7-sinf Jahon tarix №3

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

7-sinf Jahon tarix №3

15-21-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Kimning talabi bilan senat Rimning g’arbiy qismiga imperator kerak emasligini e’lon qilib, hokimiyat ramzlarini Konstantinopolga – Sharqiy Rim imperatoriga jo’natadi?

2 / 40

2. Qadimgi german xalqlari tarixiga bag`ishlangan "Galliya urushi haqida xotiralar" (a), va “Germaniya” (b) asarlari muallifi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang.

3 / 40

3. Franklar imperiyasida kimlar imperatorning joylardagi vakili sifatida uning buyruqlarini bajargan ?

4 / 40

4. German xalqlaridan bo`lgan franklar qaysi davrgacha Reyn daryosi bo’yida istiqomat qilishar edi?

5 / 40

5. Yustinian I davrida amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1.xalqaro savdoni rivojlantirdi 2.davlat maktablarini joriy etdi 3.davlat xazinasi to`ldirdi 4.cherkovni davlatga bo`ysundirdi 5.xalq farovonligini ta`minladi 6.harbiylar va amaldorlardan iborat o`ziga xos maslahat kengashi tashkil etdi;

6 / 40

6. Qaysi arab xalifalari davrida Eronning katta qismini istilo qilingan(a), va Eron to‘liq bosib olingan(b).

7 / 40

7. Ilm-fan eng rivojlangan shahar - «fanlar onasi» bu…..

8 / 40

8. Arab xalifalari va ular davrida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Usmon 2.Ali 3.Umar 4.Abu Bakr a)Muhammad(s.a.v.)vafotidan keyin xalifalikka saylanadi; b)hukmronligini o‘z raqiblari bilan to‘xtovsiz urushlarda o'tkazadi; c)arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab,Amudaryo sohillariga chiqadi; d)arablar Falastin,Suriya,Misr va Liviyani istilo qilganlar;

9 / 40

9. O`rta asrlar dastlabki bosqichida bunyod etilgan Xitoydagi Buyuk kanal inshoootini qurishdan ko`zlangan maqsadni aniqlang.

10 / 40

10. IX asrda Arab xalifaligidan ajralib chiqib mustaqillikka erishgan hududlarni aniqlang. 1.Iroq 2.Misr 3.Suriya 4.Eron 5.Falastin 6.Movarounnahr 7. Ozarbayjon 8.Xuroson

11 / 40

11. Sex Nizomida hunarmand ... soni belgilab qo'yilgan. 1) narxlari 2) o'quvchi-shogirdlari 3) xalfalari 4) mahsulotlari 5) dastgohlari

12 / 40

12. Raqamlar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni to’g’ri tartibda joylashtiring. 1) 200 ming 2) 0,5 mln 3) 1 mln 4) 20 ming 5) 1 mlndan ko’proq 6) 10 ming 7) 80-100 ming 8) 600-700 9) 100 minglab a) salibchi ritsarlar … qo’shin bilan Konstantinopolni egallashga muvofiq bo’lgan; b) salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida … musulmonni o‘ldiradilar; c) XVI asrda Pekinda … aholi bo‘lgan; d) xitoyliklar … odam sig‘adigan yirik kemalar-jonkalarni qurishgan; e) davlat soliqlaridan ozod etilgan yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan… qaram dehqonlar mehnat qilgan; f) Isfaxon, Sheroz shaharlarida … kishi yashagan; g) salib yurishlari paytida Konstantinopolni … aholisi bo‘lgan; h) Nankinda … aholi bo‘lgan; i) salib yurishlarida qatnashgan … kishilar halok bo‘lgan; j) Parij, Konstantinopol, Milan, Florensiya, Kordova, Seviliyada aholi yashagan;

13 / 40

13. Qaysi davlatlarda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig‘ib bergan. 1) Dehli sultonligi 2) Xitoy 3) Yaponiya 4) Hindiston 5) Eron 6) Arab xalifaligi

14 / 40

14. Rivojlangan o’rta asrlarda shahar markazida nimalar joylashgan. 1) ma’lum kasb-kordagi hunarmandlar 2) ibodatxona 3) shahar kengashi binosi 4) dahalar 5) bozor maydoni

15 / 40

15. 8. Yevropada o’rta asr shaharlari qanday yerlarda tashkil topgan. 1)dushman hujumidan himoyalanishga qulay 2)aholi gavjum yerlarda 3) hunarmandlar o‘zlari yasagan 3)buyumlarni sota olish imkoniyati bo‘lgan joylarda 4) hunarmandchilik va savdo rivojlangan 5) xavfsizlik

16 / 40

16. Xrsitainlik dinini XI asrga kelib ikki qismga bo`linib ketishining asosiy sababi….

17 / 40

17. Yevropada sexlarning tabaqalanishi qaysi yirik shaharlarda boshlanadi? 1) Florensiya 2) Bazel 3) Perudja 4) Bristol 5) London 6) Siena 7) Parij

18 / 40

18. 32monastirlaridan yetishib chiqqan serg‘ayrat rohiblar Yevropaning eng chekka joylariga ham borib, ahilini xristianlikka o‘tkazadilar.

19 / 40

19. IX-X asrlardayoq yuksala boshlagan Yevropa shaharlarni aniqlang. 1)London 2)Venetsiya 3)Parij 4)Genuya 5)Brugge 6)Florensiya 7)Marsel 8)London 9)Sevilya 10)Tuluza

20 / 40

20. Quydagi salib yurishlari qaysi voqealardan so’ng boshlangan? 1)uchinchi 2) birinchi 3) to’rtinchi 4) ikkinchi a)musulmon hukmdorlari Sharq va Janub tomondan salibchilarni siqib kelishi; b) Misr sultoni salibchilardan Quddusni tortib olishi; c) ritsarlarga vassallik qasamyodi qabul qilingani ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi lozimligi; d) ukasi tomonidan taxtdan tushirilib, ko‘ziga mil tortilgan Isaak II Angalga toj-u taxtni qaytarish;

21 / 40

21. Dastlab vujudga kelgan O`rta asr shaharlari feodal tomonidan qanday imtiyoz bilan taqdirlangan?

22 / 40

22. Xitoy o`rta asr me’morchiligida asosiy qurilish xom ashyolarini aniqlang.

23 / 40

23. Diniy-ritsarlarning ordenlari va ularga oid ma’lumotlarni aniqlang. 1)gospitalyerlar 2) nemis ordeni 3) tampliyerlar ordeni a)Muqaddas Bibi Maryamga bag‘ishlangan; b)Musulmonlar Falastinni qayta egallaganidan so‘ng orden dastlab Rodos oroliga,bir necha asr o‘tib Maltaga ko‘chib joylashadi; c) Quddusga kelayotgan ziyoratchilarni himoya qilish uchun tuzilgan;

24 / 40

24. Hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantirgan omilni aniqlang.

25 / 40

25. Yevropada Rohiblar ibodatdan bo'sh vaqtlarida nima bilan shug'ullangan?

26 / 40

26. Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik ajralib chiqqan yili ….

27 / 40

27. Mahsulotni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqarish ….. deb ataladi.

28 / 40

28. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Levant savdo yo’li qaysi davlatlarni dengiz orqali Vizantiya va Osiyo mamlakatlari bilan bog’lash uchun hizmat qilgan.

29 / 40

29. O’rta asrlarda juda ko‘p marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan Osiyo davlatini aniqlang.

30 / 40

30. Qanday omillar XIII asr oxiridan Yevropada ritsarlarga qirol qo'shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. 1) qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi; 2) Feodallar isyonlarining kuchayishi; 3) Yaqin Sharqqa salib yurishlari; 4) mamlakatni markazlashtirish siyosati;

31 / 40

31. O`rta asr shaharlari xo`jaligini asosini tashkil etgan sohani aniqlang.

32 / 40

32. Iqtisodiy qoloqligi sabab Afrika qit`asi quyida keltirilgan qaysi manbalar makoniga aylangan edi?

33 / 40

33. O'rta asrlarda Yevropada shaharlarning paydo bo'lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan. Quyidagi davlatlarda shaharlarning vujudga kelishi, rivojlanishi bir- biriga mos kelgan javoblarni aniqlang. a)Italiya va Janubiy Fransiya; b) Fransiya shimoli, Niderlandiya, Angliya, Germaniya; c) Vengriya, Boltiqbo'yi, Rus yerlari; 1)IX-X asrlar; 2) X-XI asrlar; 3) XII-XIII asrlar

34 / 40

34. O’rta asrlardagi birinchi yopiq bozor qachon, qayerda qurilgan va qanday nomlangan.

35 / 40

35. O’rta asrlarda mardikor bozorlari bo’lgan shaharlar to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1) Sheroz 2) Ishbiliya 3) G’ijduvon 4) Bog’dod 5) Isfahon 6) G’arnota 7) Marv

36 / 40

36. Birjalarni tashkil topgan davriga qarab xronologik to’g’ri tartibda belgilang. 1) Antverpen 2) Bryugge 3) Lion

37 / 40

37. Xitoyda o`rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?

38 / 40

38. O’rta asr shaharlari Osiyoda Yevropadan farqliroq nima uchun yirik zamindorglarga qarshi kurash olib bormagan?

39 / 40

39. Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1)dehqonlar; 2) ritsarlar; 3) gersoglar, graflar, qirollar hamda imperatorlar; 4) savdogarlar a)yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirish; b) shon- shuhrat va boylik ottirish; c) o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishish; d) tez boyib ketish.

40 / 40

40. Qaysi orden Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan.

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0