11-sinf Biologiya olimpiada №6

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

11-sinf Biologiya olimpiada №6

2023-yil 20-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

1. Qonning ivishi jarayonini to‘g‘ri ketma-ketlikda belgilang. a) tromboplastin fermenti qon plazmasiga chiqadi; b) trombotsitlar yoriladi; d) trombin fibrinogen oqsilini fibringa aylantiradi; e) tromboplastin protrombin fermentini trombinga aylantiradi; f) fibrin tolalari to‘r hosil qiladi; g) qon hujayralari fibrin tolalari orasiga tiqilib qoladi; h) qon laxtasi quyuqlashadi.

(Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: a,b,c)

2 / 30

2. DNK molekulasi haqidagi ma‘lumotlarga ma‘lumotlarga asoslanib, DNKga tegishli to‘g‘ri tenglamani ko‘rsating.

3 / 30

3. Moddalar almashinuvi aks ettirilgan sxemada hayvonlarda kechadigan jarayon to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

4 / 30

4. Nokning tosh hujayralari (1), tut novdasining eng ustki qavati (2), gilos bargining et qavati (3), qovunning asal shiraga boy mevasi (4) qaysi to‘qimaga mansubligi bilan juftlang. a) mexanik to‘qima, b) qoplovchi to‘qima, c) xlorenxima, d) jamg‘aruvchi to‘qima, e) meristema

5 / 30

5. Ossilatoriya haqidagi noto‘g‘ri fikrni aniqlang.

6 / 30

6. Qaysi o‘simliklarning bargi oddiy yonbargchasiz (a) va murakkab yonbargchali (b) bo‘ladi? 1) ismaloq; 2) yantoq; 3) keyreuk; 4) tok; 5) partenotsissus; 6) kanop; 7) no‘xat; 8) yeryong‘oq

7 / 30

7. Meyoz natijasida hosil bo‘lgan hujayrada 12 ta xromosoma bo‘lsa, shu jarayon interfaza bosqichining G2 davrida hujayrada nechta xromatidalar bo‘lganligini aniqlang.

8 / 30

8. Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri fikrlar bilan to‘ldiring. Begemot … . 1) toq tuyoqli hayvon; 2) juft tuyoqli hayvon; 3) Habashiston biogeografik viloyatida tarqalgan; 4) Hindomalay biogeografik viloyatida tarqalgan.

9 / 30

9. Quyidagi grafikda i-RNK tarkibidagi jami nukleotidlar soni ifodalangan. Ushbu i-RNK sinteziga javobgar DNK qo‘sh zanjiridagi guanin nukleotidlar sonini aniqlang.

10 / 30

10. Quyidagi rasmda odam yurak siklining turli bosqichlaridagi (I, II) holati tasvirlangan. Ushbu rasm asosida quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri ekanligini aniqlang. a) yurak siklining II bilan belgilangan bosqichida chap va o‘ng qorinchalar qisqarib, tomirlarga qon chiqaradi; b) 1 va 2 raqamlari bilan belgilangan qon tomirlarida arterial qon harakatlanadi; c) yurak siklining I bilan belgilangan bosqichida o‘ng bo‘lmacha uch tavaqali klapan orqali o‘ng qorinchaga, chap bo‘lmacha ikki tavaqali klapan orqali chap qorinchaga ochiladi; d) 1 va 5 raqamlari bilan belgilangan qon tomirlar katta qon aylanish doirasining arteriya qon tomirlari hisoblanadi; e) yurak siklining II bilan belgilangan bosqichida chap va o‘ng bo‘lmachalar bo‘shashadi.

(Javobni  nechta ekanligini sonini quyidagicha kiriting: 6)

11 / 30

11. Ko‘l baqasining embrional rivojlanish jarayonlari to‘g‘ri ketma-ketlikda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) morfologik ixtisoslashish; 2) blastula hosil bo‘lishi; 3) o‘pka va ikkita qon aylanish doirasini rivojlanishi; 4) tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘linishi; 5) o‘zak organlarning hosil bo‘lishi; 6) itbaliqda dum va yon chiziq organlarining yo‘qolishi; 7) ikki qavatli murtakni hosil bo‘lishi.

12 / 30

12. Bir sinfga mansub o‘simliklar navlarini aniqlang.

13 / 30

13. Qaysi javobda hujayra qutblariga bir xil shakldagi jinsiy xromosomalarning tarqalish holati kuzatiladi.

14 / 30

14. Barcha xordalilar (a), umurtqalilar (b), sutemizuvchilar (c) uchun umumiy belgilarni aniqlang. 1) ixtisoslashgan tishlar; 2) xorda; 3) nerv nayi; 4) orqa miya; 5) diafragma; 6) besh bo‘limli bosh miya; 7) yo‘ldosh

15 / 30

15. Evolyutsiya dalillariga mos keladigan misollar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan? 1) iskabtopar va kapalakning qanotlari – gomologik organlar; 2) ko‘p hujayralilarda ontogenez zigotadan boshlanadi; 3) kashalotning orqa oyoqlari – rudiment organ; 4) odam embrionida jabra yoriqlari bo‘ladi; 5)umurtqalilar ontogenezida blastula davri bo‘ladi.

16 / 30

16. Diploid navli qalampirning 35ta birlamchi jinsiy hujayrasidan hosil bo‘lgan spermiylarning ma’lum qismi urug‘lanishda qatnashgan. Urug‘lanishda qatnashgan spermiylardagi xromasomalar soni urug‘lanishda qatnashmagan spermiylardagi xromasomalar sonidan 2688 taga kamligi ma’lum bo‘lsa, markaziy hujayrani urug‘lantirishda qatnashgan spermiylar sonini aniqlang.

17 / 30

17. Quyida tormozlanishning qaysi turlari ifodalangan? a)itlarda notanish ta’sirlovchi ta’sirida ovqatlanish refleksining so‘nishi; b)energiya kamaygan sari nerv hujayralari charchab, tormozlangan holatga o‘tishi.

18 / 30

18. DNK dagi bitta nukleotidning o‘rtacha og‘irligi 345 dalton, oqsildagi bitta aminokislotaning o‘rtacha og‘irligi 120 dalton ekanligi ma’lum. 227700 massali DNK molekulasida mutatsiya tufayli 6 juft nukleotid yo‘qoldi. Natijada hosil bo‘lgan oqsilning umumiy massasini aniqlang.

19 / 30

19. Quyida berilgan tushunchalar va ularning tavsifi o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1) alohidalanish; 2) mikroevolyutsiya; 3) divergensiya; 4) konvergensiya; 5) aromorfoz. а) kenja tur va turlarning paydo bo‘lishi; b) sinf, tip darajasida yuzaga keladigan tuzilishning yuksalishi bilan bog‘liq evolyutsion o‘zgarishlar; c) bir ajdoddan tarqalgan organizmlarning turli muhitda yashashi tufayli belgi-xossalarining bir-biridan farqlanishi; d) bir turga mansub individlarning erkin chatishuvini cheklovchi to‘siq.

20 / 30

20. Quyidagi berilgan rasmga asoslangan holda, oqsil molekulasiga tegishli mazkur (a) va (b) jarayonlarining qanday nomlanishini aniqlang.

(Javobni kichik lotin harflarida imloviy xatolarsiz vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: olma,anor)

21 / 30

21. Tog‘arpa o‘simligining barglarida antotsian rangining yuzaga chiqishi A genga, yashil rangning yuzaga chiqishi esa a genga bog‘liq. Agar 100 m2 maydonda o‘sayotgan 15000 ta o‘simlikdan 600 tasining barglari yashil rangda bo‘lsa, 50 m2 maydondagi o‘simliklardan nechtasining barglari antotsian rangiga ega bo‘ladi?

22 / 30

22. Odamlarda gemofiliya va daltonizm kasalliklari ressesiv genga bog‘liq bo‘lib, X jinsiy xromosomada joylashgan. Nazariy jihatdan ular orasidagi masofa 8 Morganidaga teng. Pakanalik esa autasomada joylashgan dominant belgi. Barcha belgisi bo‘yicha geterozigotalik ayol, normal bo‘yli, sog‘lom erkak bilan turmush qurdi. Avlodining necha foizi fenotip jihatdan otaga o‘хshaydi?

(Javobni joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 20 yoki 20,5)

23 / 30

23. Bug‘doydoshlar oilasi vakillarining tokdoshlar oilasi vakillaridan farqlarini toping. 1) barglari uzun bandli; 2) gullari mayda, rangsiz, ikki yoki bir jinsli; 3) gulkosachasi yaxshi taraqqiy etmagan, changchilari 5 ta; 4) urug‘chisi bitta, tumshuqchasi patsimon shoxlangan; 5) barg yaprog‘ining qindan ajralgan yerida kichkina yupqa pardasimon o‘simta bor; 6) urug‘kurtagi tuguncha devori bilan o‘ralgan

24 / 30

24. Gomozigota II va III qon guruhga ega ota-ona farzandi buyrak venasi (a), birlamchi siydigi (b), eritrositlar (c) da qanday moddalar bo‘ladi. 1) shakar; 2) ferment; 3) alanin; 4) agglyutinin α; 5) qoldiq azot; 6) agglyutinogen A; 7) agglyutinogen B; 8) mochevina;

25 / 30

25. Transmissibl va avtonom plazmidlarining o‘xshashligini aniqlang. 1) DNK molekulasi xalqasimon; 2) qiz hujayralariga tasodifiy taqsimlanadi; 3) 3-10 ta geni bor; 4) asosiy xromosomaga birika oladi; 5) antibiotikka chidamli geni bor; 6) antibiotikni parchlovchi genlar bir plazmiddan ikkinchisiga transpozon orqali o‘tadi

26 / 30

26. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlarning GCC ACG TAG TGG TGG GGT TCG GAT ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, uchinchi tripletdagi T nukleotidi C nukleotidiga almashsa, mutatsiyadan so‘ng, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini toping.

27 / 30

27. Gipоfiz bezidan ajraladigan gormonlarning ba`zilar ovqat hazm qilish bezlari ishini......(1), qalqonsimon bezning tiroksin gormoni ovqat hazm qilish bezlari ishini (2)

28 / 30

28. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan?

29 / 30

29. Keta va gorbusha uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1) tana skeleti suyakdan iborat; 2) ikkita orqa suzgichga ega; 3) ko‘payish davrida dengizdan daryoga o‘tadi; 4) ko‘payish davrida daryodan dengizga o‘tadi.

30 / 30

30. Ekologik piramidani bug‘doy, chigirtka, kaltakesak va lochin tashkil etadi. Bug‘doyning chorak qismi iste’mol qilingandan so‘ng, lochinning biomassasi 4 kg ni tashkil etsa, bug‘doyning dastlabki umumiy massasini (tonna) aniqlang.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0