Uy » Abituriyent » Majburiy blok » Ona tili va adabiyot majburiy blok » Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Ona tili va adabiyot majburiy blok Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 InfoMaster May 2, 2024 121 Ko'rishlar 3 izohlar SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 2 12345678910 OMAD YOR BO'LSIN! Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №11 Abituriyent uchun ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari. 1 / 10 1. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud? A) Bobomlar bizning hol-ahvolimizdan xabardor ekanlar. B) Bog‘bonning gaplari barchani o‘ylantirib qo‘ydi. C) O‘rinsiz aytilgan gap-so‘zlar insonning diliga ozor yetkazadi. D) Odobli va odobsizni o‘rtasidagi farqni ayting. 2 / 10 2. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Bu holat uzoqqa bormaydi, bilib qo‘ying. B) To‘pni unga qarata otkan edim, ammo yetib bormadi. C) Anjumanda mashhur shoirning ishtirogi bizga quvonch baxsh etdi. D) Dadam uyimizda sayroqi qush asrashni yoqdirardi. 3 / 10 3. Qaysi gapda ravishning faqat payt ma’no turi qatnashgan? A) O‘ylab qarasam, avvallari yashash uchun yozgan ekanman, endi esa yozish uchun yashayapman. B) Shu vaqt nima uchundir ichkarida o‘tirganlar sharaqlab kulib yubordi. C) Keyin sal hushimni yig‘ib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘zidan o‘zi yurib ketyapti. D) Endi suv ichaman deb engashgan edim, changalzor asta shitirlagandek bo‘ldi. 4 / 10 4. Qaysi gapdagi so‘zlarning barchasi o‘z ma’nosida qo‘llangan? A) G‘azal ham bo‘lurmi buncha dilrabo, Bunchalar serishva, bunchalar tannoz? B) Bu achchiq gapni eshitgan zahotimoq peshonamdan sovuq ter chiqib ketdi, yuragimni qo‘rquv eza boshladi. C) Bulut bugun o‘zining ko‘kish ko‘ylagini erinmay yuvishga tushdi, shekilli, yomg‘ir tinay demasdi. D) Men gulzordagi chiroyli gullardan guldasta yasab oyimga sovg‘a qildim. 5 / 10 5. Hol ajratib ko‘rsatilgan gapni toping. A) Tabiatni avaylab-asraylik, avlodlarga omon yetkazaylik. B) Bizning yurtimiz boy, tog‘larimizda bebaho ma’danlar ko‘p. C) Bizga ham shunday kunlar ato etsin, farzandlar kamolini ko‘raylik. D) Yo‘qotilgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. 6 / 10 6. Qaysi javobda qismlari qo‘shib yoziladigan so‘zlar berilgan? A) suv//ilon, taklif//qil B) bodom//qovoq, ko‘chama//ko‘cha C) olib//sotar, ko‘pdan//ko‘p D) umum//milliy, binafsha//rang 7 / 10 7. Xato yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) hukm, internet B) tafsif, okeyan C) qadriyat, marketing D) hamon, konstitutsiya 8 / 10 8. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas? A) Najot ikki narsa: taqvo bilan niyatda ekanligini biling. B) Tinchlik eng bebaho ne’mat, u Baraka keltiradi o‘g‘lim. C) Qadamingni o‘rinsiz tezlashtirsang: qoqilib yiqilishing mumkin. D) Muhammad Yusufning Osmonning oxiri dostonini o‘qiganmisiz? 9 / 10 9. Qaysi gapdagi ayirmoq so‘zi "turli ko‘z bilan qaramoq" ma’nosida qo‘llangan? A) Siz odam ayirmang, biz hammamiz sizning xodimlaringiz sanalamiz. B) Qo‘shnilarning bu gapi Malika opani es-hushidan ayirdi, devorga majolsiz suyanib qoldi. C) Bu ikki kasallikni bir-biridan ayira olmasangiz, o‘zingizcha davolanishga harakat qilmang. D) Ikki do‘stning hazili janjalga aylanib ketdi, Nodirjon ularni zo‘rg‘a ayirib qo‘ydi. 10 / 10 10. Qaysi gapda ko‘p nuqta o‘rnida “qattiq” so‘zini ham, “astoydil” so‘zini ham qo‘llash mumkin? A) Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, qahri . . . ota, bir qarasang, yosh boladek sho‘x yigit. B) Ishga . . . berilib ketgan ekan, eshikni ochganimda cho‘chib tushdi. C) Sodiqboy juda . . . odam, qishda qor so‘rasang ham, bermaydi. D) Ilgari . . . qish kunlarida ana shu choponi asqatar edi. 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 25 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №32
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №31
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 5 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №30
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 Ona tili va adabiyot fanidan majburiy blok testlari №29