Uy » Attestatsiya testlar » Huquq attestatsiya » Huquq attestatsiya №15 Huquq attestatsiya Huquq attestatsiya №15 InfoMaster Yanvar 30, 2024 395 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi -42 0% 6 Savol haqida xabar bering Bu savolda nima bo'ldi? Siz bo'sh hisobotni taqdim eta olmaysiz. Iltimos, ba'zi tafsilotlarni qo'shing. 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Huquq attestatsiya №15 Attsetatsiya 2024 Davlat huquq asoslari fani ustozlari uchun 1 / 50 1. Quyidagi qaysi belgi etatik davlatga xos emas? A) davlat o’z fuqarolari siyosiy birlashmalari va tashkilotlarining erkinliklarini qat’iy cheklab qo’yadi. B) davlat iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni va hatto fuqarolarning shaxsiy hayotini ham o’z boshqaruvi ta’siriga olishga intiladi. C) davlat va fuqarolarning bir-birlari oldida o’zaro ma’suliyati bo’ladi. D) Qonun o’rnini ko’pincha qat’iy buyruq va farmoyishlar egallaydi. 2 / 50 2. O’zbekiston xalqi nomidan kimlar ish olib borishi mumkin? A) faqat Oliy Majlis B) faqat Vazirlar Mahkamasi C) faqat Prezident D) Oliy Majlis va Prezident 3 / 50 3. “Fozil odamlar shahri” asarining muallifi … A) Ibn Sino B) Beruniy C) Farg’oniy D) Farobiy 4 / 50 4. Davlatning ibtidoiy va urug’chilik jamiyatidan ajratib turuvchi belgisi qaysi qatorda notug’ri ko’rsatilgan? A) davlat o’z mustaqilligiga ega bo’lishi lozim. B) davlat to’laqonli bo’lishi uchun o’zining asosiy ramzlariga ega bo’ladi. C) davlat hokimiyatni to’laqonli amalga oshirish uchun qonunlar va turli normativ hujjatlar qabul qiladi. D) davlat paydo bo’lgan jamiyatda fuqarolar ma’lum bir hududga birlashadilar. 5 / 50 5. “Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi” – ushbu hikmat kimga tegishli? A) Farobiyga B) Ibn Sinoga C) Abu Bakr Xorazmiyga D) Amir Temurga 6 / 50 6. Qaysi qatordagi davlat Parlamentar Respublikaga misol bo’ladi? A) Argentina B) Shvetsiya C) Gretsiya D) Norvegiya 7 / 50 7. Nulifikatsiya bu… A) ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini e’tirof etish B) Ittifoqqa a’zo bo’lib kirish C) ittifoq tarkibidagi a’zolikni to’xtatish D) ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini qo’llamaslik 8 / 50 8. Qaysi qatorda unitar tuzilishdagi davlatlar berilgan? A) Shvetsariya, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati B) Birlashgan Arab Amirligi, Turkmaniston C) Yaponiya, Fransiya D) Rossiya, Germaniya 9 / 50 9. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. … davlat faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro’yobga chiqariladi. A) davlatning funksiyalari B) fuqarolik jamiyati C) siyosiy tartibot D) davlat mexanizmi 10 / 50 10. Qomusimizning 14-moddasiga ko’ra davlat o’z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida bir qator prinsiplar asosida amalga oshiradi. Quyidagi qaysi prinsip bundan mustasno? A) ijtimoiy adolat B) insonparvarlik C) birdamlik D) qonuniylik 11 / 50 11. Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni boshqarishdagi qo’llaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi nima deyiladi? A) davlatning boshqaruv shakli B) davlat mexanizmi C) davlat funksiyasi D) siyosiy tartibot 12 / 50 12. Jamiyatni boshqarish va xalq manfaatlarini himoya qilishini amalga oshiradigan davlat organlarining yaxlit tizimi … A) davlat mexanizmi B) huquqiy tashkilot C) davlat organi D) siyosiy tartibot 13 / 50 13. Quyidagi davlatlardan qaysi biri Prezidentlik Respublikasiga yaqqol misol bo’ladi? A) Gretsiya B) Germaniya C) Portugaliya D) Braziliya 14 / 50 14. Quyidagi qaysi davlat cheklangan monarxiya davlati emas? A) Buyuk Britaniya B) Norvegiya C) Irlandiya D) Daniya 15 / 50 15. Huquqiy davlatning belgisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilmagan? A) Huquqning ustuvorligi B) yuqori darajadagi huquqiy madaniyat C) hokimiyat vakolatlarining taqsimlanmasligi D) huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi 16 / 50 16. Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi. Ushbu qoida konstitutsiyamizning nechanchi moddasida qayd etilgan? A) 67- modda B) 20- modda C) 76- modda D) 21- modda 17 / 50 17. Jamiyatning shakllangan siyosiy instituti bu … A) Hukumat B) Fuqarolik jamiyati C) Qabila D) Davlat 18 / 50 18. “Shayx-ur-rais” nomi bilan tanilgan alloma … A) Muso al-Xorazmiy B) Abu Ali Ibn Sino C) Abu Rayhon Beruniy D) Ahmad Yugnakiy 19 / 50 19. Harakatlar strategiyasining 2- yo’nalishi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish B) Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish C) Xalqaro bag’rikenglik va xorijiy davlatlar bilan har tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish D) Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish 20 / 50 20. Qachon BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan? A) 1961- yilda B) 1952- yilda C) 1949- yilda D) 1948- yilda 21 / 50 21. O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Konstitutsiyamizning qaysi moddasida shunday deyilgan? A) 13- modda B) 17- modda C) 32- modda D) 11- modda 22 / 50 22. Yurtimizda mehnat qilayotgan aholining huquqlarini himoya qiluvchi eng ommaviy jamoat birlashmasi bu… A) Siyosiy partiyalar B) Faxriylar kengashi C) Kasaba uyushmalari D) Mehnat birjalari 23 / 50 23. O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida quyidagi qaysi huquqqa ega emas? A) o’z Qurolli Kuchlarini tashkil qilish huquqi B) daxlsizlik, o’z hududiga va chegarasiga egalik huquqi C) Markaziy Osiyo davlatlarining ma’muriy tuzilishini belgilash huquqi D) davlat tiliga egalik huquqi 24 / 50 24. Qaysi davlat tuzilishi shaklida yagona hudud, yagona fuqarolik bo’lmaydi, har bir davlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo’ladi? A) unitar B) konfederativ C) demokratik D) federativ 25 / 50 25. 2018- yil 1- iyul holatiga ko’ra yurtimizda qancha fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat yuritmoqda? A) 9000 dan ortiq B) 8000 dan ortiq C) 7000 dan ortiq D) 10 000 dan ortiq 26 / 50 26. Quyida nechanchi modda keltirilgan?:Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. A) 63- modda B) 67- modda C) 21- modda D) 20- modda 27 / 50 27. Qaysi qatorda konfederativ tuzilishdagi davlatlar qayd etilgan? A) Yaponiya, Fransiya B) Shvetsariya, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati C) Birlashgan Arab Amirligi, Turkmaniston D) Rossiya, Germaniya 28 / 50 28. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan jaobgarlikka tortishga asos bo’ladi. Ushbu qoida Qomusimizning nechanchi moddasidan olingan? A) 16- modda B) 15- modda C) 7- modda D) 13- modda 29 / 50 29. Komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog’liqlikda bo’lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat nima deyiladi? A) etatik davlat B) davlatning oraliq turi C) fuqarolik jamiyati D) huquqiy davlat 30 / 50 30. Qaysi qatorda federativ tuzilishdagi davlatlar to’g’ri ko’rsatilgan? A) Yaponiya, Fransiya B) Shvetsariya, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati C) Birlashgan Arab Amirligi, Turkmaniston D) Rossiya, Germaniya 31 / 50 31. Hokimiyatni bosib olish uchun fitna uyushtirganlarga qancha mddatgacha ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi? A) 5 yildan 10 yilgacha B) 7 yildan 12 yilgacha C) 10 yildan 20 yilgacha 32 / 50 32. "Ishga qabul qilishning eng kichik yoshi to'g'risida"gi konvensiya nechanchi son qonun bilan ratifikatsiya qilingan? A) O'RQ 144-son B) O'RQ 437-son C) O'RQ 140-son 33 / 50 33. So'roqning umumiy vaqti bir kunda necha soatdan ortib ketmasligi kerak? A) 6 soat B) 7 soat C) 8 soat 34 / 50 34. Prokuratura o'z faoliyatini qaysi organ nomidan amalga oshiradi? A) Hech kimning nomidan amalga oshirmaydi B) Oliy Majlis C) Vazirlar Mahkamasi 35 / 50 35. Mehnatga oid qounin hujjatlarning vazifalarini aniqlang? 1.adolatli va xavfsiz mehnat sharoiti yaratish 2.xodim huquqlarini himoya qilish 3.xodim soğliğini muhofaza qilish 4.korxona rahbarining huquqini himoya qilish A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,2,3,4 36 / 50 36. Zig-zak metodiga to’gri ta’rif berilgan qatorni ko’rsating. A) Solishtirish, taqqoslash, mustahkamlash. B) Siniq chiziq, ilonizi, egri-bugri. C) Ilonizi, uzun chiziq, solishtirish. D) Tushuncha, tikish, chiziq. 37 / 50 37. Interaktiv metodning lug‘aviy ma'nosi? A) Inter- nofaol, faol-harakat B) «Inter» - hamkor, «act» - texnologiya. C) «Inter» - metod, «act» - harakat. D) «Inter» - hamkor, «act» - harakat. 38 / 50 38. “Ta'lim tеxnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichlari necha bosqichdan iborat A) 5-bosqich B) 3-bosqich C) 4-bosqich D) 2-bosqich 39 / 50 39. Obro’ orttira olish qobiliyati ko’rsatilgan qatorni toping? A) O’quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko’rsatish va obro’ orttira olishidir. B) O’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rish. C) O’quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish. D) To’g’ri muomala qila bilish qobiliyati. 40 / 50 40. O`qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati- A) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. B) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. C) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati D) O`quvchining ichki dunyosiga kira bilish, o`quvchi shaxsini va uning ruhiy holatini tushuna bilish bilan bog`liq bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik qobilyati. 41 / 50 41. Hamkorlikdagi o’qishni tashkil etish usullariga qaysi biri kirmaydi? A) «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» B) «Birgalikda o’qiymiz» C) «Arra» D) «Aqliy hujum» 42 / 50 42. O`qituvchining tashkilotchilik qobilyati- A) O`quvchilar jamoasini uyushtirsh, jipslashtirish, muhum vaifalarni hal etishga ruhlantirish qobilyati. B) Hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish qobilyati. C) Guruhiy faoliyatni shakllantirish qobilyati. D) Bolalarga yaqinlasha olish qobilyati. 43 / 50 43. Muloqot texnologiyasi necha bosqichda olib boriladi. A) 6 B) 8 C) 7 D) 5 44 / 50 44. Axborotli texnologiyalari bu...? A) Pedagogikada monitoring B) Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi C) Nazorat turlari (joriy, oraliq, yakuniy) D) O’zaro ta’sirlar 45 / 50 45. Fikrlash jarayonining mustaqilligini yuqori darajada talab etuvchi vaziyat turi. A) Baholash uchun vaziyat B) Muammoli vaziyat C) Tasvirlovchi vaziyat D) Ko’rsatmali vaziyat 46 / 50 46. O`qituvchi nutq qobilyati – A) Nutq yordamida o`z fikr va tuyg`ularini aniq ifodalash qobilyati. B) Paralingvistik ta’sir o`tkazish qobilyati C) Verbal qobiliyati D) To`g`ri muloqot maromlarini egallash qobiliyati 47 / 50 47. Texnologiya» so’zining lug’aviy ma’nosi? A) «Texne» - san’at, «logos» – tushuncha o’qitish B) «Texne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha ta’limot C) «Texne» - qobiliyat, san’at, «logos» - tushuncha ta’lim D) «Texne» - mehnat, san’at, «logos» - tushuncha bilim 48 / 50 48. Kеys-stadi ilk marta qayеrda va qachon qo’llanilgan edi? A) Manchеstеr univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda B) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1870 yilda C) Oksford univеrsitеtining huquq maktabida 1880 yilda D) Garvard univеrsitеtining huquq maktabida 1830 yilda 49 / 50 49. Pedagogik muloqot uslublari to’g’ri keltirilgan qatorni toping A) Demokratik, intelektual. B) Avtoritar, liberal, demokratik. C) Liberal, demokratik, trening. D) Avtoritar ,demokratik. 50 / 50 50. Muloqot bu – A) Muloqot o’zaro axbort ayri boshlash jarayoni B) Shaxslararo munasobatlar tizimi. C) Odamning birgalikdagi faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayoni D) Hamkorlikdagi faoliyat samarasini belgilovchi munosabat jarayoni 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Huquq fanidan attestatsiya savollari №16