Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №2 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №2 InfoMaster May 1, 2024 63 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №2 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Toxariston va Chag’oniyonni B) Naxshab va Badaxshonni C) Chag’oniyon va Ustrushonani D) Toxariston va Badaxshonni 2 / 30 Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Solon B) Oktavian C) Drakont D) Perikl 3 / 30 Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 3, 4, 1, 2 B) 2, 1, 4, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 4, 3, 2, 1 4 / 30 Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 6 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 6 5 / 30 Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 1, 3, 5, 6, 8, 11 B) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 C) 2, 4, 7, 8, 10, 12 D) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 6 / 30 Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. B) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. C) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. D) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. 7 / 30 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. B) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. C) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. D) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. 8 / 30 Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari B) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar C) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari D) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar 9 / 30 Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. B) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. C) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. D) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. 10 / 30 Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik B) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik C) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik D) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik 11 / 30 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Samarqand, Kesh va Naxshab B) Samarqand, Xo’jand va Jizzax C) Samarqand, Buxoro va Kesh D) Buxoro, Samarqand, Karmana 12 / 30 Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir B) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a C) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a D) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a 13 / 30 Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. B) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. C) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. D) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 14 / 30 V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga B) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga C) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga D) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga 15 / 30 Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Kambiz II B) Doro I C) Kir II D) Kserks 16 / 30 Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Panjikent B) Varaxsha C) Bolaliktepa D) Afrosiyob 17 / 30 Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi B) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi C) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi D) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi 18 / 30 Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 5 19 / 30 Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Rim va Xorazmda B) Xorazm va Makedoniyada C) Eftallar va Rimda D) Rim va Xitoyda 20 / 30 Xato javobni aniqlang. A) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. B) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. C) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. D) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. 21 / 30 Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. B) Afinada demokratiya ravnaq topgan. C) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. D) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. 22 / 30 Xronologik xatoni aniqlang. A) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi B) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. C) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi D) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi 23 / 30 Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) aholi sonining ko’payishi natijasida B) zafarli yurishlar natijasida C) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan D) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida 24 / 30 Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi B) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi C) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi D) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi 25 / 30 Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. B) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. C) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. D) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. 26 / 30 Xronologik xatoni toping. A) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. B) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. C) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. D) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. 27 / 30 Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Jizzax yaqinida B) Xo’jand yaqinida C) O’ratepa yaqinida D) Sirdaryo yaqinida 28 / 30 Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) Marg’iyona B) Parfiya C) So’g’diyona D) Xorazm 29 / 30 Xato fikrni aniqlang. A) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. B) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. C) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. D) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. 30 / 30 VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) o’lpon, yasoq B) xiroj va yasoq C) kafsan va dorug’a D) boj va yasoq 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz