Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №26 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №26 InfoMaster May 1, 2024 84 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 0% 4 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №26 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z mavjud? A) Fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda jamoatchilik kengashining o‘rni sezilarli bo‘layapti. B) Birovlarga yomonlik qilishing shart emas, ishlaring yurishgani sari o‘z-o‘zidan dushmanlik qiluvchilar ko‘payib boraveradi. C) Ko‘ngilni vayron qiladigan haqiqatdan kishiga taskin bag‘ishlaydigan yolg‘on afzal. D) Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo‘l ochadi. 2 / 10 2. ―Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan, - deydi Mahmud Ko‘shg‘ariy, - baxt va davlat ketadi‖. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapga to‘g‘ri aylantirilgan javobni aniqlang. A) Mahmud Koshg‘ariyning aytishicha, baxt va davlat ketishiga hunar va odob sababchidir. B) Kishining hunari va odobi bo‘lmasligi undan baxt va davlatining ketishiga olib kelishini Mahmud Koshg‘ariy aytgan. C) Baxt va davlat odamning hunari va odobiga bog‘liqligini Mahmud Koshg‘ariy aytgan. D) Mahmud Koshg‘ariy hunari va odobi bo‘lmagan kishidan baxt va davlat ketishini aytgan. 3 / 10 3. Qaysi javobda berilgan qo‘shma so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) sheryurak, ot quloq, qiyma taxta B) karnaygul, tokqaychi, ishyoqmas C) Ur to‘qmoq, achchiqtosh, suv osti D) mingboshi, O‘rtachirchiq, suvilon 4 / 10 4. Qaysi gapda h undoshini qo‘llash bilan bog‘liq imloviy xato mavjud? A) Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab hayolga toldim, birinchi muhabbatim. B) Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim. C) Holbuki, orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q. D) Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan, Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan. 5 / 10 5. Eskirgan so‘zning hozirgi kundagi ma‘nosi to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) qozi – advokat B) meng – yuz C) handasa – astronomiya D) dudoq – lab 6 / 10 6. Qaysi gapda mazmuniga mos bo‘lmagan ibora qo‘llangan? A) Bu odam juda uddaburon, pixini yorganlardan biri edi. B) Sharti ketib, parti qolgan bu yigit o‘ttiz yoshlarda bo‘lib, keng ko‘ylagining yenglari osilib turardi. C) Bular hali ona suti og‘zidan ketmagan go‘daklar-ku. D) Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini bolaning qulog‘iga quydi. 7 / 10 7. Qaysi gapda tinish belgilarini qo‘llash qoidalariga amal qilingan? A) Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi oq otliq Hindolmirzo bormoqda. B) Qaysi ishni qilmoqchi bo‘lsang eng avvalo, o‘z ko‘ngling bilan kengashib ko‘rgin. C) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o‘sha cho‘qqida quchganman zafar. D) Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishingiz, demak o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. 8 / 10 8. Lekin u bu gapni hech kimga aytmaganiga bizni ishontirdi. Ushbu gapda necha o‘rinda olmosh qatnashgan? A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 9 / 10 9. Qaysi gapda fe‘lning bo‘lishsiz shakli orqali bo‘lishlilik ma‘nosi ifodalangan? A) Nabijon biznikiga anchadan beri kelmay qo‘ygan edi. B) U hamisha darslarga tayyorlanmasdan kelmaydi. C) O‘shandan beri uni ko‘rganimiz ham, u haqida eshitganimiz ham yo‘q. D) Na Karimjon, na Irodaxon bu haqida gapirdi. 10 / 10 10. Qaysi gapda ko‘chma ma‘noda qo‘llangan so‘z mavjud emas? A) Quyosh baxmal vodiy uzra erinibgina nur sochar edi. B) Qizning atlas ko‘ylagi o‘ziga juda yarashgan edi. C) Bu ishni ko‘ngildagidek bajarish uchun temir intizom kerak edi. D) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko‘z oldimda charx urayotir. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 25 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29