10-sinf Biologiya olimpiada №6

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

10-sinf Biologiya olimpiada №6

2023-yil 20-oktyabr:

2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 30

1. Mitoz sikli profaza bosqichida kuzatiladigan jarayonlarni aniqlang. 1) bo‘linish urchug‘i hosil bo‘lishi boshlanadi; 2) xromosomalar hujayra qutblariga to‘planadi; 3) yadro qobig‘i shakllanadi; 4) xromosomalar despirallashadi; 5) xromosomalar ikki xromatidadan iborat bo‘ladi

2 / 30

2. Oqsil molekulasi fragmenti sintezida quyidagi antikodonlarga ega t-RNK molekulalari ishtirok etdi: ACC, CUC, UGA, CCA. Sintezlangan oqsil molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligini aniqlang. Topshiriqni yechish uchun genetik kod jadvali (1-jadval)dan foydalaning. 2-jadvaldan foydalanib, aminokislotalarning raqamlarini yozing.

(Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5)

3 / 30

3. Xo‘rozning spermatozoid hujayrasida n=39 bo‘lsa, shu turga mansub tovuqning epidermis hujayasidagi xromosomalar holatini aniqlang.

4 / 30

4. Lizosomaga xos bo‘lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1) yirik ovalsimon yassi tanachadan iborat; 2) uncha katta bo‘lmagan ovalsimon tanachadan iborat; 3) diametri 0,4 nm; 4) diametri 0,4 mkm; 5) ichki qismida fermentlar bo‘ladi; 6) ichki qismi va membranasida fermentlar bo‘ladi; 7) fermentlari oqsil, yog‘larni parchalaydi; 8) fermentlari nuklein kislota va yog‘larni parchalaydi; 9) Golji majmuasidan va endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi; 10) to‘g‘ridan-to‘g‘ri endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi; 11) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yadrochadan hosil bo‘ladi

5 / 30

5. Shamolda, iflos qo‘l, kir sochiq yoki boshqa sabablar tufayli ko‘zga mikroblar tushib qolganida yallig‘lanish - ……… ni paydo bo‘ladi.

6 / 30

6. Energiya almashinuvi jarayonida 3550 kj issiqlik energiyasi ajraldi. Jarayonning dastlabki bosqichida 50 kj energiya ajralgan bo‘lsa, mazkur energiya almashinuvidagi to‘liq va chala parchalangan 5 mol glukozadan qancha ATF (mol) sintezlanadi?

7 / 30

7. Buyrak yallig‘lanishi (a), qovuq yallig‘lanishi (b), siydik chiqarish yo‘lini yallig‘lanishi (c) kasalligi qanday nomlanadi?

8 / 30

8. Qashqaldoq (a) va qorayaloq (b) ga tegishli ma’lumotlarni aniqlang. 1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi

9 / 30

9. Gulkosachabarglari qo‘shilmagan (a) va qo‘shilgan (b) o‘simliklarni aniqlang.

10 / 30

10. Xardi-Vaynberg qonuniga ko‘ra a geni 20% ekanligi aniqlandi. Geterozigota Aa genotipli ota-ona organizmlardan 600 ta avlod olindi. Olingan avlodlardagi dominant gomozigota organizmlar sonini toping.

11 / 30

11. Autotrof oziqlanuvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) evglena; 2) pichan bakteriyasi; 3) olingugurt bakteriyasi; 4) nostok; 5) zarpechak; 6) nitella; 7) floks; 8) xrokokk

12 / 30

12. Sxemada moddalar almashinuvi bosqichi aks ettirilgan. Mazkur bosqichga xos jarayonlarni aniqlang.1) energiya sarf bo‘lishi bilan boradi; 2) energiya ajralishi bilan boradi; 3) 2 molekula ATF sintezlanadi; 4) barcha energiya issiqlik sifatida tarqaladi; 5) kislorod sarflanadi

13 / 30

13. Gultojbarglarga xos fikrlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilganligini aniqlang. 1) kartoshkada - o‘zaro qo‘shilib “nay” hosil qiladi; 2) qashqarbeda o‘simligida - kapalak shaklida; 3) sachratqi o‘simligida - rivojlanmagan; 4) yerbag‘ir tugmachagulda - gulkosachadan 2 marta uzun; 5) oddiy g‘o‘zada - ikki qavat tuzilgan; 6) barbados g‘o‘zasida - limon rangda

14 / 30

14. Translatsiya (a) va transkripsiya (b) jarayoniga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) adenin ribonukleotidlarini uratsil ribonukleotidlariga mos kelishi; 2) sitoplazmada sodir bo‘ladi; 3) yadroda sodir bo‘ladi; 4) timin dezoksiribonukleotidlarini adenin ribonukleotidlariga mos kelishi; 5) i-RNK dagi irsiy axborot polipeptid zanjiradagi aminokislotalar izchilligiga ko‘chirilishi; 6) i-RNK polimeraza ishtirokida kechadi; 7) dezoksiribonukleotidlardagi axborotni ribonukleotidlarga ko‘chirilishi

15 / 30

15. To‘g‘ri fikrni aniqlang.

16 / 30

16. Bu hayvon tanasi jun bilan qoplangan, quloq suprasiga ega, o‘txo‘r, oshqozoni to‘rt bo‘lmali. Qaysi hayvon haqida ma’lumot berilganligini aniqlang.

17 / 30

17. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. No‘xat o‘simligi poyasining uzun va kalta formalarini ifoda etuvchi genlar... .

18 / 30

18. Quyidagi organizmlar nechta sinf (a) va nechta turkumga (b) mansub ekanligini aniqlang. 1) temirchak; 2) podalariy; 3) bosh biti; 4) iskaptopar; 5) suluv ninachi; 6) maxaon; 7) qoraqurt; 8) sariq falanga: 9) sariq chayon; 10) faeton chumolisi.

(Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2)

19 / 30

19. DNK molekulasidagi nukleotidlar soni 240 ta bo‘lib, undagi azot asoslari o‘rtasidagi vodorod bog‘lar soni timin nukleotidlar sonidan 5 marta ko‘p bo‘lsa, mazkur DNKdagi azot asoslari o‘rtasidagi jami vodorod bog‘lar sonini aniqlang.

20 / 30

20. Meyoz I jarayonida ro‘y beradigan o‘zgarishlar ketma-ketligini aniqlang. Raqamlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda to‘liq yozing. 1) gomologik xromosomalarning o‘xshash qismlari o‘zaro chalkashadi; 2) xromatinlar despirallashadi; 3) sentriolalar ikki qutbga yo‘naladi; 4) gomologik xromosomalar qutblarga tarqaladi; 5) juft xromatidalardan tuzilgan xromosomalar spirallashadi; 6) gaploid to‘plamga ega ikkita qiz hujayrani paydo bo‘ladi; 7) xromatidalar tetradasini hosil bo‘ladi.

(Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: 1,2,3,4,5)

21 / 30

21. Mitozning qaysi bosqichida xromosomaning xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog‘ uziladi, xromatidalari mustaqil xromosomaga aylanadi?

22 / 30

22. Qirqquloq va psilofitlarning umumiy jihatlarini aniqlang. 1) suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki quruqlik o‘simliklari; 2) ildiz tizimiga ega; 3) sporalari sporangiylarda yetiladi; 4) poyaning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 5) bargning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 6) vegetativ organ - poyaga ega.

23 / 30

23. Shaftolining gul a’zolari soni bo‘yicha holat to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha javoblarni aniqlang. gulkosachabarg = Gk; gultojibarg = Gt; changchi = Ch; urug‘chi = U.

a) Gk = Gt; b) U < Ch; c) Gk > Gt; d) Gk < Ch; e) U = Ch; f) Gt > U; g) Gk > Ch; h) Gt < Ch; i) U > Ch

(Javobni vergul bilan ajratib joy tashlamasdan quyidagicha kiriting: a,b,c)

24 / 30

24. Barbadenze g‘o‘zasida (n=26) urug‘lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo‘ldi. Zigotalardagi xromosomalarning umumiy soni 9360 ta bo‘lsa, qo‘sh urug‘lanishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.

25 / 30

25. Qand lavlagi tarkibida shakarning bo‘lishi uch juft polimer genlarga bog‘liq. Agar barcha genlar dominant holatda bo‘lsa, qand lavlagi tarkibida 30 mg shakar, barcha genlar retsessiv holatda bo‘lsa 18 mg shakar saqlanadi. Agar trigeterozigota o‘simliklar tahliliy chatishtirilsa, olingan 960 ta o‘simlikdan qanchasining tarkibida 18 mg shakar bo‘ladi?

26 / 30

26. Chuchuk suv gidrasining jinssiz (a) va jinsiy (b) ko‘payish ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) zigota; 2) kurtaklarning paydo bo‘lishi; 3) bo‘rtmachalarning paydo bo‘lishi; 4) ona organizmidan ajralishi; 5) jinsiy hujayralarning yetilishi; 6) paypaslagichlar, og‘iz teshigi paydo bo‘lishi; 7) yosh gidra; 8) urug‘lanishning sodir bo‘lishi.

27 / 30

27. Elementlar va ularning vazifalari to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1) Zn; 2) N; 3) K a) RNK-polimeraza tarkibiga kiradi; b) hujayra membranalari orqali moddalar o‘tkazilishini ta’minaydi; c) yurak ishining me’yorda o‘tishini ta’minlaydi; d) xlorofill molekulasi tarkibiga kiradi; e) jinsiy gormonlar faolligini oshiradi

28 / 30

28. Faqat gidrofil moddalar berilgan qatorni aniqlang.

29 / 30

29. Diploid navli makkajo‘xori changdonida dastlabki jinsiy hujayralar soni 1260 ta. Bu hujayralar meyoz va mitoz usulda bo‘lindi. Urug‘lanish jarayonida makkajo‘xori spermiylarining 40%i qatnashgan bo‘lsa, urug‘lanish jarayonida qatnashmagan spermiylardagi xromosomalar sonini aniqlang.

30 / 30

30. Odamda murtak varaqasining ektodermasidan rivojlanuvchi tuzilmalarni aniqlang. 1) uzunchoq miya; 2) ichak epiteliysi; 3) terining epidermis qavati; 4) o‘mrov osti muskuli; 5) kolbasimon va tayoqchasimon retseptorlar; 6) o‘pka arteriyasi; 7) o‘ng va chap o‘pka; 8) jabra.

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0