Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №3 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №3 InfoMaster May 1, 2024 175 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №3 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Qo‘qon xonligi sharqda qaysi hudud bilan chegaradosh bo‘lgan? A) Afg‘oniston B) Sharqiy Turkiston C) Rossiya D) Eron 2 / 30 Quyidagilar orasidan o’rta asr allomalariga tegishli ma’lumotlarni to’g’ri moslashtiring. 1)Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o’rta asrlarda birinchi bo’lib ilgari surdi; 2)Yevropada dastlabki kitob bosish dastgohini kashf qildi; 3)"Qo`shiqlar kitobi"; 4)Islomiy odob qoidalar, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo’ljallangan qator asarlar yaratdi. a-Franchesko Petrarka; b-Al-Moturidiy; c-Abu Rayhon Beruniy; d-Iogann Gutenberg A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a 3 / 30 Yer-suv islohotlarining ikkinchi bosqichida tadbirlar o`tkazilgan hududlarni davri bilan to`g`ri berilgan qatorni aniqlang. 1)Farg‘ona, Toshkent,Samarqand viloyatlari 2)Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm okruglari 3)Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari) a-1925-1 926-yillar b-1927-yil c-1928–1929- yillar A) 1 -b, 2-c, 3-a B) 1 -a, 2-b, 3-c C) 1 -c, 2-b, 3-a D) 1 -a, 2-c, 3-b 4 / 30 “Sabanto’y” bayrami qaysi millat milliy bayrami hisoblanadi? A) Qirg’izlar B) Tatar-boshqirdlar C) Uyg’urlar D) Ruslar 5 / 30 Ukrainadia qurolli harakatlar nechanchi yildan yangi bosqichga kirdi? A) 2015-yil B) 2017-yil C) 2014-yil D) 2008-yil 6 / 30 XX asr fizika fanining "eng yorqin kashfiyoti sanalgan kashfiyot nima? A) kosmosning zabt etilishi B) integral sxemalarning yaratilishi C) kompyuterning ixtiro qilinishi D) lazerning ixtiro qilinishi 7 / 30 Qachon Davlat test markazi tashkil qilindi ? A) 1996-yil B) 1994-yil C) 1995-yil D) 1998-yil 8 / 30 G’arbiy Afrikaga ispan va portugallarning kirib kelishi nechanchi asrdan boshlanadi? A) XV asrdan B) XVII asrdan C) XIV asrdan D) XVI asrdan 9 / 30 “Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarni hisobga olgan holda alohida e’tibor talab qiladi”. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang? A) M. Skobelev B) S.M. Duxovskoy C) Senator K. Palen D) maxfiy agent S. Gers 10 / 30 Rossiyada ro’y bergan 1921 yilgi ocharchilik qaysi o’lkalarni qamrab oldi? A) Ukraina, Belorussiya, O’rta Osiyo B) Kavkazorti, Volgabo’yi, O’rta O’siyo C) Volgabo’yi, Kavkazorti, Kuban D) Ukraina, Kuban, Volgabo’yi 11 / 30 1905-yilda qaysi shaharlar o‘rtasida temir yo‘l ishga tushirildi? A) Orenburg-Toshkent B) Toshkent-O‘sh C) Toshkent-Farg‘ona D) Toshkent-Andijon 12 / 30 Britaniya hukumati qachon Misrdan Suvaysh kanalining 45 % aksiyasini sotib oldi? A) 1886-yilda B) 1896-yilda; C) 1875-yilda D) 1877-yilda 13 / 30 Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududidagi quyidagi qaysi mahalliy hokimlik o’zining tanga pullari tizimiga ega bo’lgan? A) Toxariston B) Choch C) Farg’ona D) So’g’d 14 / 30 O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetiga Shukurulla Mirsaidovqaysi yillarda raislik qildi. A) 1 990-yil mart – oktyabr oylarida B) 1 991 -yil mart – oktyabr oylarida C) 1 992-yil may-sentabr oylarida D) 1 989-yil may-sentabr oylarida 15 / 30 Quyidagilar orasidan qadimgi Misr tarixiga oid ma’lumotlardan qaysi biri to’g’ri berilmagan? A) Vafot etgan odamni mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlariga nasib etgan B) Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo`lgan C) Misrda nazariy bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi dinga bog`liq bo`lgan D) Bastet go`zalik xudosi 16 / 30 Shermuhammad Munis yashagan yillarni aniqlang? A) 1809-1874-yillar B) 1827-1897-yillar C) 1778-1829-yillar D) 1825-1842-yillar 17 / 30 Mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi … deb ataladi. A) kontributsiya B) protektorat C) apellatsiya D) ultimatum 18 / 30 1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat Zarafshon okrugi tashkil etilgan bo‘lib, unga kim boshliq va ma’muriyat rahbari etib tayinlandi? A) P. Lessar B) A. Abramov C) Skobelov D) Veryovkin 19 / 30 Turkiston general – gubernatorligiga qarashli qaysi viloyat maydoni 2000 kv verst edi? A) Sirdaryo viloyati B) Kaspiyorti viloyati C) Farg‘ona viloyati D) Samarqand viloyati 20 / 30 XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Qo‘qon xonligida mehtar… A) vaqf mulklarini boshqargan. B) xazina ishlari va xarajatlarni nazorat qilgan C) savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilgan D) xonlikdagi tartib intizom ishlari bilan shug‘ullangan 21 / 30 Mo`g`ullar davrida qaysi omillar xarob bo`lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo`ladi? A) Kepaki pullarning zarb qilinishi B) hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi C) Ulug` xoqon Munkening islohatlari D) hunarmandchilik va dehqonchilikning rivojlanishi 22 / 30 Quyidagi voqealar to'g'ri xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1)Efiopiyada Kasa o'zini imperator deb e'lon qildi; 2)AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi; 3)Fransiya Jazoirni bosib oldi; 4)Buyuk Britaniya aralashuvi bilan Kasa hokimiyati ag'darildi; 5)Liberiya ozod davlati tuzilganligi e'lon qilindi; A) 2, 3, 5, 1, 4 B) 3, 2, 4, 5, 1 C) 2, 3, 4, 5, 1 D) 3, 2, 5, 1, 4 23 / 30 XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatining davlat chegaralari to’g’ri berilgan javobni toping? A) Janubi-sharqda Dashti Qipchoqdan o’tardi B) Shimoli-g’arbiy chegarasi Orol dengizi va Yoyiq daryosidan o’tardi C) Janubi-g’arbiy chegarasi Iroqdan o’tardi D) Shimoli-sharqiy chegarasi G’aznadan o’tardi 24 / 30 Yaponiyaning o`rta asr shaharlarining qaysilari chorrahada va karvon yo`li bo`ylab qurilgan? A) Nagoya B) Xyogo va Sapai C) Nara va Xeyyan D) Otsu 25 / 30 XVII asrda yuz bergan O’ttiz yillik urushda mag’lubiyatga uchragan davlat tarixida sodir bo’lgan voqea qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) XV asr oxiriga kelib mamlakat yaxlit markaziy hokimiyatga bo’ysundirildi. B) Mamlakat shaharlari XIV asr o’rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashdi. C) Mamlakat aholisi 988-yilda xristian dinini qabul qildi. D) XII-XIII asrlardan boshlab dehqonlar kurashi kuchaydi. 26 / 30 Xudoyorxon saroyi qurilgan yillarni aniqlang? A) 1862-yillar B) 1869-1870-yillar C) 1863-1870-yillar D) 1872-yillar 27 / 30 Qaysi davlatda XVI asrda qishloq xo’jaligida inqilob bo`lgan? A) Angliya B) Rossiya C) Turkiya D) Fransiya 28 / 30 Qadimgi yunon olimlaridan Aristotel ( va Platon ( sharqda qanday nomlar bilan mashhur bo'lgan? 1)Arastu; 2) Buqrot; 3) Aflotun; 4) Suqrot; A) a-1, b-2 B) a-3, b-1 C) a-1, b-3 D) a-2, b-4 29 / 30 Quyidagilar orasidan o’rta asrlarda mavjud bo’lgan inklar davlatiga oid xato javobni toping? A) And tog’laridan Tinch okeaniga qadar bo’lgan B) Poytaxt Kuskoda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar tashkil qilingan C) Aholi yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar D) Qishloq xo’jaligidagi asosiy ekinlari kartoshka va makkajo’xori bo’lgan 30 / 30 Turkiston yagona va butun, uning yaxlitligini buzish maqsadga muvofiq emas, deb ta’kidlagan shaxni aniqlang. A) Q. Odinayev B) N.Paskutskiy C) S. Asfandiyorov D) S.Xo‘janov 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz