Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 Aprel 16, 2024Aprel 25, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 182 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Faqat modal so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) nihoyatda, demak B) masalan, shekilli C) albatta, hatto D) aslida, lekin 2 / 10 2. Qaysi ifoda natijasida yozuvda tovush tushishi ro‘y beradi? A) qayna + q B) yetti + ov C) o‘qi + vchi D) borliq + im 3 / 10 3. “Endi bu yuz tangani ol-da, mening majlisimda boshqa ishtirok etma”, – deb chiqarib yubordi. Berilgan gapda boshqa so‘zining qaysi ma’nosi qo‘llangan? A) nazarda tutilganidan bo‘lak B) begona, yot C) biror xususiyati bilan farq qiladigan D) takror, qayta 4 / 10 4. Omonatingiz ishonchli qo‘llarda. Ko‘chim turini aniqlang. A) metonimiya B) kinoya C) metafora D) sinekdoxa 5 / 10 5. “Temir xotin” komediyasidagi Qumri tilidan eriga aytilgan quyidagi matnda ostiga chizilgan jumla qanday ma’noga ishora qilgan? Qumri. (soxta jiddiylik bilan) Rost, hech qo‘lingizdan kitob tushmaydi. Voy, siz bilan gap sotib o‘tirishimni qarang. Shuncha kundan beri tuz totganingiz yo‘q... Hozir bir narsa qivoraman. A) “taom tayyorlayman” B) “biror ilojini topaman” C) “og‘ir yoki yengil zarar yetkazib qo‘yaman” D) “ovqatlantirib qo‘yaman” 6 / 10 6. Bu yig‘inga faqat kattakon va puldorlar taklif qilingan. Gapda qaysi bo‘lak uyushgan? A) internet aloqasi B) hol C) to‘ldiruvchi D) ega E) aniqlovchi 7 / 10 7. Qaysi qatordagi atoqli ot noto‘g‘ri yozilgan? A) Ichki ishlar vazirligi B) “Ilm istab” nashriyoti C) “Xalqlar do‘stligi” bekati D) Xalqaro Xotin-qizlar kuni 8 / 10 8. Paronimlar xato qo‘llangan javobni aniqlang. A) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi. B) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi. C) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. D) Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi. 9 / 10 9. Qaysi qatorda tilimizda mavjud bo‘lmagan so‘z qo‘llangan? A) soya-salqin joylar B) betoqatsiz kishi C) qurollangan shaxs D) kechikkan hayot 10 / 10 10. Qaysi qatordagi jumla mantiqan xato tuzilgan? A) Sen – aldoqchiga nafaqat ming soʻm, balki million soʻm ham bermayman. B) Olganingni vaqtida qaytara olmas ekansan, nima qilasan hammadan qarz soʻrab?! C) Ariq boʻyidagi gullardan xushboʻy is taralmoqda edi. D) Biz qurgan binolar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok