Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №26 Aprel 2, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №26 ga fikr bildirilmagan. Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 0% 209 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №26 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda berilgan qo‘shma so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) sheryurak, ot quloq, qiyma taxta B) karnaygul, tokqaychi, ishyoqmas C) mingboshi, O‘rtachirchiq, suvilon D) Ur to‘qmoq, achchiqtosh, suv osti 2 / 10 2. Qaysi gapda tinish belgilarini qo‘llash qoidalariga amal qilingan? A) Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o‘sha cho‘qqida quchganman zafar. B) Qaysi ishni qilmoqchi bo‘lsang eng avvalo, o‘z ko‘ngling bilan kengashib ko‘rgin. C) Hozir Humoyunning fili yonida birgina inisi oq otliq Hindolmirzo bormoqda. D) Asli qiyofangni ko‘rsatishdan qo‘rqishingiz, demak o‘zingdan nafratlanishingni bildiradi. 3 / 10 3. ―Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan, - deydi Mahmud Ko‘shg‘ariy, - baxt va davlat ketadi‖. Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapga to‘g‘ri aylantirilgan javobni aniqlang. A) Mahmud Koshg‘ariyning aytishicha, baxt va davlat ketishiga hunar va odob sababchidir. B) Kishining hunari va odobi bo‘lmasligi undan baxt va davlatining ketishiga olib kelishini Mahmud Koshg‘ariy aytgan. C) Baxt va davlat odamning hunari va odobiga bog‘liqligini Mahmud Koshg‘ariy aytgan. D) Mahmud Koshg‘ariy hunari va odobi bo‘lmagan kishidan baxt va davlat ketishini aytgan. 4 / 10 4. Lekin u bu gapni hech kimga aytmaganiga bizni ishontirdi. Ushbu gapda necha o‘rinda olmosh qatnashgan? A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta 5 / 10 5. Qaysi gapda fe‘lning bo‘lishsiz shakli orqali bo‘lishlilik ma‘nosi ifodalangan? A) U hamisha darslarga tayyorlanmasdan kelmaydi. B) Nabijon biznikiga anchadan beri kelmay qo‘ygan edi. C) Na Karimjon, na Irodaxon bu haqida gapirdi. D) O‘shandan beri uni ko‘rganimiz ham, u haqida eshitganimiz ham yo‘q. 6 / 10 6. Qaysi gapda h undoshini qo‘llash bilan bog‘liq imloviy xato mavjud? A) Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim. B) Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan, Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan. C) Holbuki, orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q. D) Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab hayolga toldim, birinchi muhabbatim. 7 / 10 7. Qaysi gapda ko‘chma ma‘noda qo‘llangan so‘z mavjud emas? A) Qizning atlas ko‘ylagi o‘ziga juda yarashgan edi. B) Quyosh baxmal vodiy uzra erinibgina nur sochar edi. C) Bu ishni ko‘ngildagidek bajarish uchun temir intizom kerak edi. D) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko‘z oldimda charx urayotir. 8 / 10 8. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z mavjud? A) Fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda jamoatchilik kengashining o‘rni sezilarli bo‘layapti. B) Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo‘l ochadi. C) Ko‘ngilni vayron qiladigan haqiqatdan kishiga taskin bag‘ishlaydigan yolg‘on afzal. D) Birovlarga yomonlik qilishing shart emas, ishlaring yurishgani sari o‘z-o‘zidan dushmanlik qiluvchilar ko‘payib boraveradi. 9 / 10 9. Eskirgan so‘zning hozirgi kundagi ma‘nosi to‘g‘ri berilgan javobni toping. A) handasa – astronomiya B) qozi – advokat C) dudoq – lab D) meng – yuz 10 / 10 10. Qaysi gapda mazmuniga mos bo‘lmagan ibora qo‘llangan? A) Bu odam juda uddaburon, pixini yorganlardan biri edi. B) Ota-bobolar nomini doim esda tutish kerakligini bolaning qulog‘iga quydi. C) Sharti ketib, parti qolgan bu yigit o‘ttiz yoshlarda bo‘lib, keng ko‘ylagining yenglari osilib turardi. D) Bular hali ona suti og‘zidan ketmagan go‘daklar-ku. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot majburiy blok