Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29 InfoMaster Aprel 25, 2024 182 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0% 13 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi birliklar so‘z birikmasi ham, frazeolo-gik ibora ham deb qaralishi mumkin? 1) quloqqa tepmoq; 2) tosh otmoq; 3) ko‘ngliga o‘tirmoq; 4) dumini bosmoq. A) 3 va 4 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3 2 / 10 2. Qaysi qatorda paronimlarni qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yilgan? A) Dardga davo istab yurar oshiqlar. B) Qanday go‘sht olay: suyaklimi yoki lahm? C) Barcha topshiriqlar a’lo darajada bajarilgan. D) O‘ylamay gapiribman: meni manzur tuting. 3 / 10 3. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat sifatlardan iborat? A) yorqin, ozg‘in, gapdon, qadrdon B) so‘lg‘in, turg‘un, suvdon C) yong‘in, toshqin, tuzdon, kuldon D) uchqun, to‘lqin, bilimdon, qalamdon 4 / 10 4. Xorazm shevasida nimaga nisbatan “qarinja” so‘zi ishlatiladi? A) ari B) beshiktebratar C) qaldirg‘och D) chumoli 5 / 10 5. Gap bo‘laklari tartibi quyidagi chizmalarga mos keluvchi javobni belgilang. A) Mehmonni kuygan ovqat bilan ham siylaydimi? B) Bizga kitob narxini hali aytishmadi. C) Tuni bilan anavi kitobni yig‘lab o‘qib chiqdim. D) Sizni qiynagan savollarga bizda javob yo‘q. 6 / 10 6. Qaysi qatorda bir turga mansub olmoshlar keltirilgan? A) men, o‘zing B) hamma, har bir C) kim, qachondir D) kimdir, har kim 7 / 10 7. Qaysi qatordagi atoqli ot noto‘g‘ri yozilgan? A) “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni B) Ekologiya Vazirligi C) “Oltin Yulduz” medali D) Osiyo Taraqqiyot Banki 8 / 10 8. Berilgan holatlar va ularga aloqador tinish belgilarini moslang. 1) uyushiq bo‘laklar orasiga; 2) uyushiq bo‘laklar umumlashtiruvchi bo‘lakdan oldin kelsa; 3) uyushiq bo‘laklar umumlashtiruvchi bo‘lakdan keyin kelsa. a) vergul; b) tire; c) ikki nuqta. A) 1 – c, 2 – a, 3 – b B) 1 – a, 2 – c, 3 – b C) 1 – a, 2 – b, 3 – c D) 1 – b, 2 – c, 3 – a 9 / 10 9. A) urmoq B) bermoq C) tortmoq D) suzmoq 10 / 10 10. Na ukangiz, na singlingizga bu haqda aytganmiz. Gapda qaysi bo‘lak uyushgan? A) aniqlovchi B) ega C) to‘ldiruvchi D) hol 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 25 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28