Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 InfoMaster Aprel 25, 2024 216 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0% 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №28 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi ifoda natijasida yozuvda tovush tushishi ro‘y beradi? A) o‘qi + vchi B) qayna + q C) borliq + im D) yetti + ov 2 / 10 2. Omonatingiz ishonchli qo‘llarda. Ko‘chim turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) kinoya D) sinekdoxa 3 / 10 3. “Temir xotin” komediyasidagi Qumri tilidan eriga aytilgan quyidagi matnda ostiga chizilgan jumla qanday ma’noga ishora qilgan? Qumri. (soxta jiddiylik bilan) Rost, hech qo‘lingizdan kitob tushmaydi. Voy, siz bilan gap sotib o‘tirishimni qarang. Shuncha kundan beri tuz totganingiz yo‘q... Hozir bir narsa qivoraman. A) “og‘ir yoki yengil zarar yetkazib qo‘yaman” B) “ovqatlantirib qo‘yaman” C) “taom tayyorlayman” D) “biror ilojini topaman” 4 / 10 4. Paronimlar xato qo‘llangan javobni aniqlang. A) Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi. B) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi. C) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. D) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi. 5 / 10 5. Faqat modal so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) albatta, hatto B) aslida, lekin C) masalan, shekilli D) nihoyatda, demak 6 / 10 6. Qaysi qatordagi atoqli ot noto‘g‘ri yozilgan? A) Ichki ishlar vazirligi B) Xalqaro Xotin-qizlar kuni C) “Xalqlar do‘stligi” bekati D) “Ilm istab” nashriyoti 7 / 10 7. Qaysi qatorda tilimizda mavjud bo‘lmagan so‘z qo‘llangan? A) qurollangan shaxs B) kechikkan hayot C) soya-salqin joylar D) betoqatsiz kishi 8 / 10 8. “Endi bu yuz tangani ol-da, mening majlisimda boshqa ishtirok etma”, – deb chiqarib yubordi. Berilgan gapda boshqa so‘zining qaysi ma’nosi qo‘llangan? A) takror, qayta B) nazarda tutilganidan bo‘lak C) biror xususiyati bilan farq qiladigan D) begona, yot 9 / 10 9. Bu yig‘inga faqat kattakon va puldorlar taklif qilingan. Gapda qaysi bo‘lak uyushgan? A) to‘ldiruvchi B) hol C) ega D) internet aloqasi E) aniqlovchi 10 / 10 10. Qaysi qatordagi jumla mantiqan xato tuzilgan? A) Ariq boʻyidagi gullardan xushboʻy is taralmoqda edi. B) Sen – aldoqchiga nafaqat ming soʻm, balki million soʻm ham bermayman. C) Biz qurgan binolar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda. D) Olganingni vaqtida qaytara olmas ekansan, nima qilasan hammadan qarz soʻrab?! 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 28 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29