Kimyo abituriyent testi №3

0%
5

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.

OMAD YOR BO'LSIN!


Kimyo abituriyent testi №3

Abituriyent uchun kimyo fanidan asosiy blok testlari.

1 / 30

4,48 litr (n.sh.) etan mo’l miqdordagi kislorodda yondirildi. Ajralgan gaz(lar) NaOH eritmasida eritilganda hosil bo’lgan nordon tuzning massasi o’rta tuz massasidan 5,1 g ga og’ir bo’ldi. Sarflangan ishqor massasini (g) aniqlang.

2 / 30

“Atomning eng yuqori energetic pog’onasidagi elektironlar soni guruh tartib no’meriga teng” – degan qoida qaysi elementlar uchun tegishli?

3 / 30

Navro’z bayramida geliy bilan to’ldirilgan shar uchirish uchun 22 litr 2026,5 kPa bosimli konteneyrdan foydalanib hajmi 2 litr bo’lgan 1,1 atm li nechta shar tayyorlash mumkin. (T = const).

4 / 30

tarkibida 46 ta elektron bo’lsa, A2H2 tarkibidagi elektronlar sonini toping.

5 / 30

Teng miqdorda olingan kaliy karbonat va kaliy gidrokarbonat aralashmasi xlorid kislota eritmasiga tashlandi va 0,15 mol tuz hosil bo’ldi. Ajralgan gaz hajmini (l, n.sh.) aniqlang.

6 / 30

Qaysi pog’onachalar elektiron bilan yarim to’lganda barcha elektironlarning bosh kvant sonlarining yig’indisi 55 ga teng bo’ladi?

7 / 30

1400 ml 2 N li nitrat kislota eritmasini qaytarish uchun necha gramm mishyak (III) – sulfid kerak bo’ladi. Reaksiya davomida sulfat kislota hosil bo’ldi.

8 / 30

1 mol ikkilamchi spirtni yoqish uchun 6 mol kislorod sarflandi. Spirtni aniqlang.

9 / 30

Moddalarni qattiq holatdan suyuqlanmasdan bug’ holatiga o‘tib ketish hodisasiga ..... deyiladi.

10 / 30

Qaysi element atomining oxirgi eliktironining kvant sonlari quyidagich (N=O, L=N-4, ml=+L, ms=+0.5).

11 / 30

Cr ning qisqa elektron konfiguratsiyasi qanday bo’ladi?

12 / 30

127 gr CaCl2 eritmasida 409,36 ∙ 1023 dona elektron bor. Eritmadagi tuzning massa ulushini toping.

13 / 30

Quyidagilardan zaharli gazni aniqlang.

14 / 30

0,1 mol temir (III) – sulfat tarkibidagi temir ionlari sonini aniqlang (a = 0,5).

15 / 30

Elimentning tartib raqami quyidagilarni qaysi biriga teng bo’ladi.

1)atom massasiga, 2) pratonlar soniga, 3) neytrnlar soniga, 4) elektironlar soniga, 5) yadro zaryadiga, 6) bosh kvant sonlar yig’indisiga, 7) elektironlarining zaryadlari yig’indisiga, 8) zaryadli nuklonlar soniga, 9) valentligiga.

16 / 30

Qaysi aminokislota tarkibidagi C va O atomlari nisbati o’zaro teng?

17 / 30

Quyidagi xolatlarning qaysilarida faqat nordon tuz(lar) xosil bo’ladi?

1) 5Ca (OH)2 +4H3PO4=…+…
2) 6Ca (OH)2 +7H3PO4=…+…
3) 4Ca (OH)2 +3H3PO4=…+…
4) 4Ca (OH)2 + H3PO4=…+…
5) 1Ca (OH)2 +5 H3PO4=…+…
6) 5Ca (OH)2 +5H3PO4=…+…

18 / 30

Hayvon yog’lari (qattiq) tarkibida glitserin bilan birga uchraydigan kislota qoldig’ini aniqlang.

19 / 30

Mo’l miqdordagi kadmiy sulfat eritmasi elektroliz qilinganda katodda faqat 2,8 g kadmiy ajraldi. Shunga mos keladigan javobni aniqlang.

20 / 30

Og`ir va oddiy suv aralashmasidagi kislorodning massa ulushi 86 % ga teng bo`lsa, og`ir suvning aralashmasidagi massa ulushini (%) toping.

21 / 30

Temirning yarmi kislorodda yondirilganda 116 g temir qo’sh oksidi hosil bo’ldi. Qolgan yarmi necha mol xlor bilan ta’sirlashadi?

22 / 30

X ni aniqlang.

23 / 30

Alyuminiy va magniydan iborat 45 g aralashma suyultirilgan xlorid kislotada eritilganda yer yuzida eng ko’p tarqalgan metaldan ajralgan gazning hajmi qolgan metaldan ajralgan gazning hajmidan 2 marta katta bo’ldi. Aralashmadagi aluminiyning miqdorini (mol) aniqlang.

24 / 30

Mn+6 ioni va V valentli Cl atomidagi toq elektronlarni arbital kvant sonlarini yig’indisini toping.

25 / 30

E+2 ionidagi eliktronlarni qavatlardagi taqsimoti quyidagi deagrammada ifodalangan bo’lsa elementni oilasini aniqlang.

26 / 30

(a(HCN) = 10 %) bo’lgan eritmada 450 ta dissosialanmagan molekulaga nechta anion va kation to’g’ri keladi?

27 / 30

0,01 mol aluminiy sulfat tarkibidagi aluminiy ionlari sonini aniqlang (a = 1).

28 / 30

Elementning oksidlanish darajasi +2 bo’lganda elektironlar soni 10 ta bo’lsa undagi nuklonlar yig’ndisini, praton va neytronlar sonini aniqlang.

29 / 30

96 % li (p = 0,8 g/ml) etil spirt eritmasidagi suvni yo’qotish uchun texnik CaC2 ta’sir ettirilsa, 26,88 litr (n.sh.) gaz ajraldi. 9 litr shunday eritmadagi suvni yo’qotish uchun necha gramm CaC2 kerak?

30 / 30

3,2 gramm kislorod saqlagan uglerod dioksid hajmini (l, n.sh.) aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0