Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №5 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №5 InfoMaster Iyun 12, 2023 86 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 8-sinf Jahon tarixi №5 II bob. XVI-XVIII ASRLARDA YEVROPA VA AMERIKA MAMLAKATLARI 2-variant 1 / 30 1. Yangi davr boshlarida yuz bergan narx-navo inqilobiga sabab bo'lgan omilni aniqlang. A) Yevropadan Amerikaga arzon ishchi kuchining oqib kelishi B) Yevropaga Amerikadan g'alla va kumushning oqib kelishi C) XV asrdan Sharq mamlakatlari mahsulotlarining Yevropaga keltirilishining cheklanishi D) Yevropada ikki dalali almashlab ekishdan uch dalali almashlab ekishga o'tilishi 2 / 30 2. Dastlab Gumanizm g’oyalari paydo bo’lgan mamlakat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 14 B) 11 C) 2 D) 16 3 / 30 3. Quyidagilardan XVI asrda bo‘lib o‘tgan voqeani belgilang. A) Fransiyada diniy urushlar va vabo epidemiyasi bo‘lib o‘tdi. B) Fransiyada burjua inqilobi boshlandi. C) Yangi mustaqil davlat - Amerika Qo‘shma Shtatlari tashkil topdi. D) Angliyada burjua inqilobi boshlandi. 4 / 30 4. Angliyada 1714-yilgacha qaysi sulola hukmronlik qilgan? A) tyudorlar B) gannoverliklar C) styuartlar D) oranyelar 5 / 30 5. Rossiyada polyaklarga qarshi kurashni boshqargan qishloq oqsaqolini aniqlang. A) Minin B) Makariy C) Stefan Bulavin D) Pojariskiy 6 / 30 6. Rus podshosi Ivan IV ga podsholik unvonini berilishi ... A) Oltin O’rda podsholarining urushlariga sabab bo’ldi B) G’arbiy Yevropa qirollarining noroziliklariga sabab bo’ldi C) knyazlarning o’zaro kurashlarini yanada kuchaytirib yubordi D) uni G’arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi 7 / 30 7. Amerika millatining shakllanishiga olib kelgan omillarni aniqlang. A) boshqaruvning Yevropada joylashganligi, hindular bilan yevropaliklarning kelishuvi, xo’jalik manfaatlari B) ispan va ingliz tillarida gaplashadigan xalqlarning birlashuvi, ijtimoiy birlik, din yagonaligi va armiyaning birligi C) hududning umumiyligi, mustamlakalarning iqtisodiy va xo’jalik manfaatlari, til va dinning yagonaligi D) turli dinlarning mavjudligi, iqtisodiy birlik, hududning umumiy bo’lmaganligi 8 / 30 8. J.Svift yashagan yillarni toping. A) 1732-1799-yillar B) 1759-1805-yillar C) 1799-1837-yillar D) 1667-1745-yillar 9 / 30 9. Rasmda tasvirlangan Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta yozgan buyuk nemis shoirini aniqlang. A) D.Svift B) F.Shiller C) I.Gyote D) D.Defo 10 / 30 10. Germaniya knyazlarining milliy ozodlik qo’shini tuzilgan yili bo’lgan voqeani aniqlang. A) Charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasi kashf etildi B) Germaniya Vena ostonalarida turklar qo’shinini tor-mor etdi C) Ubaydullaxon II pul islohoti o’tkazdi D) Fransiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi 11 / 30 11. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib Germaniya orqali o’tadigan savdo yo’llarining ahamiyati yo’qola boshlagan edi. Buning asosiy sababini ko’rsating. A) quruqlik yo’llarining Turkiya orqali o’tganligi B) dengiz savdo yo’llarining Hind okeaniga ko’chganligi C) dengiz savdo yo’llarining O’rtayer dengiziga ko’chganligi D) dengiz savdo yo’llarining Atlantika okeaniga ko’chganligi 12 / 30 12. XVI - XVII asrlarda Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazgan voqeani aniqlang. A) Rossiyadan rangli metallarning Germaniyaga ko’p keltirilishi B) Hindistondan Yevropaga oltinning katta miqdorda keltirilishi C) Amerikadsan Yevropaga katta miqdorda oltin va kumushning keltirilishi D) Amerikadsan Yevropaga katta miqdorda mis keltirilishi 13 / 30 13. Angliya parlamenti joriy etilganidan uch asr o’tgach ... A) Gollandiya mustaqil respublika bo’ldi B) Fransiyada diniy urushlar tugadi C) Sherxon Sur boshchiligida qo’zg’olon bo’ldi D) Rossiyada oprichnina joriy etildi 14 / 30 14. Styuartlar sulolasi asoschisini aniqlang. A) Mariya B) Genrix VIII C) A)Yelizaveta I D) Yakov I 15 / 30 15. Buyuk Britaniya AQSH davlatining tuzilganligini, uning mustaqilligini tan olgan shartnomani qayerda imzolagan? A) Londonda B) Sankt Peterburgda C) Filadelfiyada D) Parijda 16 / 30 16. O’ttiz yillik urushdagi g’alaba natijasida ... A) Gollandiya Fransiya tarkibiga kirdi B) Prussiya qirolligi tashkil topdi C) Yevropada siyosiy gegemonlik Fransiyaga o’tdi D) Gogensollernlar Germaniyani boshqaradigan bo’ldi 17 / 30 17. Rossiya tarixida sodir bo’lgan voqealarni xronologik ketma- ketlikda joylashtiring. 1)Zemstvo sobori chaqirildi; 2)Ivan IV podsholik tojini kiydi; 3)Hojitarxon xonligi bosib olindi; 4)Qozon xonligi bosib olindi; A) 2, 1, 4, 3 B) 1, 2, 4, 3 C) 3, 2, 4, 1 D) 2, 3, 4, 1 18 / 30 18. Germaniya 1806-yilgacha nima deb atalgan? A) “Germaniya davlatining muqaddas Rim imperiyasi” B) “Germaniya davlatining muqaddas davlati” C) S) “Germaniya millatining buyuk davlati” D) “Germaniya imperiyasi” 19 / 30 19. Rus podshosi Pyotr I faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tarixiy voqeani aniqlang. A) Rossiya Boltiq dengiziga chiqish huquqiga ega bo‘ldi B) Shimoliy urushdagi g’alaba C) Rossiya imperiyasining tashkil topishi D) Qrim xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylandi 20 / 30 20. O’zbekiston tarixida qanday voqea ingliz qirolichasi Yelizaveta I o’limidan ikki yil oldin ro’y berdi? A) Ashtarxoniylar sulolasi hokimiyatga keldi B) Shayboniylar hukmronligi boshlandi C) Toqi zargaron va Toqi kitobfurushon savdo majmualari qurib bitkazildi D) Abdullaxon II markazlashgan davlat tuzdi 21 / 30 21. 1792-yil Fransiyada ... A) Monarxiya ag’darib tashlandi B) Birinchi konstitutsiya qabul qilindi C) Milliy Kengash “Ta’sis majlisiga” aylandi D) “Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi” qabul qilindi 22 / 30 22. Sanab o’tilgan voqealardan qaysi biri rasmda tasvirlangan hukmdor faoliyati bilan bog’liq emas? A) Sibir xonligining bosib olinishi B) Qozon xonligini bosib olinishi C) Astraxan xonligini bosib olinishi D) Shimoliy urush va Boltiq dengizining sohillarini bosib olinishi 23 / 30 23. 1721-yilda Rossiya-Shvetsiya o’rtasidagi shartnoma qayerda imzolangan? A) Niderlandiyaning Amsterdam shahrida B) Germaniyaning Nyurnberg shahrida C) Vengriyaning Budapesht shahrida D) Finlandiyaning Nishtadt shahrida 24 / 30 24. Federal Konvent qaysi davlatda mustaqillikka erishishda katta ro’l o’ynadi? A) AQSHda B) Meksikada C) Hindistonda D) Braziliyada 25 / 30 25. 1721-yilda Rossiya tarixida qanday muhim voqealar yuz berdi? A) Pyotr I taxtga o’tirdi va Nishtadt shartnomasi imzolandi B) Nishtadt shartnomasi imzolandi va Pyotr I imperator deb e’lon qilindi C) Yekaterina II taxtga o’tirdi va Pugachev qo’zg’oloni boshlandi D) Rossiya – Turkiya urushi boshlandi va Pyotr I vafot etdi 26 / 30 26. Qaysi bitimga ko’ra, Rossiya Qora dengiz bo’yida harbiy flot qurish huquqini qo’lga kiritgan? A) Buxarest B) Yassi C) Turkmanchoy D) Kuchukqaynarji 27 / 30 27. Amerikadagi mustaqillik tarafdorlari tomonidan boshqarilganqaysi tashkilot jamoatchilik orasida inqilobiy kayfiyatni avj oldirib yubordi? A) ”Ozodlik farzandlari” B) ”Jamiyat baxt-saodati ittifoqi” C) ”Yer va Erk” D) «Kontinental uyushma» 28 / 30 28. Angliya uchun XVI asr qanday yakunlandi? A) Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishildi B) Angliyada o’zaro urushlar avj olib, siyosiy parokandalik kuchaydi C) Angliyada Styuartlar sulolasi hokimiyatni egalladi D) Angliya dengiz hukmdoriga aylansada, iqtisodiy jihatdan Germaniya va Ispaniyadan ortda edi 29 / 30 29. Qaysi mamlakat parlamenti 1649-yilda qirollik hokimiyatini bekor qilgan? A) 19 B) 2 C) 12 D) C)11 30 / 30 30. Qaysi kompazitorni zamondoshlari o’z davrining haqiqiy mo’jizasi deb atashgan? A) Betxovenni B) Motsartni C) Baxni D) Shtrausni Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz