Uy » Online olimpiada » Matematika olimpiada » 8-sinf Matematika olimpiada №4 Matematika olimpiada 8-sinf Matematika olimpiada №4 InfoMaster Aprel 25, 2024 145 Ko'rishlar 2 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Yaratilgan Aprel 07, 2025 8-sinf Matematika olimpiada №4 2024-yil 6-aprel: Informatika fanidan xalqaro olimpiadaga saralash uchun. Tuman bosqichi savollari 1 / 30 Qutiga 60 ta katta kubik yoki 96 ta kichik kubik joylashtirish mumkin. Agar qutida 40 ta kichik kubik bo’lsa, u holda unga nechta katta kubik joylashtirish mumkin? Tekshirish 2 / 30 14, 28, 20, 40, 32, 64, 56, ….. qonuniyatga ko‘ra keyingi sonni toping. A) 112 B) 48 C) 128 D) 72 3 / 30 0,1,2,7,8,9 raqamlari yordamida yozish mumkin bo‘lgan eng kichik oltixonali natural sonni yozing? A) 102789 B) 127890 C) 198720 D) 107892 4 / 30 Ikki sonning yig’indisi 24 ga teng. Birinchi sonni 2 marta orttirib, ikkinchi sonni 3 marta ortirib yig’indi qayta hisoblansa yig’indi 55 bo’ldi. Shu sonlardan kichigini toping. A) 9 B) 17 C) 6 D) 7 5 / 30 rebusda bir xil harflar, bir xil raqamlarni, turli harflar turli raqamlarni ifodalaydi. − mos ravishda ikki, uch, to‘rt xonali sonlar bo‘lsa, A+B+C+D+E yig‘indini toping. Tekshirish 6 / 30 m, n, k lar 1/2, 1/3, 1/4 sonlarining qandaydir tartibda olingani bo‘lsa, 𝑚 − 𝑛/k ayirmaning eng katta qiymatini toping. A) – 1/8 B) − 5/12 C) – 1/6 D) – 1/4 7 / 30 Minut mili soat muliga qaraganda necha marta tez harakagt qiladi? A) 12 B) 9 C) 8 D) 10 8 / 30 Rashid Baxtiyordan katta, Baxtiyor esa Mansurdan katta. Javlon Baxtiyordan katta, Dildora esa Rashiddan kichik, ammo Javlondan katta. Yoshi bo’yicha uchinchi o’rinda kim? A) Dildora B) Baxtiyor C) Javlon D) Rashid 9 / 30 ∇ operator 𝑚∇𝑛 = 𝑚𝑛 − 2𝑚 + 2𝑛 − 4 tenglik orqali aniqlangan. Agar 8∇𝑥 = (𝑥 − 2)∇7 bo’lsa u holda 𝑥 ning qiymatini toping? Tekshirish 10 / 30 Harflar raqamlar yordamida quyidagicha kodlangan va OQ=19, QORA=9183, QIZIL=92725 bo‘lsa, QIZLAR so‘zi qanday kodlanadi? A) 927538 B) 927583 C) 178532 D) 127385 11 / 30 Berilgan yoyilmadan quyidagi kubchalarning qaysi biri hosil bo’ladi? A) C B) B C) D D) A 12 / 30 Devordan nechta g‘isht olingan? A) 40 B) 36 C) 26 D) 32 13 / 30 «17» = 86, «25» =73, «31» = 42, «78» = 151 bo‘lsa, qonuniyatga ko‘ra «37» ni hisoblang. A) 66 B) 73 C) 94 D) 104 14 / 30 Rasmdagi kvadratlar sonini toping ? A) 15 B) 19 C) 27 D) 23 15 / 30 Avtobus chiptalari 000000,000001, 000002, …., 999999 ko‘rinishdagi sonlardan iborat. Barcha raqamlari toq va 6 dan kichik chiptalar nechta? Tekshirish 16 / 30 Feruzaning 200 ta oq va qora rangli mushuklari bor. Uning mushuklarining hech bo‘lmaganda bittasi qora va ixtiyoriy ikkita mushukdan kamida bittasi oq bo‘lsa, Feruzaning nechta oq mushugi bor? A) 199 B) 181 C) 200 D) 100 17 / 30 𝐴 dan 𝐷 ga yo’nalishlar orqali necha xil usulda borish mumkin? A) 13 B) 33 C) 26 D) 42 18 / 30 Raqamlari ko’paytmasi 18 ga teng bo’lgan nechta uch xonali son bor? Tekshirish 19 / 30 7 marta yuvishdan keyin bir parcha kir sovun uzunligi, kengligi va balandligi ikki barobarga qisqardi. Yana necha kir yuvish mumkin? Tekshirish 20 / 30 Turnirda to‘rtta futbol jamoasi o’zaro bir-biri bilan bir martadan o‘ynadi. G'alaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko beriladi. Jamoalar 5, 3, 3 va 2 ochkolarni qo'lga kiritishgan bo‘lsa, nechta o’yin durang natija bilan tugagan? Tekshirish 21 / 30 Otabek uchta sonni qo’shdi: bittasi ikki xonali, bittasi uch xonali, bittasi to’rt xonali. U hosil qilishni mumkin bo’lgan eng katta yig’indi nechaga teng? A) 11090 B) 1101 C) 12000 D) 11098 22 / 30 Ushbu jismni 5x4x3 o‘lchamdagi parallelopipedga to‘ldirish uchun nechta kubcha zarur bo‘ladi? A) 18 B) 20 C) 19 D) 21 23 / 30 99 < 𝑛 < 199 oraliqdagi natural sonlar orasida oxirgi raqami dastlabki ikki raqamning ko`paytmasiga teng bo`lgan sonlar nechta? A) 9 B) 90 C) 18 D) 10 24 / 30 Ko‘paytmalardan nechtasi 20 ga bo‘linadi? 1 · 2 · 3; 2 · 3 · 4; 3 · 4 · 5; 4 · 5 · 6; ⋯ ; 98 · 99 · 100 A) 46 B) 42 C) 48 D) 43 25 / 30 300 dan kichik, yozuvida 2 va 3 raqamlarining ikkalasi ham qatnashadigan nechta natural son mavjud? Tekshirish 26 / 30 Yozda Farruxning dachasida kun bo'yi deraza ochiq edi. Birinchi soatda 1 chivin uchib kirdi, ikkinchisida - 2, uchinchisida - 3 va hokazo. Ikkinchi soatdan boshlab Farrux uxlamay, dam olmasdan chivin o’ldirdi. Ikkinchi soatda u bitta chivinni o'ldirdi, uchinchisida - ikkita va hokazo. Kun oxiriga kelib xonada qancha jonli chivin bor edi? A) 1 B) 23 C) bironta ham qolmadi D) 24 27 / 30 Qutida 21 ta oq, 25 ta qizil va 32 ta ko’k sharlar bor. Quti ichiga qaramasdan eng kamida nechta shar olganda, olingan sharlar orasida albatta 3 xil rangli shar bo‘ladi? Tekshirish 28 / 30 Uchta bankada: don, makaron va shakar mavjud. Bankalarda: "Don", "Makaron" va "Don yoki shakar" deb yozilgan. Ammo har bir idish ichidagi mahsulot unda yozuvga mos emas. “Don” deb yozilgan bankada nima bor? A) Shakar B) Don C) Makaron D) aniqlash mumkin emas 29 / 30 Tennis musobaqasida jami 15 ta ishtirokchi bor. Har bir bosqichda qur’a natijasiga ko‘ra ular juftliklarga ajratiladi va bellashadi. Agar ishtirokchilar soni toq sonda bo‘lsa, 1 ta ishtirokchi keyingi turga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi. Yutqazgan ishtirokchi o‘yinni tark etadi va shu holat 1 nafar go‘libni aniqlaguncha davom etadi. U holda g‘olibni aniqlash uchun nechta o‘yin o‘tkazilishi kerak bo‘ladi? A) 15 B) 14 C) 12 D) 13 30 / 30 Shohrux o‘zining barcha kitoblarini uch harfli koddan foydalanib, (lotin) alifbosining barcha 26 ta harfidan foydalangan holda “qayta raqamlagan”: AAA, AAB, AAC, AAD... , AAZ, ABA, ABB, ABC, ABD ... U bor. 680 kitob. Uning so'nggi kitoblari uchun kod nima? Tekshirish 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz