Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Fevral 12, 2024May 2, 2024 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 ga 1 fikr bildirilgan 0% 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima xato? Siz bo'sh hisobot yubora olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №16 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. ot+ot shaklidagi so’z berilgan qatorni toping? A) karnaygul B) achchiqtosh C) otboqar D) oqqush 2 / 10 2. O`zaro zid ma`noli so`zlar juftligini aniqlang. A) boy – kambag`al B) moziy – o`tmish C) mushkul – dushvor D) uquvsiz – noshud 3 / 10 3. Bog`langan qo`shma gap berilgan javobni toping? A) Bilmasdan qilingan har qanday aybni kechirish mumkindir, ammo xiyonatni kechirib bo`lmaydi. B) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. C) Aqlli ishiga ishonadi, aqlsiz tushiga ishonadi. D) Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. 4 / 10 4. Zag`chaning turqi ham, ovozi ham qarg`alarga yot edi. Ushbu gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi turkumdagi so`z bilan shakldoshlik hosil qiladi? A) ot B) sifat C) ravish D) fe`l 5 / 10 5. Sodda yasama soʻz(lar)ning asosidagi undoshlar faqat til undoshlari boʻlgan qatorni toping. A) Odamlarning bezgak pashshaday gʻingʻillashini eshitib, chehrang buzilmasin deyman. (A. Qahhor) B) Mustaqillikning quyoshi hilpirar ilalabad. C) Otini ayagan ot minar, toʻnini ayagan toʻn kiyar. (Maqol) D) Aksincha, u doʻstlikni kuchaytirdi, abadiylashtirdi. (M. Ismoiliy) 6 / 10 6. Muhammadali ko`chadan tomdan tarasha tushganday kirib keldi. Berilgan gapda ibora qaysi gap bo`lagi vazifasini bajargan? A) kesim B) ega C) aniqlovchi D) hol 7 / 10 7. Antonim so`zlar qatnashgan gapni toping. A) Iste`dodli o`quvchilar ichida do`stlarim borligidan faxrlanaman. B) Yosh qizaloq Ra`noxonning keksa buvisi bor. C) Birinchi xodim bilan yondosh yo`lga chiqqan ikkinchi xodim masalaga o`zgacha yondashdi. D) O`ng qo`li bilan peshonasidagi terni artdi. 8 / 10 8. Qaysi gapda ko`chma ma`noda qo`llangan so`z mavjud emas? A) Qizning atlas ko`ylagi o`ziga juda yarashgan edi. B) Bu ishni ko`ngildagidek bajarish uchun temir intizom kerak. C) Quyosh baxmal vodiy uzra erinibgina nur sochar edi. D) Xayolning tumanli pardasi aro Yillar ko`z oldimda charx urayotir… 9 / 10 9. Berilganlarning qaysi biri qo`shib yoziladi? A) huzur / halovat B) dardi / bedavo C) tosh / baqa D) tim / qora 10 / 10 10. Quyidagi gaplarning qaysi birida orttirma nisbatdagi fe`l qatnashgan? A) Ermatga qo`lini musht qilib ko`rsatdi. B) Polvon bilan men olishaman. C) Men bilmasligimning bilimdoniman. D) Odamzod hasad qilmasligini kerak. 0% Testni qayta ishga tushiring tomonidan Wordpress Quiz plugin Ona tili va adabiyot majburiy blok
I am always thought about this, regards for putting up.