Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №4 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №4 InfoMaster Iyun 12, 2023 67 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №4 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 1-variant 1 / 30 1. Rasmda tasvirlangan olimning kashfiyotlari to'g'ri berilgan javobni toping. 1)mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi; 2)olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi; 3)butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi; 4)Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi 5)ko‘zguli teleskopni kashf qildi; 6)yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi; A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 4, 5, 6 2 / 30 2. Quyidagilardan noto’g’ri fikrni aniqlang. A) Gumanistlar inson haqidagi O‘rta asrchilik tasavvurlarini rad etdi, ular har bir shaxsning noyobligi va qadrini ko‘rsatishga urindilar B) Gumanistlar dastlab cherkov tomonidan ta’qib qilindi, ularning asarlari yondirildi. C) XIV asrga kelib, avval unutib yuborilgan antik madaniyat qayta tiklana boshladi va bu jarayon Renessans nomini oldi D) Protestantlik va lyuteranlik bir-biridan farq qiladi 3 / 30 3. Yangi davr boshlarida bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan qaysi davlatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshlagan? 1) Italiya; 2) Fransiya; 3) Germaniya; 4) Niderland qirolligi; 5) Angliya; A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 4 / 30 4. Qirolicha Yelizaveta I davrida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)faqat cherkovni emas, toifalar vakillaridan iborat parlamentni ham o‘ziga bo‘ysundirdi. 2)Reformatsiya o‘z nihoyasiga yetdi. 3)Amerikadagi birinchi mustamlaka – Virjiniyaga asos solindi. 4)Angliya asta-sekin kuchli dengiz davlati –«dengizlar malikasi»ga aylandi. 5)«Uzoq muddatli parlament» chaqirildi. A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 5 5 / 30 5. Buyuk fransuz inqilobi davrida aholining so‘nggi ommaviy chiqishi yuz bergan yilni aniqlang. A) 1793-yil B) 1794-yil C) 1795-yil D) 1791-yil 6 / 30 6. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyatini aniqlang. 1)eski tartiblarni yo‘q qilib tashladi. 2)huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun asos solindi. 3)burjua mulkchiligi o‘rnatildi. 4)sanoat to‘ntarishi uchun sharoit yaratildi. 5)feodal mulkchilikka zarba berdi, ammo tugallanmay qoldi. 6)feodal qoidalar va absolutizm tugatildi. A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 7 / 30 7. Shimoliy Amerikaga ...boshlab ko'plab qora tanli qullar olib kelindi. A) XV asrdan B) XVI asrdan C) XVII asrdan D) XVIII asrdan 8 / 30 8. Rossiya Fanlar akademiyasi qaysi shahrda tashil etilgan? A) Peterburgda B) Qozonda C) Orenburgda D) Moskvada 9 / 30 9. Angliyada qaysi qirol davrida absolutizmning inqirozi kuchayib, burjua inqilobi uchun iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy asoslar shakllangan? A) Karl II B) Karl I C) Yakov I D) Yakov II 10 / 30 10. Angliyada uzoq muddatli parlament davrida yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)qirol ministrlari sudga tortildi; 2)Ingliz dehqonlari to'lov evaziga ozodlikka chiqarila boshladi; 3)yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi; 4)soliqlar tartibga solindi; 5)dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan voz kechildi; A) 1, 3 B) 3, 4 C) 2, 4 D) 1, 5 11 / 30 11. Buyuk fransuz Burjua inqilobi davrida konstitutsiya qabul qilish uchun yig‘iladigan parlament qanday atalgan? A) Ta'sis majlisi B) Direktoriya C) Konvent D) Qonun chiqaruvchi majlis 12 / 30 12. Yevropa ma'rifatparvarlari haqidagi to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang. 1)cherkov ta’limoti va umuman, dinning o‘zini tanqid qildilar; 2)absolutizmga va ayrim feodal tartiblarga qarshi chiqdilar; 3)ular ma’rifatning rivojlanishi o‘z-o‘zidan mavjud tartiblarning o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblar edilar; 4)feodal tartiblar bilan kurashning inqilobiy usullarini yoqlab chiqdilar; A) 2, 4 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 3 13 / 30 13. XVII asrda qaysi davlatda kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi natijasida yuz bergan iqtisodiy o‘sish, absolutizmning mustahkamlanishi, soliqlarning oshishi,xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi va doimiy xalq qo‘zg‘olonlari bilan qo‘shilib ketdi. A) Koreyada B) Turkiyada C) Rossiyada D) Fransiyada 14 / 30 14. Qaysi voqeadan keyin Hindiston va Shimoliy Amerikadagi fransuz mustamlakalari Angliyaga o‘tgan? A) O'ttiz yillik urushdan keyin B) Napoleon Bonapart 1815-yilda butunlay tor-mor keltirilganidan keyin C) Yetti yillik urushdan keyin D) Shimoliy urushdan keyin 15 / 30 15. Ilk umumjahon svilizatsiyasini aniqlang. A) Yevropa sivilizatsiyasi B) Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasi C) Islom sivilizatsiyasi D) Yunon sivilizatsiyasi 16 / 30 16. Angliyada 1714-yilgacha qaysi sulola hukmronlik qilgan? A) oranyelar B) gannoverliklar C) styuartlar D) tyudorlar 17 / 30 17. Napoleon Bonapart tomonidan Italiyada bosib olingan yerlarda amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1)soliqlarni kamaytirdi; 2)cherkov va ibodatxonalarni ba’zi bir yig‘imlardan mahrum etdi; 3)ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarini joriy qildi; 4)inson huquqlarini mustahkamlaydigan yangi qonunlarni joriy qildi; 5)feodal qaramlikni yo‘q qildi; 6)texnik yangiliklarni qo‘llab- quvvatladi; 7)dehqonlarning yerlarini o'zlariga xususiy mulk qilib berdi; A) 2, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 5 18 / 30 18. Moskva universiteti (a) va Moskva davlat universitetining O'zbekistondagi filiali tashkil etilgan yillarni aniqlang. A) a-1855-yil, b-2006-yil B) a-1855-yil, b-2007-yil C) a-1755-yil, b-2007-yil D) a-1755-yil, b-2006-yil 19 / 30 19. Zamonaviy amerika millati qachon shakllangan? A) A)XVIII asr boshlarida B) XVIII asr oxirida C) XVII asr o'rtalarida D) XVIII asr o'rtalarida 20 / 30 20. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida hokimiyatga kelga mulk va erkin tadbirkorlikni himoya qiladigan respublika tarafdorlari nima deb ataladi? A) yakobinchilar B) jirondachilar C) royalistlar D) termidorchilar 21 / 30 21. Quyidagi qaysi shaharda XVIII asrdan boshlab matematika va navigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari ochilgan? A) Moskvada B) Buenos-Ayresda C) Peterburgda D) Amsterdamda 22 / 30 22. XVII asrda Angliyada fuqarolar urushi davrida aholining qaysi tabaqalari parlamentni qo'llab-quvvatlagan? 1) ruhoniylar; 2) savdogarlar; 3) dehqonlar; 4) yangi dvoryanlar; 5) asilzodalar; 6) tadbirkorlar; 7) saroy amaldorlari; A) 4, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 7 23 / 30 23. Rossiyada I.I. Polzunov, I.P. Kulibin kabi olimlar qaysi sohada shuhrat qozongan? A) geografiya B) musiqa C) adabiyot D) texnika 24 / 30 24. 17 asrlarda Yevropa davlatlarining jahonda ta’sir doirasiga ega bo‘lish va hududlar uchun kurashlari keyingi davrlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. A) XV-XVI asrlarda B) XVII-XVIII asrlarda C) XVIII-XIX asrlarda D) XVI-XVII asrlarda 25 / 30 25. Fransiyada Absolutizm qulagan yilni belgilang. A) 1789-yil B) 1791-yil C) 1795-yil D) 1792-yil 26 / 30 26. XVI-XVIIIasrlarda Yevropada manfaatlari doim bir-biri bilan to‘qnashgan davlatlarni aniqlang. 1) Angliya; 2) Avstriya ; 3) Fransiya; 4) Rossiya 5) Ispaniya; 7) Italiya; A) 2, 3, 7 B) 1, 2, 3 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 27 / 30 27. Buyuk fransuz burjua inqilobi davrida uchinchi tabaqani birlikka chaqirgan shaxsni aniqlang. A) Danton B) Maksimilian Robispyer C) Gabriel de Mirabo D) Pyer Shomet 28 / 30 28. Osiyoning eng shimoliy chekkasi nima deb ataladi? A) Kulibin burni B) Chelyuskin burni C) Chukotka burni D) Sannikov burni 29 / 30 29. Direktoriya boshqaruvi davrida Fransiyaga qaram respublikaga aylantirilgan davlat xaritada qaysi raqam bilan berilgan. A) 13 B) 14 C) 15 D) 12 30 / 30 30. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Fransiyada jadal iqtisodiy o‘sishga sabab bo'lgan qirol tomonidan amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1)soliqlarni kamaytirilishi; 2)cherkov va ibodatxonalarni ba’zi bir yig‘imlardan mahrum etilishi; 3)manufakturalar uchun qulay moliyaviy sharoit yaratishilishi; 4)ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarini joriy qilishinishi; 5)dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarni pul shaklida olinishi; 6)texnik yangiliklarni qo‘llab- quvvatlanishi; 7)dehqonlarning yerlarini xususiy mulkka aylantirilishi; A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 4, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 7 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz