Al-Xorazmiy olimpiadasi 7-sinf Matematika №1

0

Savol haqida xabar bering

Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing.
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

Al-Xorazmiy olimpiadasi 7-sinf Matematika №1

Tuman bosqichi 20.01.2024-yil

Sariosiyo tuman bosqichi tushgan savollar 

1 / 36

Rasmdagi figuraning yuzini toping.

2 / 36

21*17-18*17+17*15-15*14+18*13-15*13ni hisoblang:

3 / 36

1/4 va 2/5 sonlar orasida maxraji 20 ga teng bo’lgan nechta kasr son bor?

 

4 / 36

Uchta buyurtmani 8 kunda bajarishi kerak edi. U u har kuni rejadan tashqari 6 ta mahsulot tayyorlab, buyurtmani 5 kunda bajaribgina qolmay, balki yana 12 ta mahsulot tayyorladi. Usta reja bo’yicha bir kunda nechta mahsulot tayyorlashi kerak edi?

5 / 36

0,8(9)–0,7(1) ni toping.

6 / 36

Kubning barcha qirralari yig’indisi 24 sm ga teng. Kub sirtining yuzini toping.

7 / 36

Ko’paytuvchilarga ajratganda xa²-2b²x+ya²-2b²y ko’phad nechta ratsional ko’paytuvchilarga ajraladi

8 / 36

Amallarni bajaring:

9 / 36

Tenglamani yeching: 8(x+2)-5x=-2(x+4,5)

10 / 36

Sinfda berilgan matematika testida o’tganlarning o’rtacha bali 78, o’tmaganlarning o’rtacha bali esa 34. Agar sinfning umumiy o’rtacha bali 67 bo’lsa, testdan o’tgan o’quvchilarning foizi qancha.

11 / 36

Teng yonli uchbuchakning perimetri 42 sm ga teng. Yon tomoni asosining 2/3 qismini tashkil qiladi. Shu uchburchakning asosi yon tomonidan necha santimetr uzun?

12 / 36

4 xonali sonlar nechta?

13 / 36

To‘rtta ketma-ket juft natural sonlar berilgan.Chetki sonlar yig‘indisining ikkilanganidan o‘rtadagi sonlar musbat ayirmasi uchlanganining ayirmasi 22 ga teng. Ushbu sonlar o’rta arifmetigini toping.

14 / 36

Qalam daftarga qaraganda 6 marta arzon. Qalam uchun daftarga qaraganda 200 so’m kam pul sarflandi. Daftar necha so’m turadi?

15 / 36

sonlari orasida nechta butun sonlar bor.

16 / 36

x ni shunday birhadga almashtiringki, natijada tenglik bajarilsin. (2+3a)² = 4+12a+x

17 / 36

31, 39, 47, 57, 101, 105, 193, 227, 235, 283 sonlar ichida nechta tub son bor?

18 / 36

Tojixon aya jamg’arma bankiga 30 ming so’m pul qo’ydi. Bir yildan so’ng bu pul qo’yilgan pulning 2/25 qismiga ko’paydi. Tojixon ayaning bankdagi jami puli qancha bo’ldi?

19 / 36

1dan 64 gacha bo’lgan natural sonlar 8x8 katakchali jadvalga joylashtirildi. Bunda k=1,2,3,…,62,63 sonlari uchun k va k+1sonlari tomonlari bo’yicha qo’shni katakchalarda joylashishga majbur. Asosiy diogonaldagi sonlar yig’indisi eng ko’pi bilan nechi bo’lishi mumkin.

20 / 36

(x-1)(x+1)+y(y-2x) ko‘phadning eng kichik qiymatini toping.

21 / 36

ABC teng yonli uchburchakning AB yon tomoniga o‘tkazilgan o‘rta perpendikulyar BC tomonni D nuqtada kesib o‘tadi. Agar ADC uchburchakning perimetri 10 cm ga teng va  AB=6 cm bo‘lsa, AC asosni toping.

22 / 36

Tenglamaning ildiziga qo’shni sonlar o’rta arifmetigini toping. (5-x)(x²+5x+25)=5x-x³

23 / 36

“Yaylovdagi otlaringiz nechta?” – deb so’radi otliq cho’pondan. “Agar otlarim soniga ularning yarmi, uchdan biri, choragi, oltidan ikki, nimchoragi, o’n ikkidan to’rti va sening oting qo’shilsa, jami 57 ta bo’ladi” – dedi cho’pon. Yaylovda nechta ot bor edi?

24 / 36

Hisoblang.

25 / 36

tenglamaning ildizi x0 bo’lsa, x20+1 ifodaning son qiymatini toping.

26 / 36

O‘ziga qo‘shni bo‘lgan burchak kattaligining qismiga teng bo‘lgan burchak qanday burchak.

27 / 36

200233+200322 yig’indisining oxirgi raqami

28 / 36

48 sonining natural bo’luvchilari nechta?

29 / 36

ABC uchburchakda AB=BC va BD  mediana 5 cm . Agar ABD  uchburchak perimetri 15  cm bo‘lsa,  ABC uchburchak perimerini toping.

30 / 36

Ketma-ket kelgan uchta toq sonning yog’indisi 231 bo’lsa, bu sonlardan kichigi topilsin.

31 / 36

ABC uchburchakning BC tomoniga o‘tkazilgan o‘rta perpendikulyar AC  tomoni  E nuqtada kesib o‘tadi. Agar BE=3 cm, AC=5,5 cm bo‘lsa, AE kesmani toping.

32 / 36

Yuqoridagi 6 ta figuradan quyidagilardan qaysi birini tuzsa bo‘ladi?

33 / 36

Perimetri 28cm bo‘lgan uchburchakning balandligi uni perimetrlari 16cm va 20cm bo‘lgan uchburchaklarga ajratadi. Balandlik uzunligini toping.

34 / 36

Onasi 50 yoshda, qizi esa 28 yoshda. Necha yil oldin qizi onasidan 2 marta yosh bo’lgan?

35 / 36

Rasmda  ABC va A1B1C1  uchburchaklar tasvirlangan. Uchburchaklar tenglik alomatlaridan foydalanib, quyidagi tasdiqlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang.

36 / 36

Ko’paytuvchilarga ajrating: ax -3ay-3by+bx.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0