining quyi oqimigacha cho'zilgan hududlar qaysi manbalarda “Dashti Qipchoq” deb, yuritilgan?

30 / 40

30. “O‘zbeklar ulusi” mamlakati asoschisining shajarasini xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Davlatshayx; 2) Abulxayrxon; 3) Shaybon; 4) Jo‘ji; 5) Chingizxon.

31 / 40

31. Bobur Mirzo tavallud topgan sanani aniqlang.

32 / 40

32. 1510-yilda Muhammad Shayboniyxon va Shoh Ismoil Safaviy o‘rtasida to’qnashuv yuz bergan shahar hozirgi kunda qaysi mamlakat hududiga mos keladi?

33 / 40

33. Shayboniyxon bobosi Abulxayrxon tuzgan davlatni qachon qayta tikladi?

34 / 40

34. Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lib turadigan geografik ob’ektni aniqlang.

35 / 40

35. Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi o‘g‘lini avlodi hisoblanadi?

36 / 40

36. Samarqand shahri Muhammad Shayboniy tomonidan jangsiz egallangach, Movarounnahrning nufuzli davlat arboblari kim boshchiligida Bobur Mirzodan madad so‘raganlar?

37 / 40

37. Boburning bolalik va yoshlik yillari qaysi shaharlarda o‘tgan edi?

38 / 40

38. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrni istilo qilishida tayanch vazifasini o‘tagan qo‘rg‘onlar qayerda joylashgan?

39 / 40

39. Amir Boyshayx qaysi tarixiy shaxsga otaliqlik qilgan?

40 / 40

40. 1504-yilda….

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0