Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 InfoMaster May 1, 2024 407 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 4 0% 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №24 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi javobda miqdor sonning bir ma’noviy turiga mansub so'zlar qatori berilgan? A) beshdan ikki, chorak, yarim B) sakkiz, uchalasi, qirqta C) beshtadan, yettita, minglab D) yuzlab, mingtacha, to'qqiz 2 / 10 2. Qaysi javobda berilgan gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Jiydakapa do‘ppidek keladigan pastak bir tepalik ekan. B) Er kishiga zebu ziynat hikmat va donishdir. C) Hulkarning och jigarrang yuzlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. D) Sahnaga ko‘zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. 3 / 10 3. Lekin u bu gapni hech kimga aytmagan edi. Ushbu gapda olmoshning ma`no jihatdan necha turi qatnashgan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 1 4 / 10 4. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Ushbu gapda ajratib ko'rsatilgan so'zning hozirgi adabiy tilimizdagi muqobili berilgan javobni ko'rsating. A) algebra B) geometriya C) fizika D) astronomiya 5 / 10 5. Javoblarning qaysi birida berilgan birlik imloviy jihatdan to`g`ri yozilgan? A) Oliy Majlis Senati Raisi B) Oliy sud raisi C) Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti D) O`zbekiston qahramoni 6 / 10 6. Faqat yuklamalar berilgan javobni aniqlang. A) hamda, uchun, -mi B) faqat, -ku, hatto C) bilan, yoki, -chi D) ammo, kabi, -yu 7 / 10 7. Bog'langan qo'shma gap berilgan javobni toping. A) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. B) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi. C) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. D) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammoxiyonatni kechirib bo`lmaydi. 8 / 10 8. Qaysi javobda berilgan qo‘shma so'zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) sheryurak, ot quloq, qiyma taxta B) ming boshi, O‘rtachirchiq, suvilon C) Ur to‘qmoq, achchiqtosh, suv osti D) karnaygul, tokqaychi, ishyoqmas 9 / 10 9. Qaysi javobda berilgan barcha so'zlarda ko'chirish qoidalariga rioya qilinmagan? A) O'zMU, mat-baa, va’-da, e-shik B) O'z-MU, matba-a, va-’da, e-shik C) O‘zMU, mat-baa, va-’da, eshik D) O'z-MU, mat-baa, va’-da, e-shik 10 / 10 10. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so'z mavjud? A) Fuqarolar yig'inlari faoliyatini samarali yo'lga qo‘yishda jamoatchilik kengashlarining o‘rni sezilarli bo‘layapti. B) Birovlarga yomonlik qilishing shart emas, ishlaring yurishgani sari o‘z-o‘zidan dushmanlik qiluvchilar ko'payib boraveradi. C) Ko'ngilni vayron qiladigan haqiqatdan kishiga taskin bag'ishlaydigan yolg'on afzal. D) Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo'l ochadi. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 29 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29