Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №2 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №2 InfoMaster May 4, 2023 319 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 8-sinf O'zbekiston tarixi №2 5-10-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Temuriy shahzodalardan qay birining davrida saltanat ikki qismga bo'linib ketgan edi va shu tariqa boshqarilgan? A) Abu Said Mirzo B) Mironshoh Mirzo C) Shohrux Mirzo D) Pirmuhamad Mirzo 2 / 40 2. Mironshohning nabirasi Abu Said Temuriylar saltanatining har ikkala qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan yilni toping. A) 1458-yil B) 1456-yil C) 1462-yil D) 1451-yil 3 / 40 3. Abulxayrxon 1446-yil qaysi hududni egallaydi? A) Amudaryoning chap sohili B) Xorazm va Darband C) Sirdaryoning o'rta oqimi D) Sirdaryoning quyi oqimi 4 / 40 4. Qaysi daryo o‘rta asrlarda Yoyiq deb atalgan edi? A) Dnestr B) Ural C) Dnepr D) Volga 5 / 40 5. Shayboniylar sulolasining yirik vakillaridan biri hisoblangan Jonibek Sulton qaysi tarixiy shaxsning farzandi edi? A) Xo'ja Mahmud Sulton B) Xo'ja Badriddin C) Abulxayrxon D) Shohbudog' Sulton 6 / 40 6. Shaybon ulusida markaziy hokimiyat zaiflasha boshlashi nimaning natijasida sodir bo'lgan? A) Ipak yo'li savdosining ahamiyati pasayib ketishi B) O'zaro ichki nizolar C) Ko'chmanchi qabilalar bilan urushlar D) Rus knyazlari tarqoqligi 7 / 40 7. Bobur Mirzo tavallud topgan sanani aniqlang. A) 1483-yil 14-fevral B) 1493-yil 18-fevral C) 1482-yil 11-fevral D) 1483-yil 9-fevral 8 / 40 8. Shohbudog’ Sulton yosh vafot etganidan so‘ng, Abulxayrxon uning o‘g‘illariga kimni otaliq etib tayinlagan? A) Amir Boyshayx B) Darvishxon C) G'oyib Sulton D) Muhammad Mazid 9 / 40 9. Xuroson davlatida qo'shhokimiyatchilik vujudga kelishiga nima sabab bo'ldi? A) Shayboniyxonning Movarounnahrga hujumi B) Sulton Husayn Boyqaroning vafot etishi C) Amir Temurning vafot etishi D) Abu Saidning vafot etishi 10 / 40 10. Quyidagi omillardan qay biri Shayboniyxonning Movarounnahrga qarshi yurishini tezlatib yuboradi? A) Temuriyiar o'rtasidagi o'zaro kurashing qaytadan avj olishi B) Sulton Husayn Boyqaro o'tkazgan yig'inning natijasiz tugashi C) Dashti Qipchoq hukmron tabaqalarining norozilik harakatlari D) Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi 11 / 40 11. Qachondan boshlab shayboniylar urf-odatiga ko‘ra, taxtga yoshi katta sulola vakili o‘qazilishi an’anasiga rioya etilmay qo‘ydi? A) XVII asr B) XVI asrning 40-yillari C) XVI asming 50-yillari D) XV asming 80-yillari 12 / 40 12. Buxorodagi qaysi madrasa Ubaydullaxonni do’stiga atab qurilgan. A) Mir Arab B) Abdullaxon C) Govkushon D) Doʻstum 13 / 40 13. Buxoro xonligida Bosh vazir qanday atalgan? A) mehtar B) devonbegi C) naqib D) qo'shbegi 14 / 40 14. Nodir Muhammad taxtni egallay olmagach taqdiri qanday yakun topadi? A) Makkaga hajga borayotib yo'lda vafot etadi B) taxtdan olinib qatl etildi C) Makkaga borib, o'sha yerda vafot etdi D) Nodir Muhammadning ko'ziga mil tortildi 15 / 40 15. Tarixda mahalliy hokimlarning o'zboshimchaligiga chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytrishga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirgan shaxsning hukmronlik yillarini belgilang. A) 1611-1642-yiliar B) 1702-1711 -yillar C) 1711-1747-yillar D) 1681-1702-yillar 16 / 40 16. Ko'chkinchixondan so'ng taxtga kim o'tirgan? A) Sulton Mahmudning o'gli Ubaydullaxon B) Ko'chkinchixonning o‘g‘li Abdulatif C) Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulaziz D) Ko'chkinchixonning o‘g‘li Abu Said 17 / 40 17. Nimaning oqibatida Nodir Muhammadxon davrida Buxoro xonligida davlatchilik asoslari zaiflashdi? A) Nodir Muhammadxondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi oqibatida B) xonning o'zi mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib o'g'illari va yqin qarindoshlariga taqsimlab berishi oqibatida C) qozoq xoni qo'shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo'ysundirishi oqibatida D) Hindiston va Eron bilan siyosiy nizoning kelib chiqishi oqibatida 18 / 40 18. Qo'shin tarkibidagi davlat bayrog‘ini qo‘riqlaydigan qism qanday nomlangan? A) tabldor B) yalovbardor C) tug'chi D) qurchi 19 / 40 19. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli- sharqiy chegaralari uchun qaysi qabilalarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan? A) qozoq, qirg'izlarga qarshi B) jung'arlar, qalmoqlarga qarshi C) qozoqlar, qalmoqlarga qarshi D) qozoqlar, jung'arlarga qarshi 20 / 40 20. Safaviylarga qarshi kurash olib borish natijasida Abdullaxon II qaysi hududni egallashga muyassar bo’ladi? A) Eronning shimoliy qismi B) Turkmanistonning sharqiy qismi C) Xurosonning sharqiy qismi D) Xurosonning g'arbiy qismi 21 / 40 21. “Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnadi” tarixchi Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan bitilgan ushbu so‘zlar qaysi hukmdor haqida aytilgan? A) Ko'chkunchixon B) Muhammad Shayboniyxon C) Abdullaxon II D) Ubaydullaxon I 22 / 40 22. Abdullaxon II ning otasi Iskandar Sulton qaysi shahar hokimi edi? A) Kitob shahri B) Miyonqol shahri C) Badaxshon shahri D) Balx shahri 23 / 40 23. Ashtarxoniy Abdulaziz xonlik taxtiga qay tariqa chiqdi? A) jaloyir va do'rmon qabilalariningqo'llab-quvvatlashi natijasida Nodir Muhammad qo'shinlarining mag'lub etilishi tufayli B) Eron qo'shinlarining Balxga hujumi ko'magida C) Hindiston qo'shinlarining ko'magida D) Nodir Muhammadxondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi natijasida 24 / 40 24. Abdullaxon II markaziy hokimiyatga bo'ysunishni istamagan qaysi hududlarni qilich kuchi bilan bo'ysundiradi? 1) Farg'ona 2) Toshkent 3) Hirot 4) Turkiston 5) Samarqand 6) Balx 7) Sayram 8) Hisori Shodmon A) 2, 3, 4, 7, 8 B) 1, 3, 4, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 7 25 / 40 25. Harbiy harakatlar vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus tayyorlangan rasmiy qabul marosimi o'tkaziladigan joy qanday nomlangan? A) o'rdagoh B) borgoh C) izofa D) dargoh 26 / 40 26. Abdullaxon II ning vafotidan so‘ng taxtga o'tirgan Pirmuhammadxon xonlikni necha yil idora qildi? A) 4 yil B) 1 yil C) 3 yil D) 2 yil 27 / 40 27. Ubaydullaxon I ning ma’naviy ilhomchisi va do‘sti hisoblangan Abdulla Sabroniy xalq orasida qanday nom bilan mashhur bolgan? A) Amini shayx B) Mir Arab C) Umaro D) Balxiy 28 / 40 28. Ubaydullaxon II davrida qaysi voqea mamlakatdagi do‘kondorlar va hunarmandlarning keskin noroziligiga sabab bo‘ladi? A) Soliqlar miqdorining keskin oshirilishi B) Mamlakatga chet el tovarlarining kiritilishi C) Tanga tarkibidagi kumushning kamayishi D) Yangdan-yangi soliqlaming joriy etilishi 29 / 40 29. Quyidagi voqealarning qaysi biri 1711-yilda bo'lib o‘tgan? A) Ubaydullaxon II Balxda Mahnudbiy hokimiyatini tan olgan B) Ubaydullaxon II fitna qurboni bo'lgan C) Shohruhbiy Qo‘qon xonligiga asos solgan D) Ibrohimbiy qarshi va Shahrisabz shaharlarini egallagan 30 / 40 30. Navro'z Ahmadxon qaysi yilda vafot etadi? A) 1556-yilda B) 1550-yilda C) 1554-yilda D) 1559-yilda 31 / 40 31. Nodir Muhammad Movarounnahrga bostirib kirgan qozoqlarni quvib chiqarish uchun ularga qarshi kim boshchiligida katta qo'shinni safarbar etadi? A) Mahmudbiy otaliq boshchiligida B) Muhammad Hoji boshchiligida C) o‘g‘li Abdulaziz boshchiligida D) Subhonqulixon boshchiligida 32 / 40 32. Shayboniylar va safaviylar o‘rtasidagi 1512-yilgi hal qiluvchi jang qayerda yuz bergan? A) Amudaryo bo'yida B) Marv yaqinida C) Sirdaryo bo'yida D) G'ijduvon yaqinida 33 / 40 33. Boqi Muhammad 1602- yilda qaysi shaharni kuch bilan bo'ysundiradi? A) Badaxshon shahrini B) Balx shahrini C) Marv shahrini D) Termiz shahrini 34 / 40 34. Nodir Muhammad Hindiston hukmdori Shohjahon yuborgan qo'shin bilan bo'lgan jangda yengilgach qayerga qochib ketgan edi? A) Xivaga B) Turkiyaga C) Eronga D) Balxga 35 / 40 35. Muhammad Shayboniyxon vafot etgach, taxtga kim o‘tiradi? A) Suyunchxoja B) Mahmud Sulton C) Ko'chkunchi Sulton D) Jonibek Sulton 36 / 40 36. Quyidagi tarixiy voqealardan qay biri aynan bir yilga mansub emas? A) Rossiya Hojitarxon xonligini zabt etdi B) Abdullaxon II Maymanada hukmronligini mustahkamlab oldi C) Abdullaxon II Buxoro xonligida hokimiyatni o‘z qo'liga oldi D) Navro'z Ahmadxon vafot etdi 37 / 40 37. Yasovul - bu ... A) Harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan B) Qo'shinni qurol-yarog’ bilan ta’minlagan C) Xonni qo'riqlagan D) Oliy bosh qo'mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlarini bajargan 38 / 40 38. Shayboniylar qo‘shinida dushman tomonidan asir olib keluvchi qism qanday atalgan? A) zabongiri B) xabargiri C) jevachi D) qalb 39 / 40 39. Abdullaxon II qachon yashagan? A) 1539-1597 yillarda B) 1537-1596 yillarda C) 1534-1598 yillarda D) 1534-1592 yillarda 40 / 40 40. Subhonqulixon kimning yordamida Xiva qo‘shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi? A) Mahmudbiy otaliq yordamida B) Muhammad otaliq yordamida C) Amir Shohniyoz yordamida D) Ibrohimbiy yordamida Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz