Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №4 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №4 InfoMaster Aprel 6, 2023 195 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 2 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №4 16-20-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 2 / 30 2. Qadimgi Misr xudolaridan bo'lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emasligini aniqlang. A) go'zallik xudosi B) she’riyat xudosi C) musiqa xudosi D) sevgi xudosi 3 / 30 3. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-b, 3-c 4 / 30 4. Quyidagi hududlar qaysi hukmdor davrida Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilganligini aniqlang. 1)Frakiya; 2) Finikiya; 3) Misr; 4) Marg'iyona; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks. A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-c C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-a 5 / 30 5. Kir II qayerni bosib olgach, ulkan qo'shin tuzib bosqinchilik urushlarini davom ettirgan? A) Baqtriya B) Parfiya C) Bobil D) Midiya 6 / 30 6. «Avesto»ning ilk qismlari qachon paydo bo'lgan? A) miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda B) miloddan avvalgi VII asrda C) miloddan avvalgi VII-VI asrlarda D) miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda 7 / 30 7. Qadimgi Xitoyliklar qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishganlar? A) rassomchilik va haykaltaroshlik B) me’morchilik va haykaltaroshilik C) binokorlik va quruvchilik D) qayiqsozlik va temirchilik 8 / 30 8. Yulduzlar joylashuviga qarab kelajakni bashorat qilish bilan shug'ullanadigan odam fanda qanday nomlanadi? A) futurologiya B) astrolog C) geneolog D) apostol 9 / 30 9. Xitoyga Hindistondan keltirilgan dehqonchilik ekinini aniqlang. A) bug’doy B) javdar C) choy D) sholi 10 / 30 10. Qadimgi Xitoy davlati Xitoyning qaysi qismida vujudga kelgan? A) Sharqiy Xitoy hududida B) Yansizi daryosining yuqori oqimida C) Shimoliy Xitoy hududida D) Xuanxe daryosining o'rta oqimida 11 / 30 11. Zardushtiylar e’tiqodicha, insonning asosiy burchi, eng avvalo, nima hisoblangan? A) yuksak axloq B) yaxshilikka undash C) chin e’tiqod D) adolatli turmush tarzi 12 / 30 12. Ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo'lgan A. Dyuperron qaysi millat vakili bo'lgan? A) nemis B) fransuz C) ispan D) yunon 13 / 30 13. Mil. avv. VIII-VII asrlarda qaysi omildan foydalanib, chekka viloyatlar aholisi Chjoudan ajralib chiqib, o'z davlatlarini tashkil eta boshladi? A) Xitoyga ko'chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan B) Chjou va Xan sulolalari o'rtasidagi hokimiyat uchun kurashlardan C) «Sariq ro'mollilar qo‘zg‘oloni» oqibatida yuz bergan tartibsizliklardan D) Xitoyga Turk xoqonligi hujum qilganligidan 14 / 30 14. Qadimiy saklarning ko'pchilik qismi qanday nom bilan atalgan guruhga mansub bo'lgan? A) B va C javoblar to'g'ri B) saka-xau-movarka C) saka-tigra-xauda D) saka-tiay-taradarayya 15 / 30 15. Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi kimlar qo’zg’olon ko’taradi? A) zodagonlar B) hunarmandlar C) chorvadorlar D) dehqonlar 16 / 30 16. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid yozma va arxeologik manbalar O'rta Osiyo xalqlarining ... taraqqiyotida yuksak darajalarga erishganliklaridan dalolat beradi? 1) hunarmandchilik; 2) zargarlik; 3) kemasozlik; 4) kulolchilik; 5) binokorlik; 6) tikuvchilik. A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5, 6 17 / 30 17. Hindistonda ilm-fan, xususan, qaysi sohalarida yuksak darajaga erishadi? A) tarix va geografiya B) astronomiya va matematika C) geografiya va astronomiya D) tibbiyot va tarix 18 / 30 18. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning qaysi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko'rsatdi? A) adolat va johillik haqidagi B) yaxshilik va yomonlik haqidagi C) e’tiqod va e’tiqodsizlik haqidagi D) ezgulik va yovuzlik haqidagi 19 / 30 19. Miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda .... A) Buddaviylik ta’limotiga asos solingan B) Maurya davlati o'z ravnaqi cho'qqisiga erishgan C) Magadxa, Koshala, Malla kabi davlatlar vujudga kelgan D) Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo'lmish sanskrit ishlab chiqilgan 20 / 30 20. Quyidagilardan qaysi davlat Hindistonda mil. avv. VII-VI asrlarda vujudga kelgan davlatlar sirasiga kirmaydi? A) Magadha B) Maurya C) Malla D) Koshala 21 / 30 21. Qadimgi Xitoy tarixida qaysi davlatni ulkanligi bois hukmdorlar «Osmon ostidagi podsholik» deb atashgan? A) Chjou B) Sin C) Shan D) Xan 22 / 30 22. O'rta Osiyoda mil. av VII-VI asrlarda qadimiy shaharlar rivojiga turtki bo'lgan asosiy omillar nima edi? A) hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi B) dehqonchilik rivojlanishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi C) qabila-elatlarning tinch-totuv yashaganligi va vayronkor urushlarning bo'lmaganligi D) O'zaro urushlar kuchayishi sharoitida qabilalarning yirik birlashmalarga uyushishga majbur bo'lganligi 23 / 30 23. Qaysi qadimiy dinda dastlab xudo bo'lmagan, chunki xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan? A) qam (shomoniylik) dinida B) zardushtiylik dinida C) buddaviylik dinida D) nasroniylik dinida 24 / 30 24. Mil. avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida yashovchi aholi qanday nom bilan tilga olinadi? A) massagetlar B) saklar C) xorazmliklar D) so’g’diylar 25 / 30 25. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Marg'iyona va Su'g'diyona hududlari quyidagi qaysi davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo'lgan? A) Qang' davlati B) Parfiya C) Xorazm D) Baqtriya 26 / 30 26. Saka-xau-movarka deb ataluvchi saklar qaysi hududlarda yashaganliklarini to'g'ri belgilang. 1) Oral dengizi bo'ylarida; 2) hozirgi Toshkent viloyatida; 3)hozirgi Janubiy Qozogiston yerlarida; 4)Pomirning tog'li tumanlarida;5)Yaksart daryosining quyi oqimida; 6)Farg'onada. A) 4, 6 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 5 27 / 30 27. Xitoyda dastlabki asosiy dehqonchilik ekinlarini belgilang. A) sholi va choy B) paxta va tut daraxti C) bug'doy va paxta D) javdar va bug'doy 28 / 30 28. Qadimgi Xitoy tarixiga oid «Panyuy» atamasi qaysi shaharning qadimiy nomi bo'lgan? A) Yanchjou B) Sian C) Guanchjou D) Loyan 29 / 30 29. Saka-tiay-taradarayyalar qaysi hududlarda yashashgan? 1)Oral dengizi bo'ylarida; 2)Sirdaryoning o'rta oqimida; 3) Pomir tog'i etaklarida; 4) Sirdaryoning quyi oqimida; 5) Farg'ona vodiysida; 6) Toshkent vohasida. A) 3, 5 B) 2, 6 C) 1, 2 D) 1, 4 30 / 30 30. Quyidagi hukmdorlarning qaysi biri hali ko'zi tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergan edi? A) Sin Shi Xuandi B) Ashoka C) U Di D) Tutmos II Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz