Uy » Online olimpiada » Ona tili va adabiyot olimpiada » 10-sinf Ona tili olimpiada №5 Ona tili va adabiyot olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Ona tili olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 599 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 18 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Ona tili olimpiada №5 2023-yil 21-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 30 1. Qaysi gapda sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchani qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Vatan istiqboli, yurt farovonliligi uchun jonini qurbon qilgan bobolarimiz ruhi hamisha shod bo‘lsin. B) O‘qiladigan qiz butun jamiyatni o‘zgartirishi mumkin, chunki u farzandini ham o‘qitishga harakat qiladi. C) Hozirgi kunda o‘zim yoqtirmagan joyda ishlaganman. D) Ba’zilar tananing og‘irligiga bo‘yning mutanosibligini sog‘lomlik va go‘zallik belgisi deb hisoblashadi. 2 / 30 2. Ushbu qit’ada haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. Tengri xonin ochuq aqida qilib, Xalqdin ro‘zi istagan gumroh Uyladurkim tengiz qirog‘inda Ro‘za ochmoqqa qozg‘oy choh. A) Ro‘za tutilganda dengiz suvidan emas, choh qazib ichilgan suv afzalligi aytilgan. B) Yaratgandan emas, boshqalardan umidvor bo‘lish noshukurlik ekanligi aytilgan. C) Xalqning roziligini topmagan odam gunohkor bo‘lishi bayon etilgan. D) Inson har qanday holatda ham shoshmasdan ish tutishi kerakligi ta’kidlangan. 3 / 30 3. Ushbu gapda imloviy xato yozilgan so‘z qaysi gap bo‘lagi bo‘lib kelgan. Barchamiz kulishni yaxshi ko‘ramiz! Hayotda buning uchun sabablar talaygina: latifalar o‘qish, komediya janridagi film tomosha qilish yoki do‘stlar bilan maza qilib hangomalashish mumkin. Kulgu immunitetni oshirib, asab tizimini bir maromga olib keladi, umrni uzaytirib, kayfiyat yaxshilanishiga sabab bo‘ladi A) kesim B) to‘ldiruvchi C) ega D) hol 4 / 30 4. Berilgan gaplar va ularda ishtirok etgan fe’l shakllari to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. 1)Inson tabassumi bilan tarbiyasini ko‘rsatganidek, nimaga kulgani bilan saviyasini namoyon qiladi. 2)Odamlar seni bilmasligini qo‘y, o‘zing ko‘pni bila olmasligingdan kuy. a)harakat nomi b)otlashgan sifatdosh c)qo‘shma fe’l d)ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi e)buyruq mayli f)nisbat shaklini olgan fe’l A) 1-b, d, f; 2-a, c, e B) 1-b, c, f; 2-a, d, e C) 1-a, d, e; 2-b, c, f D) 1-a, c, e; 2-b, d, f 5 / 30 5. Qaysi qatorda iboraning izohi NOTO‘G‘RI ? A) O‘g‘zining tanobi qochdi – kayfiyati tushmoq; B) Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – yuvosh; C) Almisoqdan qolgan – juda eski; D) Ishning beliga tepmoq – xalal bermoq. 6 / 30 6. Fitratning “Abulfayzxon” dramasidagi ushbu parcha kimning tilidan aytilgan? Men juda yaxshi bilaman: siz shu kun erta Abdumo‘minni ham otasining orqasiga yuborib, taxtini olarsiz. Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki ul haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. A) Hakimbiy B) Ibrohimbiy C) Qozi Nizom D) Farhod otaliq 7 / 30 7. Ushbu baytda ostiga chizilgan so‘zlar orqali qanday she’riy san’at qo‘llangan? Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun nas keltirur “nun” eltibon “sod” ustina. A) kitobat B) tazod C) ta’did D) iyhom 8 / 30 8. Gap haqida berilgan XATO hukmni toping. Qahraton qish kularidan biri edi. Birdan qor yog‘a boshladi. Ob-havoning sovug‘idan, izg‘irinligidan qaltiray boshladim. Shu payt uning – do‘stim Sanjarning ovozi eshitildi. A) Qaratqich aniqlovchi ajratilgan. B) Egalar bir xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. C) Egasi ma’lum gap ishtirok etgan. D) Vositali to‘ldiruvchi uyushib kelgan. 9 / 30 9. Ilmiy uslubga xos birliklarni aniqlang. 1)sohaga doir terminlar faol qo‘llanadi; 2)ta’rif-qoidalar keltiriladi; 3)bo‘yoqdor birliklar, ibora va maqollardan foydalaniladi; 4)murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko‘p uchraydi. A) 2, 3, 4. B) 1, 2, 4; C) 3, 4; D) 1, 2, 3; 10 / 30 10. Qaysi gapda o‘tgan zamon qo‘shimchasi uslubiy ma’no ifodalamagan? A) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim. B) Saidxon aka, bu qanday ko‘rgilik-a? Endi men nima qildim. C) Shuncha narsani bilding, o‘rganding. Endi unga amal qil. D) Yur, ketdik. Qorning to‘qmi? 11 / 30 11. Ul sanamkim suva yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‘lur. Ushbu parcha muallifini toping. A) Lutfiy B) Yassaviy C) Atoyi D) D)Navoiy 12 / 30 12. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni belgilang. A) tur, nav, tasnif B) vafo, sadoqat, sodiq C) band, mashg‘ul, mas’ul D) himoya, mudofaa, muhofaza 13 / 30 13. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar berilgan qatorni belgilang. A) ko‘pdan-ko‘p, baland-baland, oz-moz B) tim-qora, galma-gal, saranjom-sarishta C) dam-badam, yaxshi-yomon, tip-tiniq D) sap-sariq, yengil-yelpi, qadamba-qadam 14 / 30 14. Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga tushum kelishigini ham, chiqish kelishigini ham qo‘llash mumkin? A) Chollar… biri unga emas, jo‘mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi. B) Shunda u o‘zining hozirgina dala… kelganini esladi. C) Juvon qo‘lidagi olma… ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. D) Baxtim… deymi, yo buning aksimi, Munisxon kiyim-kechakni yaxshi ko‘radigan ayol ekan. 15 / 30 15. Gapda mazmun va grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘langan tobe bog‘lanishlar berilgan javobni aniqlang. Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharqda va G‘arbda dong taratdi. A) Sharqda va G‘arbda, qahramon sifatida dong taratdi B) Vatanparvar va qahramon, qahramon sifatida dong taratdi C) Kurashda dong taratdi, Jaloliddin Manguberdi dong taratdi D) Kurashda dong taratdi, jasorati tufayli 16 / 30 16. Berilgan qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik yuz bergan? A) Birgalashib maktab hovlisini supurdik; B) Bozordan o‘nta kitoblar sotib oldim. C) Yaxshisi, sen ustozning topshiriqlarini bajar; D) Kitobning bitta varag‘i yo‘q ekan; 17 / 30 17. Ko‘chirma gap qismi ergashgan qo‘shma gap bo‘lgan gapni toping. A) Alisher Navoiy shunday demish: «Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur». B) «Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan, – deydi Mahmud Koshg‘ariy, – baxt va davlat ketadi». C) «Temur tuzuklari»da shunday deb bitilmish: «Tajribamdan ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdur». D) Alisher Navoiy shunday degan: “Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdan qaytma”. 18 / 30 18. Quyidagi gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarining o‘g‘ri ketma-ketligini aniqlang. Donishmandlar bunday deganlar Qaroqchi sultondan qo‘rqadi o‘g‘ri posbondan qallob chaqimchidan A) : “ , , “ . B) : “ , − , − “ . C) − “ , − , “ . D) : “ , , . “ 19 / 30 19. ”Alpomish” dostonida “O‘zbak sen bunday bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib o‘lma, hali ham qo‘ygin…” deb Apomishga kim aytadi? A) Qorajon B) Ko‘kaldosh C) Yartiboy D) Qultoy bobo 20 / 30 20. Ariza, rezyume, tilxat, dalolatnoma kabilar, shuningdek, qonun, qaror, nizom, xalqaro hujjatlar qaysi uslubda yoziladi? A) rasmiy B) publitsistik C) ilmiy D) badiiy 21 / 30 21. Gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga mazmun va grammatik jihatdan mos keluvchi yordamchi so‘zni qo‘ying. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy, … o‘zbek tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi». A) ya’ni B) yoki C) hamda D) balki 22 / 30 22. Ushbu she’rdagi NOTO‘G‘RI mulohazani toping Menga qulluq qilma, Yurt tuprog‘in o‘p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning sen-u mendek shoirlari ko‘p, Buyuk elga endi daholar kerak. Qaddingni baland tut, Bo‘lma serta’zim, Cho‘qqi bo‘lolmasang, mahkam qoya bo‘l. Pillapoya bo‘ldim senga, azizim, Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l... A) Shoir she’r orqali inson oldiga aniq maqsad qo‘yishi va dadil bo‘lishi kerakligini aytadi. B) Shoir fidolar so‘zi orqali yurtini sevuvchi u uchun borini beruvchi insonlarni nazarda tutadi. C) Shoir pillapoya so‘zi orqali o‘zining oyoqosti bo‘lganligini aytadi. D) Shoir yurtga chinakam daholar kerakligini ta’kidlaydi. 23 / 30 23. Qaysi qatorda vergul o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida yozilgan? 1)Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz. 2)Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar. 3)Haqiqiy olimning so‘zi, o‘yi, fikri va ishi bir xil bo‘ladi. 4)Nimalar haqida surasan xayol, ey majnuntol? 5)Soy bo‘yidagi choyxonada, gavjum joyda, Azimjon uchradi. 6)Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, o‘qib, ishlab kelyapman. A) 4 va 5 B) 3 va 6 C) 1 va 2 D) 2 va 6 24 / 30 24. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gap berilgan? A) Gapning qisqasi yaxshi, Qisqasidan hissasi yaxshi. B) Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. C) Donolar deydiki: «Vaqting ketdi – baxting ketdi». D) Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam. 25 / 30 25. Dushmanning hiylasiga aldanma va maddohning maqtovini bir pulga olma, chunki biri makr tuzog‘ini qo‘ygan va ikkinchisi tamagirlik qilgan bo‘ladi. Ushbu gapda haqidagi to‘g‘ri hukmni toping. A) aniqlovchilar ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchilarga tobelangan. B) holning faqat bir ma’no turi qo‘llangan C) otlashgan so‘zlar bir xil gap bo‘lagi bo‘lib kelgan D) egalar har xil so‘z turkumi bilan ifodalangan. 26 / 30 26. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) suxandon, manfaat, sovutkich B) jangovar, mutola, shafqat C) koordinata, islohot, mikrorganizm D) dimog‘, dovruq, intervyu 27 / 30 27. Ko‘makchi qaysi qatorda holat ma’nosida qo‘llangan? A) Adham ustoziga mehr bilan qarab turar edi. B) Bobur jilmaygancha do‘sti bilan kirib keldi. C) Yoqub xonaga singlisini chaqirish uchun kirgan edi. D) U go‘yo yaqin kishisini ko‘rgandek quvonib ketdi. 28 / 30 28. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan ergashgan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Shu mo‘jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. B) Zokirjon bo‘lib o‘tgan ishlardan otasini xabardor qilgani poytaxtga jo‘nab ketdi. C) Qaysi yerda ilm-u ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer baxt maskanidir. D) Chin do‘st yurakdan so‘zlar, chunki u sening yomon bo‘lishingni aslo xohlamaydi. 29 / 30 29. “Padarkush” dramasidagi domla obraziga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni aniqlang. A) Boylarga nasihat qilish orqali kata boylik va obro‘ga ega bo‘lgan din ulamosi. B) Millat bolalarini faqat shariat ilmini va zarurati diniyani o‘rgatishga chaqirgan shaxs. C) Millat taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning kelajagini faqat ilm olishda deb bilgan obraz. D) Faqat boylarga nasihat qiladigan, kambag‘allarga e’tibor bermaydigan inson. 30 / 30 30. El qochsa birovdin, el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoni bil oni, Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni Olam elining yamon yamoni bil oni Ushbu ruboiy haqidagi XATO ma’lumotni toping. A) undosh tovush raviy bo‘lib kelgan; B) mutlaq qofiya qo‘llangan; C) radif qo‘llangan; D) a, a, b, a tarzda qofiyalangan. 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz