Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 InfoMaster May 1, 2024 88 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 8 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №25 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Ushbu she’riy parchada ajratib ko‘rsatilgan so‘zning ma’nodoshi xato berilgan javobni toping. A) to‘qidim B) qoraladim C) tanladim D) yozdim 2 / 10 2. Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Ushbu gapda yordamchi so‘z turkumiga oid qanday birlik(lar) ishtirok etgan? A) yuklama B) bog‘lovchi, ko‘makchi C) bog‘lovchi D) ko‘makchi 3 / 10 3. Qaysi gap bir xil so‘z turkumidan tashkil topgan? A) Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. B) Gunoh qanchalik katta bo‘lmasin, kechirishning savobi undan ham kattadir. C) Tarbiyasiz odam jamiyatga jinoyatchidan ko‘proq zarar keltiradi. D) Odamlarga unim bor-bunim bor deb maqtanmangki, so‘rab bezor qilishadi. 4 / 10 4. Qaysi gapda har ikkala o‘rinda –li qo‘shimchasini qo‘llash mumkin? A) Vazmin va chiroy... gapiradigan bu shahar... kishi ustozimiz edi. B) Bilib qo‘y, reja... ish hamisha samara... bo‘ladi. C) Anvar aql..., tirishqoq juda harakat... bola. D) Yo‘lning ikki tomoniga hosil... meva... daraxtlar ekilgan. 5 / 10 5. Berilgan qaysi so‘zlar qatori imloviy jihatdan xato yozilgan? A) qurulla, supra B) tafsiya, taasuf C) juz’iy, zahm D) zahil, immunitet 6 / 10 6. Qaysi gapda suzmoq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan? A) U kishi sho‘rvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, go‘shtini yeydi, quruq suvini va suyak beradi biz bechoralarga. B) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo‘ydi. C) Ko‘k yuzida suzib yurgan bir parcha bulut quyoshni har ko‘yga solar edi. D) U suvda qo‘l va oyoqlari charchaguncha uzoq suzdi. 7 / 10 7. Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli so‘zlar berilmagan? A) mehr – nafrat B) mushkul − oson C) tekis − sekin D) ziqna − saxiy 8 / 10 8. Sizdan talab shuki, vaqtni qadriga yetishingiz, uni behuda o‘tkazmasligingiz lozim. Ushbu gapda qaysi kelishik qo‘shimchasi uslubiy jihatdan xato qo‘llangan? A) jo‘nalish kelishigi B) qaratqich kelishigi C) tushum kelishigi D) chiqish kelishigi 9 / 10 9. Qaysi javobda berilgan gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Chini kosalarga suzulgan issiq sho‘rva ishtahani yana ham ochib yubordi. B) Bunday uyning ostonasidan jaholat hatlamaydi. C) “Olim bo‘lsang, olam seniki” – deydi xalqimiz. D) O‘zni sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zim xohlab, askar bo‘ldim. 10 / 10 10. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap berilgan javobni toping. A) Yurak yig‘laydi-yu, ko‘zlarda nam yo‘q. B) Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar. C) Bir ko‘ngil imorati – Ming Маkkа ziyorati. D) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga sutni suzib, dasturxonga qo‘ydi. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 25 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29