Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №2 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №2 InfoMaster May 1, 2024 173 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №2 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Jizzax yaqinida B) Xo’jand yaqinida C) O’ratepa yaqinida D) Sirdaryo yaqinida 2 / 30 Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. B) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. C) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. D) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. 3 / 30 Xronologik xatoni toping. A) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. B) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. C) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. D) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. 4 / 30 Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. B) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. C) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. D) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. 5 / 30 Xato javobni aniqlang. A) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. B) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. C) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. D) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. 6 / 30 Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Solon B) Drakont C) Perikl D) Oktavian 7 / 30 Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi B) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi C) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi D) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi 8 / 30 V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga B) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga C) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga D) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga 9 / 30 Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a B) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir C) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a D) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a 10 / 30 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. B) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. C) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. D) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. 11 / 30 Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5 12 / 30 Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 2, 1, 4, 3 B) 3, 4, 1, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) 4, 3, 2, 1 13 / 30 Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 6 14 / 30 Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) Parfiya B) Marg’iyona C) Xorazm D) So’g’diyona 15 / 30 Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. B) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. C) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. D) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. 16 / 30 Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. B) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. C) Afinada demokratiya ravnaq topgan. D) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. 17 / 30 Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 2, 4, 7, 8, 10, 12 B) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 C) 1, 3, 5, 6, 8, 11 D) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 18 / 30 Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari B) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar C) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari D) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar 19 / 30 Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik B) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik C) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik D) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik 20 / 30 Xato fikrni aniqlang. A) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. B) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. C) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. D) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. 21 / 30 VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) boj va yasoq B) kafsan va dorug’a C) o’lpon, yasoq D) xiroj va yasoq 22 / 30 Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Bolaliktepa B) Varaxsha C) Afrosiyob D) Panjikent 23 / 30 Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. B) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. C) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. D) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 24 / 30 Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Doro I B) Kambiz II C) Kir II D) Kserks 25 / 30 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Samarqand, Kesh va Naxshab B) Buxoro, Samarqand, Karmana C) Samarqand, Xo’jand va Jizzax D) Samarqand, Buxoro va Kesh 26 / 30 Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida B) aholi sonining ko’payishi natijasida C) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan D) zafarli yurishlar natijasida 27 / 30 Xronologik xatoni aniqlang. A) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. B) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi C) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi D) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi 28 / 30 Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi B) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi C) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi D) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi 29 / 30 Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Rim va Xitoyda B) Xorazm va Makedoniyada C) Rim va Xorazmda D) Eftallar va Rimda 30 / 30 Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Chag’oniyon va Ustrushonani B) Naxshab va Badaxshonni C) Toxariston va Chag’oniyonni D) Toxariston va Badaxshonni 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz