Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 InfoMaster May 1, 2024 92 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №23 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda olmoshning 4 ta turi qatnashgan? A) Har kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi hech qachon bo‘g‘ilmaydi. B) Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z maqsadlariga oson erishadi. C) Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. D) Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltiraverar edi. 2 / 10 2. Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning (I. Sulton). Ushbu gapdagi ma’no ko‘chish turini aniqlang. A) metafora B) metonimiya C) kinoya D) vazifadoshlik 3 / 10 3. Ravishning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan gapni aniqlang. A) So‘ng kampirning arang uyquga ketganini va uyqu aralash yig‘i tovushini eshitganini aytadi. B) Ey aziz Toshkentim, nega sen bugun bola kabi to‘polon qilding ertalab. C) Kultegin yayov otilib hujum qildi. D) Qovunlarni xonaga terib qo‘yganimizdan keyin u yerga bir kosa suv ham olib kirib qo‘yamiz. 4 / 10 4. Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad – milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash. Ushbu gapda so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida nechta so‘zda tovush almashishi yuz bergan? A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 1 ta 5 / 10 5. Sinonimlar qatorida “begona” so‘z qo‘llangan qatorni aniqlang. A) mangu, abadiy, umrbod B) ruxsat, javob, izm C) sabr, toqat, chidam D) nihoya, yakun, oxir 6 / 10 6. Qaysi gapda kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi qo‘llangan? A) Salim aytgan edi-yu bu ishga aloqasi yo‘qligini. B) Kitobni yopdi-yu, miyasida aylanayotgan savollarga javob izlay boshladi. C) Ovchi nihoyatda kechikkanini bildi-yu, umid uni o‘lja sari burdi. D) U ilmga oshiq-u beqaror edi. 7 / 10 7. Ko‘makchi mavjud bo‘lgan gapni toping. A) Kvadratning tomonlari teng. B) U akasiga qaraganda nimadir demoqchi bo‘ldi. C) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. D) Kiyik ovchini ko‘ra qochdi. 8 / 10 8. Qaysi so‘zdagi undoshlarning barchasi jarangli? A) gapdonlar B) jig‘ibiyron C) mag‘lubiyat D) jo‘xorizor 9 / 10 9. Dasturxonga shira bog‘lagan oltin rang uzum qo‘yildi. Ushbu gapda bog‘lamoq so‘zining qaysi ma’nosi ifodalangan? A) ulamoq B) o‘ramoq C) yig‘moq D) tugmoq 10 / 10 10. Qaysi javobda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan? A) Yurasan, yurasan, hech masofa kamaymaydi. B) Qayerdaman, qayga borarman, qora zindon naqadar chuqur... C) Miryoqub uning aqlini o‘g‘irlamoq maqsadida qichiq masaladan gap ochdi: – To‘yni nima qildik, xo‘jayin? – dedi u qo‘lini chayqab turib. D) – Atayin o‘zlarini yo‘qlab keldim. Suratingizni ishlashim kerak. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 28 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29