Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №5 Tarix olimpiadaTuman 2023-2024 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №5 InfoMaster Avgust 19, 2024 165 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 10-sinf Tarix olimpiada №5 2023-yil 17-oktyabr: 2023-2024 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. XIX asrda Farg‘ona vodiysida quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri bo‘lib o‘tmagan? A) Vose qo‘zg‘oloni B) Darveshxon qo‘zg‘oloni C) Yetimxon qo‘zg‘oloni D) Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni 2 / 30 2. Buyuk Britaniya va Fransiya Osiyo va Afrikadagi katta hududlarni … boshqarishda mandat huquqini qo`lga kiritishdi. A) 1919-yil mayda B) 1921-yil 12-noyabrda C) 1921-yil dekabrda D) 1919-yil aprelda 3 / 30 3. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati davrida qabul qilingan Nizomlar asosida amalga oshirilgan ishlari mos ravishda berilgan javobni aniqlang. 1) 1867-yilgi “Nizom loyihasi” bo‘yicha; 2) yangi 1886-yilgi “Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom” bo‘yicha. a) muvaqqat harbiy-sudlov komissiyalari tuzildi; b) uyezd sudlari bekor qilindi; c) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil etildi; d) sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi; e) Turkiston viloyatinini boshqarish bo‘yicha harbiy mahkama joriy etildi. A) 1-a, b, 2-c, d B) 1-a, c, 2-b, d C) 1-a, c, 2-d, e D) 1-a, d, 2-b, e 4 / 30 4. Dunyoda birinchi harfli yozuvni qaysi xalq tomonidan yaratilgan? A) mesopatamiyaliklar B) yunonlar C) misrliklar D) finikiyaliklar 5 / 30 5. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining to’rtinchi bosqichida kimlar bo’ysundirilgan? A) turkmanlar B) qozoqlar C) Xiva xonligi D) Qo’qon xonligi 6 / 30 6. Muhammad Shayboniyxon nima uchun 1507-yilda pul islohotini o’tkazdi? A) soliqlarni 4 barobar oshirish va tangadagi kumush foizini pasaytirish uchun B) xonlik xonadoni xarajatlarini qoplash uchun C) xonlik xazinasini boyitish uchun D) xonlik iqtisodiyotini tartibga solish va savdoni rivojlantirish uchun 7 / 30 7. Qaysi davlat sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo’yicha XX asr boshlarida AQSHdan keyingi ikkinchi o’ringa chiqib oldi? A) Germaniya B) Fransiya C) Buyuk Britaniya D) Italiya 8 / 30 8. Qaysi davr boshlanishi bilan muzlik davri o’z poyoniga yetdi? A) mezolit B) bronza C) eneolit D) neolit 9 / 30 9. Turkistonning qaysi viloyatlari paxta yetishtirish uchun eng muhim markazlar bo’lgan? A) Toshkent, Jizzax, Buxoro B) Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent C) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand D) Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo 10 / 30 10. Nechanchi asrdan boshlab arab va fors manbalarida “Dashti Qipchoq” deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi? A) X asrdan B) XI asrdan C) XII asrdan D) XV asrdan 11 / 30 11. G’azna hukmdorlaridan kim Hindistonning shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlarini uyushtirgan? A) Ma’sud G’aznaviy B) Sobuqtegin C) Mahmud G’aznaviy D) Alptegin 12 / 30 12. O’rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi qaysi yillarda amalga oshirilgan? A) 1847-1885-yillarda B) 1868-1880-yillarda C) 1870-1887-yillarda D) 1845-1890-yillarda 13 / 30 13. Makedoniyalik Aleksandr vafot etganidan so’ng, u barpo etgan davlat qaysi qismlarga bo’linib ketadi? A) Bobil, Parfiya, Eron B) Misr, Xitoy, Hindiston C) Makedoniya, Eron, Hindiston D) Makedoniya, Misr, Suriya 14 / 30 14. Usmonli davlati tarixida kimning davri “zulm davri” nomini olgan? A) Abdulhamid II B) Murod V C) Abdulaziz D) Anvarbey 15 / 30 15. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo’lishi uchun kim “Qoraqalpoq ulusi”ni shakllantirdi? A) Muhammad Rahimxon I B) Muhammad Rahimxon II C) Eltuzarxon D) Olloqulixon 16 / 30 16. 800-yilda Rim papasi Lev III qaysi hukmdorga imperatorlik tojini kiygizadi? A) Buyuk Alfred B) Buyuk Karl C) Otton III D) Xlodvig 17 / 30 17. Yevropada uchinchi salib yurishlarining tashkil qilinishiga sabab bo’lgan voqeani toping A) Fransiya qirolining taklifiga ko’ra B) Rim papasi Urban II xohlagani uchun C) Misr sultoni Salohiddin Ayubiyning 1187-yilda salibchilardan Quddusni tortib olgani uchun D) musulmon hukmdorlarining salibchilar ustidan g’alaba qilayotgani uchun 18 / 30 18. Rim papasining gunohlarni avf etganlik to’g’risidagi maxsus yorlig’i qaysi javobdagi atamaga mos keladi? A) indulgensiya B) reformatsiya C) interdikt D) individualizm 19 / 30 19. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahri nechta dahaga bo’lingan va shaharning nechta darvozasi bo’lgan? A) 3 daha, 6 darvoza B) 2 daha, 12 darvoza C) 4 daha, 12 darvoza D) 10 daha, 8 ta darvoza 20 / 30 20. Yunon-shahar davlatlar qo’shinlarining asosini kimlar tashkil etgan? A) goplitlar B) otliqlar C) senturiylar D) legionlar 21 / 30 21. 1898-yilda ikkinchi jadid maktabi kim tomonidan va qaysi shaharda ochilgan? A) Salohiddin domla, Qo’qonda B) Mannon qori, Toshkentda C) Abdurauf Fitrat, Buxoroda D) Shamsiddin domla, Andijonda 22 / 30 22. Tarixda “Vabo isyoni” deb nom olgan qo’zg’olon qachon yuz bergan? A) 1892-yil B) 1882-yil C) 1885-yil D) 1878-yil 23 / 30 23. Buxoro amirligida aholi bog’lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida qanday yig’im to’lashgan? A) tanobona B) cho’p puli C) kafsan D) solg’ut 24 / 30 24. Rossiyadan kimlar boshchiligidagi Xiva xonligiga yuborilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan? A) I.Volf, V.Perovskiy B) M.Murkford, A.Byorns C) A.Bekovich-Cherkasskiy, V. Perovskiy D) P.Lessar, M.Murkford 25 / 30 25. Qo’qon xonligida qaysi lavozim nafaqat Bosh qo’mondon va ayni paytda Bosh vazir vazifasini ham bajargan? A) parvonachi B) mingboshi C) devonbegi D) mirzaboshi 26 / 30 26. XIX asrning 70-yillarida ajnabiylar Xitoyning nechta bandargohiga bemalol kirardilar va o’zlarini xo’jayinlardek tutardilar? A) 26 B) 22 C) 10 D) 17 27 / 30 27. Eftallar yozuvi nechta harfdan iborat bo’lgan? A) 25 B) 22 C) 32 D) 28 28 / 30 28. Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo’zg’oloni yuz bergan vaqtda bo’lgan voqeani toping A) Braziliyada Pedru II taxtdan voz kechdi B) Yaponiya konstitutsiyasi qabul qilindi C) Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinchlik shartnomasi imzolandi D) Rossiya tarixida birinchi inqilob boshlandi 29 / 30 29. Qaysi hududlar Sharqiy Turk hoqonligi tasarrufida bo’lgan? A) Xitoy, Eron, Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tutashgan hududlar B) Janubiy Sibir, Urxun havzasi, Shimoliy Xitoy C) Xitoy, Mo’g’uliston, Hindiston D) Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalariga tutashgan hududlar 30 / 30 30. VI asr oxirlarida qanday xavf Xitoyning birlashuviga sabab bo’ldi? A) aholining kamayib ketish xavfi B) iqtisodiy inqiroz xavfi C) Turk hoqonligining hujumi xavfi D) mamlakatdagi qo’zg’olon xavfi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz