Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №2 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №2 InfoMaster May 4, 2023 336 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №2 5-10-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Abu Said Mirzo o‘g‘li Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) dastlab qaysi viloyatning hokimi qilib tayinlagan edi? A) Kobul B) Farg'ona C) Andijon D) Xo'jand 2 / 40 2. Bobur Mirzo 1497-yil Samarqandni ... qamaldan keyin bosib oldi. A) 100 kurilik B) 5 oylik C) 3 oylik D) 7 oylik 3 / 40 3. Abulxayrxon qaysi yildan boshlab o‘z davlatini Oltin O’rda xonligidan mustaqil deb e’lon qildi? A) 1431-yil B) 1428-yil C) 1430-yil D) 1446-yil 4 / 40 4. Amir Boyshayx qaysi tarixiy shaxsga otaliqlik qilgan? A) Abulxayrxon B) Bobur Mirzo C) Davlatshayx D) Shohbudog' Sulton 5 / 40 5. Quyidagi hududlardan qay biri Oltin O’rdaga o‘lpon to'lab turgan? A) Rus knyazliklari B) Qrim xonlari C) Volga bulg'orlari D) Eron qabilalari 6 / 40 6. Movarounnahr hukmdori Boysung'ur Mirzo Boburning qamaliga qarshi yordam so‘ragan (a) va Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marotaba egallagan (b) vaqtda Muhammad Shayboniyxon qayerda bo‘lgan? 1) Bog‘i Dilkusho; 2) Yassi; 3) Konigil; 4) Dashti Qipchoq. A) a-3, b-1 B) a-2, b-3 C) a-1, b-4 D) a-4, b-3 7 / 40 7. Qachondan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi ham umumiy nom bilan o'zbek deb atala boshlagan? A) В) XV asr B) XVII asr C) С) XII asr D) XVI asr 8 / 40 8. Boburning otasi Umarshayx Mirzo qaysi yillarda yashagan? A) 1448-1498-yillar B) 1455-1494-yillar C) 1466-1494-yillar D) 1454-1498-yillar 9 / 40 9. Temuriy shahzodalardan qay biri onasining gapi bilan ish tutishi natijasida Samarqand shahri Shayboniyxon tomonidan jangsiz egallanadi? A) Jahongir Mirzo B) Bobur Mirzo C) Boysung'ur Mirzo D) Sulton Ali Mirzo 10 / 40 10. Shohbudog’ Sulton yosh vafot etganidan so‘ng, Abulxayrxon uning o‘g‘illariga kimni otaliq etib tayinlagan? A) Darvishxon B) Amir Boyshayx C) Muhammad Mazid D) G'oyib Sulton 11 / 40 11. Abdullaxon II tomonidan Pirmuhammad I dan so‘ng xon deb kim e’lon qilingan? A) Abdulmo'min B) Iskandarxon C) Abdulazizxon D) uning o‘zi 12 / 40 12. Samarqand hukmdori Abdultifxon vafotidan so‘ng Movarounnahrning ko'plab shaharlarida qaysi hukmdorning nomi xutbaga qo'shib o'qiladi? A) Abdullaxon II B) Navro'z Ahmadxon C) Pirmuhammadxon I D) Abdulazizxon 13 / 40 13. Quyidagi lavozimlardan qaysi biri Ashtarxoniylar davrida joriy etilgan? A) bakovul B) qoziaskar C) С) saroy qutvoli D) В) raiskalon 14 / 40 14. Buxoro xonligida qaysi yilga kelib tarkibi 35 foiz kumushdan iborat bolgan tangalarning har bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi? A) 1707-yil B) 1709-yil C) 1708-yil D) 1711-yil 15 / 40 15. Shayboniylar davlatida qo‘shinning o‘ng va chap qanotlari hamda qalb qismi... A) shayboniy sultonlar va shahzodalarga topshirilgan B) qabila boshliqlari va aslzodalarga topshirilgan C) maxsus tayyorlangan harbiylarga topshirilgan D) shayboniy sultonlar va ko'chmanchilarga topshirilgan 16 / 40 16. Ashtarxoniy Abdulaziz xonlik taxtiga qay tariqa chiqdi? A) Nodir Muhammadxondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi natijasida B) Hindiston qo'shinlarining ko'magida C) Eron qo'shinlarining Balxga hujumi ko'magida D) jaloyir va do'rmon qabilalariningqo'llab-quvvatlashi natijasida Nodir Muhammad qo'shinlarining mag'lub etilishi tufayli 17 / 40 17. XVI asrning ikkinchi yarmida Muhammad Isom va uning o‘g‘li Abubakr Sa’d Buxoroda qaysi lavozimda faoliyat yuritganlar? A) vazir B) shayxulislom C) muftiy D) qozi 18 / 40 18. Ma’lumki, Ubaydultaxoning tariximizda xizmatlari katta. Quyidagi ko‘rsatilgan javoblarning qay biri Ubaydullaxonning xizmatlarini e’tirof etadi? 1)manbalarda yozilishicha, ikki qo‘ltig‘iga ikki odamni olib qal’a devori ustida mashq qilgan; 2)mamlakatni Ismoil Safaviy va eronliklarning hujumini ularning harbiy siyosiy tazyiqidan saqlab qoldi; 3)tarixchi, musiqachi, ajoyib suvoriy, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi 4)Buxorodaning markaz sifatidagi nufuzi o'sdi; 5)o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarni tiklashga harakat qiidi; 6)mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi; 7)Hirot eronliklardan tortib olindi; 8)oltin va kumushdan tangalarzarb qildirdi. A) 2, 4, 5, 6, 7 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 7 19 / 40 19. Shayboniylar davlatida viloyatlar asosan kimlar tomonidan boshqarilgan? A) Mahalliy xonadonlarning ulug‘ kishilari B) Sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar C) Xonning alohida vazifasini astoydil bajargan shaxslar D) Janglarda qahramonlik ko'rsatgan harbiy boshliqlar 20 / 40 20. Qachon Abdullaxon II Muhammad Islom ko‘magida amalda Buxoro taxtini egallagan? A) 1556-yilda B) 1557-yilda C) 1558-yilda D) 1554-yilda 21 / 40 21. Qaysi shayboniy hukmdor vafotidan so‘ng mamlakatda qo‘shhokimiyat vujudga keladi? A) Ko'chkinchixon B) Abdullaxon I C) Ubaydullaxon D) Abdulmo'min 22 / 40 22. Navro'z Ahmadxon qaysi yilda vafot etadi? A) 1554-yilda B) 1556-yilda C) 1559-yilda D) 1550-yilda 23 / 40 23. Qaysi Ashtarxoniy hukmdorlar qozoqlarga qarshi kurashishga to‘g‘ri kelgan? A) Subhonqulixon, Ubaydullaxon II B) Imomqulixon, Nodir Muhammad C) Abutfayzxon, Abdulazizxon D) Boqi Muhammad, Subhonqulixon 24 / 40 24. Boqi Muhammadxon 1602-1603 yillarda kimlar bilan jang olib boradi? A) Qozoq sultonlari bilan B) Mahalliy qabilalar bilan C) Marv turkmanlari bilan D) Eron safaviylari bilan 25 / 40 25. Quyidagilardan qay biri amlok boshqaruv ma’muriyatiga kirmagan? A) amin va oqsoqol B) dodxoh va mirshab C) amlokdor va kotib D) mirzo va mirob 26 / 40 26. Qaysi tarixiy voqelik natijasida Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o'tirdi? A) Din Muhammadning vafot etishi B) Shayboniy shaxzodalarning o‘zaro kurashlari natijasida C) Jonibek Sultonning uning foydasiga taxtdan voz kechishi D) Xonlik zodagonlarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirishi natijasida 27 / 40 27. Nimaning oqibatida Nodir Muhammadxon davrida Buxoro xonligida davlatchilik asoslari zaiflashdi? A) qozoq xoni qo'shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo'ysundirishi oqibatida B) xonning o'zi mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib o'g'illari va yqin qarindoshlariga taqsimlab berishi oqibatida C) Nodir Muhammadxondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi oqibatida D) Hindiston va Eron bilan siyosiy nizoning kelib chiqishi oqibatida 28 / 40 28. Boqi Muhammad 1602- yilda qaysi shaharni kuch bilan bo'ysundiradi? A) Balx shahrini B) Termiz shahrini C) Badaxshon shahrini D) Marv shahrini 29 / 40 29. Tarixda mahalliy hokimlarning o'zboshimchaligiga chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytrishga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirgan shaxsning hukmronlik yillarini belgilang. A) 1681-1702-yillar B) 1611-1642-yiliar C) 1702-1711 -yillar D) 1711-1747-yillar 30 / 40 30. XVI asrning oxirida Eron hukmdori shoh Abbos Buxoro xonligiga bostirib kirib, qaysi shaharlarni egallaydi? A) Balx, Badaxshon, Hisor, Chog'aniyon shaharlarini B) Seyiston, Mozondaron, Balx, Sabzavor shaharlarini C) Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirot shaharlarini D) Hisor, Termiz, Badaxshon, Balx shaharlarini 31 / 40 31. Nodir Muhammad Movarounnahrga bostirib kirgan qozoqlarni quvib chiqarish uchun ularga qarshi kim boshchiligida katta qo'shinni safarbar etadi? A) Subhonqulixon boshchiligida B) Mahmudbiy otaliq boshchiligida C) o‘g‘li Abdulaziz boshchiligida D) Muhammad Hoji boshchiligida 32 / 40 32. Shayboniylar va Bobur Mirzo o'rtasidagi jang qaysi sanada yuz bergan? A) 1512-yil 28-aprel B) 1511-yil 12-noyabr C) 1511-yil 22-noyabr D) 1512-yil 6-mart 33 / 40 33. Eron hukmdori shoh Abbos hujumidan so‘ng qaysi hudud xonlik tasarrufidan chiqib o'zini mustaqil deb e’lon qilgan? A) Xorazm B) Shahrisabz C) Farg'ona D) Toshkent 34 / 40 34. XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga... Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan. A) 200-300 ming B) 50-60 ming C) 700-800 ming D) 500-600 ming 35 / 40 35. Shayboniylar davlatida markaziy hokimiyat zaiflashishi natijasida qaysi lavozimga ayrim qudratli qabila boshliqlari tayinlanadigan bo‘ladi? A) viloyat hokimlari B) bosh sarkarda C) bosh vazir D) tuman hokimlari 36 / 40 36. Mamlakatda sud ishlariga kim yetakchilik qilgan? A) shayxulislom B) raiskalon C) muhtasib D) qozikalon 37 / 40 37. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli- sharqiy chegaralari uchun qaysi qabilalarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan? A) qozoqlar, jung'arlarga qarshi B) qozoq, qirg'izlarga qarshi C) qozoqlar, qalmoqlarga qarshi D) jung'arlar, qalmoqlarga qarshi 38 / 40 38. Naqib qanday vazifalarni bajargan? 1)u xonning eng yaqin va ishonchlj kishisi bo‘lgan. 2)xon farmonlarida uning nomi birinchi bo‘lib yozilgan 3)xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan, 4)harbiy yurishlar uyushtirgan 5)elchilik vazifasini ham bajargan 6)dargoh ishlari uchun ma’sul hisoblangan, 7)xon farmonlari ijrochisi hisoblangan. A) 1, 3, 4, 5, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 6 39 / 40 39. Abdulmo'minxon taxtga o'tirishidan avval valiahd sifatida qaysi viloyatni boshqarar edi? A) Balx B) Miyonqol C) Badaxshon D) Samarqand 40 / 40 40. Ashtarxoniylarning qaysi hukmdori davrida Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchaydi? A) Ubaydullaxon II B) Nodir Muhammadxon C) Subxonqulixon D) Abdulazizxon Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz