Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 InfoMaster Aprel 25, 2024 259 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0% 21 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Paronimlar xato qo‘llangan javobni aniqlang. A) Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi. B) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi. C) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi. D) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. 2 / 10 2. Qaysi ifoda natijasida yozuvda tovush tushishi ro‘y beradi? A) yetti + ov B) borliq + im C) o‘qi + vchi D) qayna + q 3 / 10 3. Bu yig‘inga faqat kattakon va puldorlar taklif qilingan. Gapda qaysi bo‘lak uyushgan? A) internet aloqasi B) hol C) ega D) aniqlovchi E) to‘ldiruvchi 4 / 10 4. Qaysi qatordagi atoqli ot noto‘g‘ri yozilgan? A) “Ilm istab” nashriyoti B) Xalqaro Xotin-qizlar kuni C) “Xalqlar do‘stligi” bekati D) Ichki ishlar vazirligi 5 / 10 5. Faqat modal so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) aslida, lekin B) masalan, shekilli C) albatta, hatto D) nihoyatda, demak 6 / 10 6. Omonatingiz ishonchli qo‘llarda. Ko‘chim turini aniqlang. A) metonimiya B) metafora C) sinekdoxa D) kinoya 7 / 10 7. “Endi bu yuz tangani ol-da, mening majlisimda boshqa ishtirok etma”, – deb chiqarib yubordi. Berilgan gapda boshqa so‘zining qaysi ma’nosi qo‘llangan? A) begona, yot B) nazarda tutilganidan bo‘lak C) biror xususiyati bilan farq qiladigan D) takror, qayta 8 / 10 8. Qaysi qatorda tilimizda mavjud bo‘lmagan so‘z qo‘llangan? A) betoqatsiz kishi B) qurollangan shaxs C) kechikkan hayot D) soya-salqin joylar 9 / 10 9. Qaysi qatordagi jumla mantiqan xato tuzilgan? A) Biz qurgan binolar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda. B) Sen – aldoqchiga nafaqat ming soʻm, balki million soʻm ham bermayman. C) Ariq boʻyidagi gullardan xushboʻy is taralmoqda edi. D) Olganingni vaqtida qaytara olmas ekansan, nima qilasan hammadan qarz soʻrab?! 10 / 10 10. “Temir xotin” komediyasidagi Qumri tilidan eriga aytilgan quyidagi matnda ostiga chizilgan jumla qanday ma’noga ishora qilgan? Qumri. (soxta jiddiylik bilan) Rost, hech qo‘lingizdan kitob tushmaydi. Voy, siz bilan gap sotib o‘tirishimni qarang. Shuncha kundan beri tuz totganingiz yo‘q... Hozir bir narsa qivoraman. A) “taom tayyorlayman” B) “ovqatlantirib qo‘yaman” C) “og‘ir yoki yengil zarar yetkazib qo‘yaman” D) “biror ilojini topaman” 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 30 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29