Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №2 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №2 InfoMaster May 1, 2024 160 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №2 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Drakont B) Oktavian C) Perikl D) Solon 2 / 30 Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Eftallar va Rimda B) Xorazm va Makedoniyada C) Rim va Xitoyda D) Rim va Xorazmda 3 / 30 Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. B) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. C) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. D) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. 4 / 30 Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. B) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. C) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. D) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 5 / 30 Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 2, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 3 6 / 30 Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Afinada demokratiya ravnaq topgan. B) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. C) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. D) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. 7 / 30 Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. B) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. C) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. D) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. 8 / 30 Xronologik xatoni toping. A) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. B) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. C) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. D) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. 9 / 30 Xato fikrni aniqlang. A) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. B) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. C) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. D) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. 10 / 30 Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi B) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi C) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi D) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi 11 / 30 Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir B) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a C) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a D) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a 12 / 30 Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Sirdaryo yaqinida B) Xo’jand yaqinida C) O’ratepa yaqinida D) Jizzax yaqinida 13 / 30 Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 2, 1, 4, 3 B) 3, 4, 1, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) 4, 3, 2, 1 14 / 30 Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) Marg’iyona B) Xorazm C) Parfiya D) So’g’diyona 15 / 30 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Samarqand, Buxoro va Kesh B) Buxoro, Samarqand, Karmana C) Samarqand, Xo’jand va Jizzax D) Samarqand, Kesh va Naxshab 16 / 30 Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan B) zafarli yurishlar natijasida C) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida D) aholi sonining ko’payishi natijasida 17 / 30 Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. B) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. C) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. D) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. 18 / 30 Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Toxariston va Chag’oniyonni B) Toxariston va Badaxshonni C) Naxshab va Badaxshonni D) Chag’oniyon va Ustrushonani 19 / 30 Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 B) 2, 4, 7, 8, 10, 12 C) 1, 3, 5, 6, 8, 11 D) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 20 / 30 Xato javobni aniqlang. A) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. B) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. C) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. D) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. 21 / 30 Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Varaxsha B) Afrosiyob C) Bolaliktepa D) Panjikent 22 / 30 Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Kserks B) Doro I C) Kir II D) Kambiz II 23 / 30 Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi B) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi C) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi D) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi 24 / 30 Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik B) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik C) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik D) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik 25 / 30 Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar B) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar C) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari D) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari 26 / 30 VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) boj va yasoq B) xiroj va yasoq C) o’lpon, yasoq D) kafsan va dorug’a 27 / 30 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. B) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. C) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. D) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. 28 / 30 Xronologik xatoni aniqlang. A) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi B) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi C) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. D) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi 29 / 30 V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga B) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga C) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga D) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga 30 / 30 Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 6 C) 1, 2, 3 D) 2, 4, 5 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz