7-sinf Matematika olimpiada №4 Aprel 8, 2024Aprel 25, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 7-sinf Matematika olimpiada №4 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 107 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Vaqtingiz tugadi! Yaratilgan sanasi Aprel 19, 2024 7-sinf Matematika olimpiada №4 2024-yil 6-aprel: Informatika fanidan xalqaro olimpiadaga saralash uchun. Tuman bosqichi savollari 1 / 30 220 ta konfetni har bir bolada turlicha miqdorda bo‘ladigan qilib tarqatishmoqchi. Agar bolalarning har biri kamida bittadan konfet olishi kerak bo‘lsa, eng ko‘pi bilan nechta bolaga konfet tarqatish mumkin? A) 17 B) 18 C) 19 D) 20 2 / 30 A, B, C lar 1,2,3 sonlarining qandaydir tartibda olingani bo‘lsa, 𝐴 − 𝐵𝐶 yig‘indining eng katta qiymatini toping. A) C B) D C) A D) B 3 / 30 Chizmadagi shakllar gugurt cho‘plaridan yasalmoqda. 6-raqamli shakldagi gugurt cho‘plar soni 5-raqamli shakldagi gugurt cho‘plaridan nechta ortiq? Tekshirish 4 / 30 Kitob betlarini tartiblash odatda 3-betdan 3 raqami bilan boshlanadi. Kitob betlarini sahifalash uchun 562 ta raqam ishlatildi. Kitob necha betdan iborat? A) 125 B) 224 C) 274 D) 375 5 / 30 Dahshatli virus kompyuteringiz xotirasini ishdan chiqarmoqda. Birinchi soniyada xotiraning yarmini, ikkinchi soniyada qolgan qismining uchdan bir qismini, uchinchi soniyada qolganning chorak qismini, to'rtinchisida qolganning beshdan bir qismini o’chirishga erishdi. Va keyin uni kuchli Antivirus yo’qotib yubordi. Xotiraning qaysi qismi saqlanib qolgan? A) 1/24 B) 1/10 C) 1/5 D) 1/12 6 / 30 4 nafar turli yoshdagi kishilarning ixtiyoriy ikkitasining yoshlari farqi turlicha. Ularning eng kattasi va eng kichigining yoshlari farqi eng kamida nechchi bo’lishi mumkin? A) 6 B) 7 C) 8 D) 5 7 / 30 a⊕b yozuv a+b va 4a sonlarning kattasi degan ma’noni bildirsa, ushbu a⊗b yozuv esa 2a+b va 2b+5 sonlardan eng kichigini anglatadi. 16⊗29=5⊕x tenglik o‘rinli bo‘ladigan x ni toping. Tekshirish 8 / 30 Yon tomondagi rasmda nechta to’g’ri to'rtburchaklar bor? A) 6 B) 15 C) 10 D) 13 9 / 30 Shaklda katta kvadrat 7 ta bir xil kvadrat va 2 ta bir xil uchburchakka bo'lingan. Bo’yalgan kichik kvadratning yuzi 6 ga teng. Bo’yalmagan qismning yuzini toping. A) 54 B) 56 C) 60 D) 63 10 / 30 Ketma-ket toq sonlar quyidagicha guruhlangan: 1; (3;5); (7;9;11); (13;15;17;19);....6-guruhdagi sonlar yig’indisini toping. A) 216 B) 348 C) 362 D) 264 11 / 30 Gulnoza sekundiga 2 qadam tezlikda tepalikka chiqdi va sekundiga 3 qadam tezlikda pastga tushdi. Shu bilan birga, Gulnoza tepalikka tushishga qaraganda 25 soniya ko‘proq vaqt sarfladi. Agar qadamining uzunligi 60 sm bo'lsa, Gulnoza jami necha metrni bosib o'tdi? A) 150m B) 180 m C) 200m D) 240m 12 / 30 * operator a *b = ab - a - b + 2 tenglik orqali aniqlangan. Agar 7 *b =13 bo’lsa u holda b ning qiymatini toping? A) 4 B) 2 C) 3 D) 1 13 / 30 Qirrasining uzunligi 4 dm bo‘lgan yog‘ochdan yasalgan kub yashil bo‘yoqqa bo‘yaldi. So‘ng uni qirrasining uzunligi 1 dm bo‘lgan kubchalarga bo‘lindi. Nechta kubchaning ikkita yog‘i yashil bo‘yoqqa bo‘yalgan? A) 30 B) 24 C) 26 D) 22 14 / 30 Soat 7:20 da soat va minut millari orasidagi burchak necha gradusni tashkil qiladi? A) 100 B) 45 C) 110 D) 90 15 / 30 Beshta baliqchidan faqat 3 ta baliqchidan iborat nechta guruh tuzish mumkin? A) 10 B) 25 C) 15 D) 20 16 / 30 Akbar yog’ochni 24 ta teng qismga bo'lish uchun kesiladigan joylariga qizil rangda, Anvar esa bu yog‘ochni 18 ta teng qismga ajratish uchun bo‘linadigan joylariga yashil rangda belgi qo‘yib chiqdi. Agar ushbu yog‘och barcha belgilangan joyidan arralangan bo‘lsa, natijada yog‘och necha qismga bo‘lindi? Tekshirish 17 / 30 Ko‘paytmalardan nechtasi 50 ga bo‘linadi? 1 · 2 · 3; 2 · 3 · 4; 3 · 4 · 5; 4 · 5 · 6; ⋯ ; 98 · 99 · 100 A) 12 B) 9 C) 11 D) 10 18 / 30 𝑛 natural sonining raqamlari yig’indisini 𝑆(𝑛) orqali belgilaylik. Quyidagi tenglikni qanoatlantiradigan nechta 𝑛 natural sonlar mavjud: 𝑛 − 2𝑆(𝑛) = 2024 TekshirishFaqat raqam kriting 19 / 30 100 dan katta bo`lmagan sonlar orasida nechta son 4 ga yoki 7 ga yoki 10 ga bo’linadi? Tekshirish 20 / 30 Ma’lumki, shoshqol toshining ixtiyoriy qarama-qarshi yoqlaridagi barcha nuqtalari 7 ta. Ali shunaqa shoshqol toshining 12 tasini bir-biriga yelimlab yopishtirdi va ustuncha yasadi. Ushbu ustuncha tashqi qismidagi nuqtalar soni ko‘pi bilan nechta bo‘lishi mumkin? Tekshirish 21 / 30 Aylanada 3 ta qizil, 2 ta yashil, 2 ta sariq va 2 ta ko’k nuqta olingan. Uchlari shu nuqtalarda bo’lgan va faqat ikkita uchi bir xil rang bo’lgan nechta uchburchak mavjud? A) 27 B) 30 C) 25 D) 39 22 / 30 0 raqami ishtirok etmagan, raqamlari turli xil nechta 4 xonali natural son mavjud? A) 5040 B) 9000 C) 4536 D) 3024 23 / 30 Soat 6 dan x daqiqa o‘tganda soat va minut millari ustma-ust tushadi, x ni toping. A) 360/11 24 / 30 Olimpiadada 30 ta topshiriq berildi. Topshiriqlarning dastlabki 10 tasi 0,9 balldan, keyingi 10 tasi 1,5 balldan va oxirgi 10 tasi 2,6 balldan baholanadi. Agar o‘quvchi 22 ta savolga to‘g‘ri javob berib 33,1 ball to‘plagan bo‘lsa, o‘quvchi oxirgi 10 ta savolning nechtasiga to‘g‘ri javob bergan? Tekshirish 25 / 30 A shahardan B shaharga avtobus 4 soatda yetib keldi. Qaytishda u tezligini soatiga 8 km ga kamaytirdi, shuning uchun ham A shaharga qaytishga 30 minut ko‘p vaqt sarfladi. Shaharlar orasidagi masofani km da toping? A) 250 B) 272 C) 32 D) 288 26 / 30 2 × 2 o’lchamli kvadrat jadvalning har bir katagini qora yoki oq rangga bo’yash mumkin. Bu jadvalni necha xil usulda bo’yash mumkin? A) 8 B) 16 C) 12 D) 24 27 / 30 10, 13, 16, 19, …, 70, 73 sonlar qatorida nechta had bor? A) 20 B) 22 C) 21 D) 60 28 / 30 699 < 𝑛 < 999 oraliqdagi natural sonlar orasida birinchi raqami oxirgi ikki raqamining ko`paytmasiga teng bo`lgan sonlar nechta? Tekshirish 29 / 30 Qutida qizil, oq va ko’k sharlar bor. Qizil sharlar soni qutidagi umumiy sharlar sonidan 3 marta kam. Oq va qizil sharlarning birgalikdagi soni ko‘k sharlar sonidan 4 marta ko‘p. Ko‘k va oq sharlarning birgalikdagi soni quyidagilardan qaysi biri bo‘lishi mumkin emas? A) 84 B) 80 C) 72 D) 75 30 / 30 Raqamlari ko’paytmasi 12 ga teng bo’lgan nechta uch xonali son bor? Tekshirish 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Matematika olimpiada