Uy » Abituriyent » Tarix abituriyent » Tarix abituriyent testi №2 Tarix abituriyent Tarix abituriyent testi №2 InfoMaster May 1, 2024 173 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 0 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix abituriyent testi №2 Abituriyent uchun tarix fanidan asosiy blok testlari. 1 / 30 Miloddan avvalgi IV asrning oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kirar edi? 1) Kichik Osiyo; 2) Eron; 3) Misr; 4) Mesopatamiya; 5) Kavkazorti; 6) Arabiston yarimoroli; 7) Parfiya; 8) Marg’iyona; 9) Xorazm; 10) So’g’diyona; 11) Shimoliy Hindiston; 12) Baqtriya A) 1, 3, 5, 6, 8, 11 B) 2, 4, 7, 8, 10, 11, 12 C) 2, 4, 7, 8, 10, 12 D) 1, 2, 3, 4, 7, 8, 10, 12 2 / 30 Qadimgi ko’kturk bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tashqari yana qaysi hududlardan topib o’rganilgan? 1) Xorazm vohasi; 2) Farg’ona vodiysi; 3) Yettisuv o’lkasi; 4) Toshkent vohasi; 5) Zarafshon vodiysi. A) 2, 3, 4 B) 2, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 3 3 / 30 Yunon-Baqtriya davlati mavjud bo’lgan asrlarga oid Xorazm shaharlarini aniqlang. A) Tuproqqal’a, Ko’zaliqir B) Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a C) Oybo’yirqal’a, Jonbosqal’a D) Ko’zaliqir, Jonbosqal’a 4 / 30 Ilk o’rta asrlarga oid quyidagi tarixiy yodgorliklardan qaysi biri Zarafshon vohasida joylashmagan? A) Varaxsha B) Afrosiyob C) Bolaliktepa D) Panjikent 5 / 30 Xato fikrni aniqlang. A) Farg’ona mil.avv. II-I asrlarda yuksak taraqqiy etgan davlat bo’lgan. B) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik, qurolsozlik yuksak darajada rivojlangan. C) Kushon davlati iqtisodiyotining asosini sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik tashkil etgan. D) mil. avv. II asrning oxirida Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylangan. 6 / 30 Qaysi omil Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo- sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko’payishiga imkon bergan? A) karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi B) yaxshi rivojlangan tog’-konchilik tarmog’iga egaligi C) yer egaligi munosabatlari va yangi ijtimoiy tabaqalarning vujudga kelganligi D) Turk xoqonligi davrida davlat markazining Choch viloyatiga ko’chirilganligi 7 / 30 Yuz bergan vaqti orasida 400 yil mavjud bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Zama jangida Karfagen armiyasining mag’lubiyatga uchrashi; Trayanning Rim imperiyasi taxtiga o’tirishi B) Kir II ning halok bo’lishi; Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Ahamoniylar davlatining bosib olinishi C) Makedon qo’shinlarining Oks daryosidan kechib o’tishi; Rim imperiyasiga asos solinishi D) Yunon-fors urushlarining tugashi; Yuliy Sezarning Rim hokimiyatini egallashi 8 / 30 Yunon-fors urushlari tugagan asrda … A) Qadimgi Baqtriya davlati vujudga kelgan. B) Buyuk Xitoy devorining qurilishi boshlangan. C) Afinada demokratiya ravnaq topgan. D) Rimga Alarix boshchiligidagi gotlar hujum qilgan. 9 / 30 Uning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq Majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutar edi. So’z kim haqida borayotganligimni aniqlang. A) Oktavian B) Perikl C) Solon D) Drakont 10 / 30 Xronologik xatoni aniqlang. A) 452- yil – Rimning vandallar tomonidan zabt etilishi B) mil. avv. 337- yil – Korinf ittifoqining vujudga kelishi C) mil. avv. 146- yil – rimliklar tomonidan Karfagenning vayron qilinishi D) mil. avv. 327- yil – makedonlar qo’shini Panjob o’lkasiga bostirib kirdi. 11 / 30 Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlilarini belgilang. 1) Xitoyda “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni” yuz berdi; 2) tarixchi Poliyen yashab, ijod qildi; 3) Rim imperiyasi tarixida “oltin asr” yuz berdi; 4) Dovon davlati barham topdi; 5) Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi; 6) tarixchi Arrian yashab, ijod qildi. A) 1, 2, 6 B) 1, 3, 6 C) 1, 2, 3 D) 2, 4, 5 12 / 30 Xato javobni aniqlang. A) Mil. avv. III mingyillik o’rtalaridan boshlab bronzadan mehnat qurollari yasala boshlandi. B) Attika viloyati O’rta Yunonistonning janubi-sharqiy qismida joylashgan. C) Eronning janubi-g’arbiy qismida Elam davlati vujudga kelgan. D) etrusklar Apennin yarimorolining janubi-g’arbiy qismida yashashgan. 13 / 30 V asrning 20- yillarida kidariylarning o’lkamizga kirib kelish yo’nalishi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Badaxshon va Toxariston orqali janubiy Sug’d vohasiga B) Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga C) Yettisuv va Qoshg’ar orqali Zarafshon daryosi havzasiga D) Kaspiy dengizi va Volgabo’yi orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga 14 / 30 Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi biri mil. avv. II asrga taaluqli emas? A) Rim-Karfagen o’rtasidagi puni urushlari nihoyasiga yetdi. B) Tarixchi va geograf olim tomonidan “Geografiya” asari yozildi. C) Yunon-Baqtriya davlati tarix sahnasidan ketdi. D) Tarixchi Poliyen yashab ijod qilgan. 15 / 30 563- yilda Eftallar davlati hududiga bostirib kirgan turklar Zarafshon vodiysidagi qaysi hududlarni egallashgan? A) Samarqand, Xo’jand va Jizzax B) Samarqand, Kesh va Naxshab C) Samarqand, Buxoro va Kesh D) Buxoro, Samarqand, Karmana 16 / 30 Xronologik xatoni toping. A) Mil. avv. V-IV asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. B) Mil. avv. V asrda Afinada davlat ishlarida ishlaydigan fuqarolarga muayyan haq to’lana boshlandi. C) Mil. avv. II-I asrlarda Farg’ona yuksak taraqqiy etgan davlatga aylangan. D) Oybo’yirqal’a yodgorligi mil. avv. IV-III asrlar bilan belgilanadi. 17 / 30 Mil. avv. VI asrning o’rtalarida … A) Kir II barcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirdi. B) Rim sarkardalari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. C) Ossuriya davlati tarix sahnasidan ketdi. D) Afinada avvalgi boshqaruv tizimi – aristokratiya yangi boshqaruv shakli – demokratiyaga almashtirildi. 18 / 30 Drakont qonunlari e’lon qilinganidan uch yuzu qirq bir yil keyin bo’lgan voqeani aniqlang. A) Doro I saltanatni satrapliklarga ajratdi. B) Aleksandr so’nggi fors shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etgan. C) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. D) Antiox hokimiyat tepasiga kelgan. 19 / 30 Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurash maqsadida hozirgi qaysi shahar yaqinida “Aleksandriya Esxata” qal’asini barpo ettirgan? A) Jizzax yaqinida B) Xo’jand yaqinida C) O’ratepa yaqinida D) Sirdaryo yaqinida 20 / 30 Turk xoqonligi chinakam markazlashgan davlat emas edi. Hukmdorning hokimiyati … A) harbiy-ma’muriy udumlar asosidagi rivojlangan qulchilik munosabatlariga asoslangan. B) urug’-aymoq udumlariga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. C) demokratik munosabatlarga tayangan, harbiy- ma’muriy boshqaruvga asoslangan. D) feudal munosabatlar asosidagi harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. 21 / 30 VI asrda turklar tomonidan mayda mahalliy hokimliklardan undirilgan to’lovlar qanday atalgan? A) xiroj va yasoq B) o’lpon, yasoq C) kafsan va dorug’a D) boj va yasoq 22 / 30 Qadim Yunonistonda qanday sabab bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan B) zafarli yurishlar natijasida C) to’rt tomondan xonavayron bo’lgan dehqonlarning ko’chib kelishi natijasida D) aholi sonining ko’payishi natijasida 23 / 30 Quyidagi tarixchilarni yashagan davriga ko’ra, xronologik ketma-ketlikda joylashtirilgan javob variantini belgilang. 1) Strabon; 2) Poliyen; 3) Arrian; 4) Kvint Kursiy Ruf A) 4, 3, 2, 1 B) 2, 1, 4, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 3, 4, 1, 2 24 / 30 Qadimda burgut qaysi o’lkalarda hukmronlik ramzi hisoblangan? A) Xorazm va Makedoniyada B) Rim va Xorazmda C) Rim va Xitoyda D) Eftallar va Rimda 25 / 30 Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas? A) Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini yaratishgan. B) O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi qoyatosh rasmlari mezolit davriga oid. C) Baqtriya, So’g’diyona va Marg’iyona Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. D) Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishlaridan so’ng Xorazm, Toshkent va Farg’ona hududlari mustaqilligicha qolgan emas. 26 / 30 Ilk o’rta asrlarda qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday obodonchilik ishlarini amlga oshirishda kimlar sarkor- ishboshi sifatida faol qatnashadilar? A) qishloq jamoalarining a’zolari, chokarlar, mulkdor tabaqa vakillari B) mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari C) kohinlar, mulkdor tabaqa vakillari, qabila boshliqlari, kadivarlar D) kashovarzlar, dehqonlar, chokarlar, kadivarlar 27 / 30 Qaysi hukmdor davrida Marg’iyona Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilgan? A) Kambiz II B) Kserks C) Kir II D) Doro I 28 / 30 Turk xoqonligining hujumidan foydalangan sosoniylar qaysi hududlarni eftaliylardan tortib oladi? A) Toxariston va Badaxshonni B) Toxariston va Chag’oniyonni C) Chag’oniyon va Ustrushonani D) Naxshab va Badaxshonni 29 / 30 Salavka o’z o’g’li Antioxni noib qilib tayinlagan hududlarga quyidagilarning qaysi biri kirmaydi? A) So’g’diyona B) Xorazm C) Marg’iyona D) Parfiya 30 / 30 Qadimgi Xorazmda mahalliy … buyumlarining dovrug’i o’zga yurtlarga ham tarqalgan edi. A) to’quvchilik, kulolchilik, zargarlik B) temirchilik, mischilik, qurolsozlik, zargarlik C) kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik D) to’quvchilik, kandakorlik, qurolsozlik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz