Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 InfoMaster May 2, 2024 117 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0% 1 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №17 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan bog‘liq imloviy xatolik mavjud? A) Men sirtqi bo‘limda o‘qishka qaror qildim. B) Biz ertaga tog‘ga chiqishga qaror qildik. C) Hukmdor shu zahotiyoq bu qo‘zg‘olonni kuch bilan bostirdi. D) Har kim o‘z ekkanini o‘radi. 2 / 10 2. Qaysi gapda tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Suv keldi − nur keldi. B) O‘g‘lim, Nosirjon sizga muhim topshiriq bor. C) Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. D) Takrorlash − bilimning onasi. 3 / 10 3. Qaysi gapda bir so‘zi “o‘xshash”, “umumiy” ma’nolarini anglatgan? A) Bahor havosi g‘alati: bir yomg‘ir yog‘adi, bir quyosh charaqlaydi. B) Uning xirgoyisi bir chiroyli, bir yoqimli, eshitganingiz sayin rohatlanasiz. C) Unutma, bolam, kemaga tushganning taqdiri birdir. D) Xonaga baland bo‘yli, keng yag‘rinli bir yigit kirib keldi. 4 / 10 4. Berilgan qaysi javobda sifatning bir ma’no turi qo‘llangan? A) Elchi o‘rnidan turib, ko‘zlari katta-katta, bo‘yi novcha Siparganizga ta’zim qildi. B) Yashil barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipssimon, shoxlarda ketma-ket joylashgan. C) Sadafbibi qoramag‘izdan kelgan, yuzlari yumaloq, qosh-ko‘zlari qop-qora qiz edi. D) Yomg‘irda cho‘milgan ulkan bog‘, qizil qum sepilgan xiyobonlar, gulzorlar yanada go‘zal ko‘rinardi. 5 / 10 5. Qaysi javobdagi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llangan narsa bildiruvchi so‘z qatnashgan? A) uzukning ko‘zi B) aybini yuvmoq C) iliq munosabat D) choynakni tozalamoq 6 / 10 6. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z aniqlovchi vazifasini bajargan? A) A B) D C) B D) C 7 / 10 7. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) taxsimot, mayus B) xalol, bepayon C) hatar, marifat D) ostona, rahmdil 8 / 10 8. Qaysi gapda qaratqich kelishigini tushirib qo‘llash uslubiy jihatdan xato sanaladi? A) Bu Navoiyning g‘azaliga nazira tarzida yozilgan she’r edi. B) Kitobning varag‘ini yirtmang, uni avaylab ishlating. C) Ikkalasining ham yuzida ajablanish aks etganini ko‘rdim. D) Bu loyiha mutaxassislarning fikriga asoslangan holda ishlab chiqildi. 9 / 10 9. Qaysi javobda so‘z va ibora ma’nodoshligi berilgan? A) ko‘zi ilinmoq − pinakka ketmoq B) gapirmaslik − og‘ziga olmaslik C) uxlab qolmoq − mizg‘imoq D) hafsalasi pir bo‘lmoq − tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq 10 / 10 10. Quyidagi qaysi juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda qo‘shib yoziladi? A) Boltiq//bo‘yi, ta’sir//et B) dev//qomat, har//xil C) hech//vaqt, Qum//qo‘rg‘on D) hurmat//talab, bug‘doy//rang 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 29 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29