Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 InfoMaster May 2, 2024 151 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 2 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda bir so‘zi “o‘xshash”, “umumiy” ma’nolarini anglatgan? A) Xonaga baland bo‘yli, keng yag‘rinli bir yigit kirib keldi. B) Bahor havosi g‘alati: bir yomg‘ir yog‘adi, bir quyosh charaqlaydi. C) Uning xirgoyisi bir chiroyli, bir yoqimli, eshitganingiz sayin rohatlanasiz. D) Unutma, bolam, kemaga tushganning taqdiri birdir. 2 / 10 2. Qaysi gapda tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) O‘g‘lim, Nosirjon sizga muhim topshiriq bor. B) Takrorlash − bilimning onasi. C) Suv keldi − nur keldi. D) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. 3 / 10 3. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? A) Har kim o‘z ekkanini o‘radi. B) Biz ertaga tog‘ga chiqishga qaror qildik. C) Men sirtqi bo‘limda o‘qishka qaror qildim. D) Hukmdor shu zahotiyoq bu qo‘zg‘olonni kuch bilan bostirdi. 4 / 10 4. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) ostona, rahmdil B) xalol, bepayon C) hatar, marifat D) taxsimot, mayus 5 / 10 5. Qaysi gapda qaratqich kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Kitobning varag‘ini yirtmang, uni avaylab ishlating. B) Bu Navoiyning g‘azaliga nazira tarzida yozilgan she’r edi. C) Ikkalasining ham yuzida ajablanish aks etganini ko‘rdim. D) Bu loyiha mutaxassislarning fikriga asoslangan holda ishlab chiqildi. 6 / 10 6. Quyidagi qaysi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qo‘shib yoziladi? A) hurmat//talab, bug‘doy//rang B) Boltiq//bo‘yi, ta’sir//et C) hech//vaqt, Qum//qo‘rg‘on D) dev//qomat, har//xil 7 / 10 7. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z aniqlovchi vazifasini bajargan? A) A B) C C) D D) B 8 / 10 8. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo‘llangan? A) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipssimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. B) Sadafbibi qoramag‘izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko‘zlari qop-qora qiz edi. C) Yomg‘irda cho‘milgan ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go‘zal ko‘rinardi. D) Elchi o‘rnidan turib, ko‘zlari katta-katta, bo‘yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. 9 / 10 9. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) uxlab qolmoq − mizg‘imoq B) ko‘zi ilinmoq − pinakka ketmoq C) hafsalasi pir bo‘lmoq − tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq D) gapirmaslik − og‘ziga olmaslik 10 / 10 10. Qaysi javobdagi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan narsa bildiruvchi so‘z qatnashgan? A) choynakni tozalamoq B) iliq munosabat C) aybini yuvmoq D) uzukning ko‘zi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 33 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 9 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29